Gerbli guvohnomalar shakli va gerb yigʻimi miqdori toʻgʻrisida (249-son)
05.06.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Nikohdan ajralganlik haqidagi gerbli guvohnoma shakli 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Fuqarolarga gerbli guvohnomalar berganlik uchun (oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma bundan mustasno) gerb yigʻimining miqdori eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida belgilansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tugʻilganlik, nikoh qayd etilganligi va oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar shaklini tasdiqlash, gerb yigʻimini joriy qilish toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyundagi 330-son qarorida:
1-banddagi “qayd etilganligi” soʻzlari “tuzilganligi” soʻzi bilan almashtirilsin;
1—3a-ilovalar yangi tahrirda bayon etilsin (ilova qilinadi);
3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Belgilansinki, gerbli guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining buyurtmalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasi gerbli guvohnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buyurtmalariga asosan muhofazalangan maxsus qogʻozlarda tayyorlab bersin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi gerbli guvohnomalarni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri A. Polvon-zoda zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 5-iyun,
249-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-iyundagi 249-son qaroriga 1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-iyundagi 249-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyundagi 330-son qaroriga 1-ILOVA (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-iyundagi 249-son qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyundagi 330-son qaroriga 1a-ILOVA (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-iyundagi 249-son qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyundagi 330-son qaroriga 2-ILOVA (Vazirlar Mahkamasining 2003yil 5-iyundagi 249-son qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyundagi 330-son qaroriga 2a-ILOVA (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-iyundagi 249-son qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyundagi 330-son qaroriga 3-ILOVA (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-iyundagi 249-son qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyundagi 330-son qaroriga 3a-ILOVA (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-iyundagi 249-son qarori tahririda)
