“Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QT-5-sonli qonunchilik taklifi toʻgʻrisida (1461-V-son)
18.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan 2025-yil 6-noyabrda qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QT-5-sonli qonunchilik taklifi maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi mazkur qonunchilik taklifidagi oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash hamda deputatlarning qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish masalasini koʻrib chiqsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-noyabr,
1461-V-son
