Oʻzbekistonda bayramlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida (824-son)
24.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmun-mohiyatini yanada kuchaytirish orqali xalqimizning boy madaniy merosi va oʻziga xosligini asrab-avaylash, davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi masʼuliyatini oshirish, shuningdek, respublikamizda oʻtkaziladigan barcha bayram tantanalari va muhim sanalarning samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekistonda bayramlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekistonda bayramlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini samarali amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) 2-ilovaga muvofiq;
Umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosimlarda “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”dagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻyish rasmiy marosimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Umumxalq bayramlarini nishonlashning namunaviy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Muhim sanalarni nishonlashning namunaviy reglamenti 5-ilovaga muvofiq;
Kasb bayramlarini nishonlashning namunaviy reglamenti 6-ilovaga muvofiq;
Xalqaro kunlarni nishonlashning namunaviy reglamenti 7-ilovaga muvofiq;
Bayramlarning toifalarga ajratilgan roʻyxati hamda ularni koʻtarinki ruhda oʻtkazishga masʼul davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Konsepsiya hamda Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlar bilan bogʻliq boʻlgan boy madaniy meros va tarixiy ahamiyatga ega qadriyatlarni saqlash va targʻib qilish, milliy rivojlanishga hissa qoʻshadigan anʼanalar davomiyligini taʼminlash;
mamlakatimizning oʻziga xosligini shakllantirgan asosiy qadriyatlar, yutuqlar va muhim anʼanalarni yanada ommalashtirish orqali milliy oʻziga xoslik va gʻururlanish tuygʻusini kuchaytirish;
umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlarni nishonlash orqali mamlakatimizdagi turli jamoalar oʻrtasida birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash;
yosh avlod uchun umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlar bilan bogʻliq mashgʻulotlarni koʻpaytirish orqali ularga milliy tarix va qadriyatlarni anglash hamda qadrlashga koʻmaklashish;
umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlar bilan bogʻliq tadbirlarga jamoatchilikni faol jalb qilish, jamoaviy ishtirok, koʻngillilik va umumiy masʼuliyatni ragʻbatlantirish;
mamlakatimizning noyob madaniy va maʼnaviy merosini xalqaro maydonda namoyish etish, milliy oʻziga xoslik va qadriyatlarni targʻib qilish.
3. Madaniyat vazirligi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-aprelga qadar “Oʻzbek madaniyati” portalida (keyingi oʻrinlarda — Portal) quyidagilardan iborat “Oʻzbekiston bayramlari” sahifacini yaratsin:
umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlarning kalendari hamda ularga oid batafsil maʼlumotlar;
har bir bayramning oʻziga xosligini inobatga olgan holda, ularning taʼsirchan va jozibador musiqiy atributlari, taronalari, turli bezaklari hamda elektron foto koʻrgazmalari;
respublikamizning turli hududlarida bayramlarning betakror tarixini ochib berishni nazarda tutuvchi hujjatli filmlar;
bayramlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun namunaviy ssenariylar;
bayramlar arafasida tashkil qilinadigan tadbirlar manzillari, eʼlonlar va boshqa maʼlumotlar;
bayramlar etimologiyasi, ularning bugungi kunga qadar yetib kelish bosqichlari, mohiyati va boshqa oʻziga xos jihatlarini yoritishga qaratilgan maqolalar;
bayramlar munosabati bilan tashkil qilingan tadbirlardan fotosuratlar jamlanmasi va mediamateriallar.
Mazkur qarorga 8-ilovada koʻrsatib oʻtilgan bayramlarni koʻtarinki ruhda oʻtkazishga masʼul davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlarni Portalga joylashtirish uchun Madaniyat vazirligiga taqdim etib borsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Chora-tadbirlar dasturida belgilangan tadbirlar uchun masʼul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har chorak yakunida Madaniyat vazirligiga maʼlumotlarning taqdim etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
bayramlarni oʻtkazishga masʼul etib belgilangan davlat organlari va tashkilotlari bayramlarni mazkur qarorga 4 — 7-ilovalardagi namunaviy reglamentlar asosida oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi;
Chora-tadbirlar dasturida belgilangan tadbirlar masʼul davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
5. Madaniyat vazirligi:
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda Chora-tadbirlar dasturida belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi holatini doimiy monitoring qilib borsin hamda monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakunidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-dekabr,
824-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekistonda bayramlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish
KONSEPSIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Bayramlar har bir xalqning boy madaniy merosini aks ettiradi. Oʻzbekistonda bayramlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini kuchaytirish xalqimizning oʻziga xos anʼanalari, urf-odatlari, tarixiy qadriyatlarini asrab-avaylash va targʻib qilish, ularni kelajak avlodlarga yetkazish imkonini beradi.
Milliy va fuqaroviy oʻzlikni shakllantirish va mustahkamlashda muhim oʻrin egallaydigan bayramlarning gʻoyaviy va maʼnaviy jihatlariga urgʻu berish orqali xalqimizda gʻurur va Vatanga muhabbat tuygʻularini yanada kuchaytirish mumkin.
2. Oʻzbekistonda bayramlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) bayramlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmun-mohiyatini kuchaytirish va keng ommalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi.
2-bob. Bayramlarni nishonlashning joriy holati tavsifi va mavjud muammolar
3. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 50 dan ortiq umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlar turli darajalarda nishonlanib kelinmoqda. Aksariyat bayramlarni nishonlash boʻyicha alohida normativ-huquqiy hujjatlarni zaruratga koʻra qabul qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.
4. Bayramlar arafasida fuqarolarning turli tadbirlar, sayillar, madaniy tadbirlarda ishtirok etishi keng tarqalgan.
Har bir bayram qanday gʻoyaviy-maʼnaviy ahamiyatga ega ekanligi haqida aholining xabardorlik darajasini oshirishni quyidagilarni takomillashtirish orqali taʼminlash lozim:
Oʻzbekistonning milliy oʻziga xosligidan, tarixiy va milliy anʼana va qadriyatlardan kelib chiqqan holda, har bir bayramning gʻoyasi, mazmuni, ramzlarini yanada boyitish;
bayramlar arafasida aholiga koʻtarinki ruh baxsh etish maqsadida har bir bayramning oʻziga xos taronalari, ularga mos kinofilm, multfilm va boshqa mediamahsulotlarni ishlab chiqish va keng ommalashtirish;
bayramlarda barcha aholi qatlamini hamjihatlik va birdamlikka undovchi tadbirlarni yanada kuchaytirish.
5. Bayramlarni keng nishonlash va ommalashtirishning tashkiliy asoslari boʻyicha aniq mexanizmlar belgilanmagan, jumladan, sohada quyidagi muammolar mavjud:
umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlarning aniq tizimlashtirilgan roʻyxati ishlab chiqilmagan;
bayramlarni keng nishonlash va ommalashtirish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari, ularning bu boradagi hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorligi belgilanmagan.
3-bob. Konsepsiyaning maqsadi va asosiy vazifalari
6. Konsepsiyaning asosiy maqsadi — Oʻzbekistonda bayramlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish orqali madaniy merosni asrab-avaylash, milliy oʻzlikni shakllantirish, birdamlik va hamjihatlikni ragʻbatlantirish, aholining barcha qatlamida, shu jumladan, yosh avlodda Vatanga muhabbat, milliy qadriyat va anʼanalarga sodiqlik hamda ularga hurmat ruhini qaror toptirish, aholining global muammolardan xabardorlik darajasini oshirish, jamiyatda xilma-xillik va madaniyatlararo muloqotni kuchaytirish hisoblanadi.
7. Quyidagilar Oʻzbekistonda bayramlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlar bilan bogʻliq boʻlgan boy madaniy meros va tarixiy ahamiyatga ega qadriyatlarni saqlash va targʻib qilish, milliy rivojlanishga hissa qoʻshadigan anʼanalar davomiyligini taʼminlash;
mamlakatimizning oʻziga xosligini shakllantirgan asosiy qadriyatlar, yutuqlar va muhim anʼanalarni yanada ommalashtirish orqali milliy oʻziga xoslik va gʻururlanish tuygʻusini kuchaytirish;
umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlarni nishonlash orqali mamlakatimizdagi turli jamoalar oʻrtasida birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash;
yosh avlod uchun umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlar bilan bogʻliq mashgʻulotlarni koʻpaytirish orqali ularga milliy tarix va qadriyatlarni anglash hamda qadrlashga koʻmaklashish;
umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlar bilan bogʻliq tadbirlarga jamoatchilikni faol jalb qilish, jamoaviy ishtirok, koʻngillilik va umumiy masʼuliyatni ragʻbatlantirish;
jamiyatimizda jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, umumdavlat manfaatlarini keng targʻib qilish;
mamlakatimizning noyob madaniy va maʼnaviy merosini xalqaro maydonda namoyish etish, milliy oʻziga xoslik va qadriyatlarni targʻib qilish.
4-bob. Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlari
1-§. Umumxalq bayramlarining gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish
8. Har bir umumxalq bayramining oʻziga xosligini inobatga olgan holda, fuqarolarni jamiyat taraqqiyoti va mushtarak ezgu maqsadlar yoʻlida birlashtiruvchi umumxalq bayramlarining taʼsirchan va jozibador musiqiy atributlari, oʻziga xos taronalari, turli bezaklari ishlab chiqiladi.
9. Umumxalq bayramlarining tub mazmun-mohiyati va ularning xalqimiz milliy anʼana va qadriyatlarini saqlash va targʻib qilishdagi ahamiyatini ochib berish maqsadida har bir umumxalq bayrami uchun alohida taʼsirchan gʻoyaviy mavzular, tezislar shakllantiriladi va ommalashtiriladi.
10. Aholining turli qatlamlarida hamjihatlik, birdamlik va bagʻrikenglik tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan umumxalq bayramlarining maʼnaviy, tarixiy va gʻoyaviy jihatlarini aks ettiruvchi ommaviy-madaniy tadbirlar, tomoshalar va koʻrgazmalar tashkil etiladi.
11. Har bir umumxalq bayramining gʻoyaviy-maʼnaviy mazmuni, tarixiy shakllanishi va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini ochib beruvchi qoʻllanmalar tayyorlanadi va keng tarqatiladi.
12. Umumxalq bayramlariga oid qadriyatlar, xalqimizga xos nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylashga undaydigan, ularni kelgusi avlodga oʻzining bor jozibasi, tarixiy qimmati va ahamiyati bilan sof holda yetkazishga xizmat qiladigan kinofilm, multfilm, ijtimoiy videorolik va hujjatli filmlar tasvirga olinadi va efirga uzatiladi.
13. Umumxalq bayramlari arafasida respublikaning barcha hududlarida, shu jumladan, chekka va olis hududlarda madaniy va milliy anʼanalarni ifodalash, bayramona muhit yaratish, shu bilan birga hududlarga tashrif buyuruvchilarni keng jalb qilish orqali mahalliy turizmga hissa qoʻshishni nazarda tutuvchi umumxalq bayramlari uchun ramziy koʻchalar tashkil qilinadi.
14. Umumxalq bayramlari arafasida tuman (shahar) markazlaridagi jamoat joylari, markaziy koʻchalar, park va xiyobonlar, shuningdek, har bir mahalla, qishloq va ovullar tegishli bayram shukuhini beruvchi belgilar, shu jumladan, ularning ramzlari va atributlari bilan bezatiladi.
15. Umumxalq bayramlarining madaniy, tarixiy va gʻoyaviy jihatlarini aks ettiruvchi ijodiy ishlarni qoʻllab-quvvatlash hamda gʻoyaviy mazmunni yetkazishning yangi usul va uslublarini kashf etish, rang-barang madaniy xilma-xillikka boʻlgan qiziqishlarni kuchaytirish va ragʻbatlantirish maqsadida “Eng yaxshi blog” , “Eng yaxshi reportaj” , “Eng yaxshi fotoalbom” , “Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” , “Eng yaxshi qoʻshiq” , “Eng yaxshi sahna asari” , “Eng yaxshi kinofilm” , “Eng yaxshi hujjatli film” kabi nominatsiyalardan iborat tanlovlar tashkil qilinadi.
16. Madaniy oʻziga xoslikni ifodalaydigan va umumxalq bayramlarini talqin qilish hamda nishonlashning turli usullarini namoyish etish imkonini beradigan sanʼat va madaniyat koʻrgazmalari, hunarmandchilik va rassomlik tanlovlari tashkil qilinadi.
17. Aholiga bayram shukuhini yetkazish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada kuchaytirish maqsadida davlat organlarining qabul boʻlimlarida bayram burchaklari tashkil etiladi.
18. Umumxalq bayramlari munosabati bilan bayram mazmuniga mos sport musobaqalari va ijodiy bellashuvlar oʻtkaziladi.
19. Umumxalq bayramlarini har bir mehnat jamoalari, mahalla, ovul, qishloq va olis hududlarda keng koʻlamda nishonlash boʻyicha ssenariylar ishlab chiqiladi, bunda bayramlarni koʻtarinki ruhda oʻtkazish maqsadida bayram tantanalariga taniqli sanʼat va madaniyat namoyandalari keng jalb etiladi.
20. Mahallalarda aholiga bayramona va koʻtarinki kayfiyat baxsh etish maqsadida turli koʻngilochar tadbirlar tashkil qilinadi, mahallaning aholi gavjum hududlari bayramona bezatiladi, aholi uchun sayyor savdo markazlari va yarmarkalari tashkil qilinadi.
21. Mahallalar, sanatoriylar, statsionar davolanish muassasalari va boshqa dam olish maskanlarida umumxalq bayramlari munosabati bilan konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar, badiiy kechalar uyushtiriladi.
22. Umumxalq bayramlari bilan bogʻliq boʻlgan boy madaniy meros va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan qadriyatlarni saqlash va targʻib qilish maqsadida umumxalq bayramlari arafasida respublika boʻylab oilaviy va jamoaviy sayohatlarni tashkil qilish ragʻbatlantiriladi.
23. Yoshlarning tarixiy, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa foydali axborot resurslariga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, oʻzbekcha “Vikipediya” ni umumxalq bayramlari haqida sifatli milliy kontentlar bilan boyitish choralari koʻriladi.
24. Taʼlim oluvchilarning umumxalq bayramlari bilan bogʻliq tarixiy va madaniy obidalarga, muzeylarga va boshqa diqqatga sazovor joylarga ekskursiya, sayohatlari tashkil etilib, umumxalq bayramlarining mazmunini bevosita tadqiq qilish imkoniyati yaratiladi.
25. Umumxalq bayramlarining mazmun-mohiyatini, mamlakatimizning oʻziga xosligini shakllantirishdagi oʻrnini targʻib qiluvchi maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlanadi hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritiladi.
26. Ijtimoiy tarmoqlar va boshqa onlayn muloqot vositalarida umumxalq bayramlari bilan bogʻliq milliy ramzlar, atributlar, bezaklar va belgilar ommalashtiriladi.
27. Davlat va jamoat arboblari, madaniyat va sanʼat vakillari, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga umumxalq bayramlarining birdamlik, bagʻrikenglik va boshqa ezgu gʻoyalar atrofida birlashtirishiga oid fikr-mulohazalari eʼlon qilib boriladi va bu faoliyat doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlanadi.
28. Ommaviy axborot vositalarida umumxalq bayramlarining mazmun-mohiyatiga oid media tadbirlar (maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik, titr, radioeshittirish, maqola va munosabatlar) tashkil qilinadi.
29. Aholining umumxalq bayramlariga oid maʼlumotlarni oʻrganishga doir qiziqishlarini ragʻbatlantirish maqsadida radioviktorina va boshqa sovrinli oʻyinlar oʻtkaziladi.
30. Ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, “Oʻzbekiston tarixi” telekanalida “Moziydan sado” , “Asliyat” kabi rukn va nomlarda turkum chiqishlar qilinadi.
31. “Oʻzbek madaniyati” portalida bayramlarning kelib chiqish tarixi, ularning milliy anʼanalarimiz va urf-odatlarimizni avloddan-avlodga oʻtib kelishidagi ijtimoiy ahamiyati va bayramlarga oid boshqa maʼlumotlarni doimiy ravishda berib borish, shuningdek, turizm salohiyatini oshirish hamda yurtimizga sayyohlar tashrifini koʻpaytirish maqsadida bayramlarga oid maʼlumotlar, foto-videomahsulotlardan iborat yagona baza — “Oʻzbekiston bayramlari” sahifaci yaratiladi.
32. Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzbekiston bayramlari” nomi ostida alohida sahifalar, kanallar, guruhlar tashkil qilinadi.
33. Umumxalq bayramlari bilan bogʻliq madaniy urf-odatlar va marosimlarni saqlab qolish, ularning kelajak avlodlarga yetkazilishini aks ettiruvchi va aholiga bayramona kayfiyat beruvchi koʻrgazmali materiallar tashqi reklama bannerlari va monitorlarga joylashtiriladi.
34. Bolalarda umumxalq bayramlari haqida boshlangʻich tasavvurlarni shakllantirish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun “Bugun bayram” turkumida turli animatsion filmlar tayyorlanadi.
35. Professional jurnalistlar oʻrtasida oilalarda tinchlik va xotirjamlikni ifodalovchi, bayram kayfiyatini kengroq yoritib berishga qaratilgan “Eng yaxshi fotosurat” tanlovi tashkil etiladi va gʻolib ishtirokchilarning fotoasarlarini yetakchi OAVlarda eʼlon qilish tashkil etib boriladi.
36. Bolalar va yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda milliy va madaniy qadriyatlarning oʻrni, ularda tarix, anʼana, umumbashariy qadriyatlarga hurmatni oshirish maqsadida bayram tantanalari doirasida “Tarannum” yoki “Yoshlik fasli” nomida modalar namoyishi haftaligi tashkil etiladi.
37. Umumxalq bayramlari va muhim sanalar arafasida ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, messenjerlar orqali “Bayram muborak!” xeshtegi ostida xabar yuborishlar tashkil etiladi.
38. Umumxalq bayramlari doirasida “Eng iqtidorli yosh” aksiya-shou dasturini oʻtkazish orqali muvaffaqiyatga erishgan yoshlarni xalqqa tanitish va shu orqali boshqa yoshlarni oʻz maqsadlari yoʻlida ruhlantirishga oid interaktiv tadbirlar tashkil qilinadi.
39. Bayram shukuhini barcha aholi qatlamiga yetkazish maqsadida “Xayrli ishda birgamiz!” shiori ostida xayriya va donorlik aksiyalari oʻtkaziladi.
40. Bayramlar arafasida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida “Biz yoshlarni tadbirkorlikka chorlaymiz” shiori ostida yoshlar uchun “Mening startap loyiham” dasturi yoʻlga qoʻyiladi, bunda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan yoshlarga amaliy yordam koʻrsatiladi.
2-§. Muhim sanalarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish
41. Buyuk siymolar, jamoat va davlat arboblari tavallud topgan kunlar, davlat ramzlari, davlat tili va boshqa muhim sanalar bilan bogʻliq taʼsirchan gʻoyaviy tezislar, shiorlar shakllantiriladi, ularning jozibador ramzlari, atributlari va zaruratga koʻra musiqiy atributlari, oʻziga xos taronalari ishlab chiqiladi.
42. Davlat va jamoat tashkilotlari, jumladan, taʼlim muassasalari, mahallalar, harbiy qismlarda muhim sanalarga bagʻishlangan adabiy-badiiy tadbirlar, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.
43. Davlat va jamoat arboblari, sanʼat va madaniyat vakillari, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida muhim sanalarga oid fikr-mulohazalari eʼlon qilib boriladi.
44. Ommaviy axborot vositalarida muhim sanalarga oid media tadbirlar (maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik, titr, radioeshittirish, maqola va munosabatlar) tashkil qilinadi.
45. Buyuk siymolar, jamoat va davlat arboblari tavallud topgan kunlar bilan bogʻliq muhim sanalarning mazmun-mohiyatini kuchaytirish hamda ularni ommalashtirishda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:
taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarning yoshi va dunyoqarashiga mos tarzda muhim sanalarning mazmun-mohiyatini ochib beradigan maxsus tadbirlar, badiiy kechalar taniqli shaxslar, olimlar, davlat va jamoat arboblarini jalb qilgan holda tashkil qilinadi;
tuman (shahar) markazlarida, jamoat joylarida, aholi gavjum hududlarda, jamoat transportlarida va poyezd vagonlaridagi ekranlarga atoqli shaxslarning tavallud sanasi bilan bogʻliq hamda ularning hikmatli soʻzlari, oʻgitlari aks etgan tasviriy-targʻibot vositalari joylashtiriladi;
atoqli shaxslarning adabiy merosini keng aholi qatlamiga yetkazish va ommalashtirish maqsadida ularning vatanparvarlik, ezgulik, olijanoblik va boshqa ezgu gʻoyalardan iborat maʼnaviy-ijodiy merosi namunalari, jumladan, hikmatli soʻzlari, sheʼr va gʻazallari turli koʻrinishlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali keng tarqatiladi;
atoqli shaxslarning maʼnaviy-ijodiy merosi namunalari asosida “Biz kim...” nomi ostida tadbirlar oʻtkaziladi;
taʼlim oluvchilar oʻrtasida atoqli shaxslarning hayoti va ijodiga mos gʻoyaviy-maʼnaviy mavzularni belgilagan holda, tuman (shahar) — viloyat — respublika darajasida turli musobaqa, shu jumladan, sport musobaqalari, ijodiy bellashuvlar, viktorinalar va olimpiadalar oʻtkaziladi;
atoqli shaxslarning maʼnaviy-ijodiy merosi asosida ishlangan sanʼat asarlari koʻrgazmasi tashkil etiladi;
atoqli shaxslarning asarlari, ularning hayoti va ijodi haqidagi ilmiy va ommabop kitoblar turkumi tayyorlanadi va chop qilish choralari koʻriladi;
atoqli shaxslarning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqidagi filmlar ommalashtiriladi, yangi film gʻoyalari ishlab chiqiladi;
atoqli shaxslarning diqqatga sazovor asarlaridagi sahnalar yoki qahramonlar asosida dramatik talqinlar yoki teatrlashtirilgan tomoshalar tashkil qilinadi;
taʼlim oluvchilarning, davlat xizmatchilarining atoqli shaxslar bilan bogʻliq tarixiy va madaniy obidalarga, muzeylarga sayohatlari uyushtiriladi.
46. Davlat ramzlari va davlat tili bilan bogʻliq muhim sanalarning mazmunini kuchaytirish hamda ularni ommalashtirishda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:
“Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” , “Gerbim — faxrim” , “Olamni mahliyo aylagan diyor!” , “Milliy gʻururim — Madhiyam!” , “Oʻzbek tili — milliy davlatchiligimiz timsoli” shiorlari ostida fuqarolarda birdamlik, vatanparvarlik, faxrlanish tuygʻularini kuchaytirishga qaratilgan seminarlar, davra suhbatlari, badiiy kechalar tashkil qilinadi;
har bir davlat ramzining tarixiy va ramziy maʼlumotlari hamda asoslarini yoritib berishga qaratilgan podkastlar ishlab chiqiladi;
taʼlim oluvchilar oʻrtasida davlat ramzlariga hurmat ruhini qaror toptirishga qaratilgan sheʼr, hikoya va boshqa ijodiy ishlar boʻyicha tanlovlar oʻtkaziladi;
tuman (shahar)lardagi markaziy koʻchalar, mahallalardagi aholi gavjum hududlar, jamoat joylari, shu jumladan, bozorlar, savdo majmualari, xiyobonlar va boshqa joylarda davlat ramzlarining tasvirlari turli koʻrinishlarda joylashtiriladi;
davlat ramzlari va davlat tili kuni munosabati bilan marafonlar oʻtkaziladi;
tumanlar (shaharlar)dagi markaziy xiyobonlarda (Toshkent shahrida Xalqlar doʻstligi maydonida) xalq sayillari shaklida bayram tadbirlari oʻtkaziladi;
davlat ramzlari va davlat tili kuni munosabati bilan tashkil qilinadigan tadbirlar doirasida aholiga, shu jumladan, yoshlarga davlat ramzlari turli koʻrinishlarda tarqatiladi (transport vositalari uchun stikerlar, bolalar uchun sharlar, oʻyinchoqlar, oʻquv qurollari);
darsliklar, qoʻllanmalar va boshqa turli oʻquv qurollarida davlat ramzlarining tasvirini tushirish yanada kengaytiriladi;
xorijiy davlatlarga oʻqishga, ishlashga yoki boshqa maqsadlarda ketayotgan fuqarolarga davlat ramzlarini olib ketish keng targʻib qilinadi;
davlat ramzlari va davlat tiliga ehtirom, ularni qadrlash va ularga nisbatan sadoqatni namoyon qilishni targʻib qiluvchi koʻrgazmali targʻibot vositalari, videoroliklar, tasviriy sanʼat namunalari tayyorlanib, markaziy koʻchalardagi ekranlar va pannolarga joylashtiriladi;
davlat ramzlari va davlat tili kunlarida faol yoshlar ishtirokida mamlakatimiz aholisi va xorijiy mehmonlar koʻksiga davlat ramzlari aks etgan lenta va tasmalar taqish aksiyalari oʻtkaziladi;
taʼlim muassasalarida davlat ramzlarining badiiy talqinini koʻrsatadigan koʻrgazmalar, mahorat darslari tashkil qilinadi;
davlat ramzlari va davlat tili bilan bogʻliq qiziqarli viktorinalar, radioviktorinalar oʻtkaziladi;
davlat ramzlari haqidagi maʼlumotlarni interaktiv va qiziqarli tarzda taqdim etuvchi mobil ilova ishlab chiqiladi va ommalashtiriladi;
davlat ramzlari va davlat tiliga nisbatan aholining qiziqishlarini ragʻbatlantirish maqsadida “Ulugʻimsan, Vatanim!” mavzusida videoroliklar tanlovi, “Ranglarda aks etgan Vatan” mavzusida tasviriy sanʼat asarlari tanlovi oʻtkaziladi;
oʻzbek_tilim_faxrim kalit soʻzi ostida oʻzbek tilini ulugʻlovchi jonli ijrodagi qoʻshiqlar, sheʼrlar, hikmatli soʻzlar, maqollar, qisqa hikoyalar ijtimoiy tarmoqlarda keng ommalashtiriladi;
taʼlim oluvchilar oʻrtasida ommaviy diktant hamda “Til bilimdonlari” intellektual oʻyinlari oʻtkaziladi.
47. Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Doʻstlik” festivali oʻtkaziladi.
48. Yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari oʻrtasida millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga qaratilgan turli madaniy, maʼrifiy tadbirlar, aksiya va sayillar tashkil qilinadi.
3-§. Kasb bayramlarining gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirish
49. Har bir kasbning jamiyatda tutgan oʻrni va ahamiyatini ochib berish, yosh avlodning kasbga qiziqishini yanada yuksaltirish hamda eng yaxshi kasbiy anʼanalarni targʻib qilishga qaratilgan kasblarning taʼsirchan va jozibador musiqiy atributlari, oʻziga xos taronalari, belgi va nishonlari, gʻoyaviy-maʼnaviy mavzulari va tezislari ishlab chiqiladi.
50. Kasb bayramlari arafasida xodimlarning ish joylari, zaruratga koʻra ayrim jamoat joylari kasblarning atributlari bilan bayramona bezatiladi.
51. Oʻz vazifalarini sidqidildan bajargan va boshqalarga oʻrnak boʻlgan namunali xodimlar kasb bayramlari munosabati bilan turli koʻrinishlarda ragʻbatlantiriladi.
52. Jamoada sogʻlom va doʻstona muhitni yaratish, xodimlar oʻrtasida ijobiy muloqotni yoʻlga qoʻyish maqsadida kasb bayramlari arafasida xodimlarning jamoaviy sayohatlari va boshqa tadbirlar tashkil qilinadi.
53. Keng jamoatchilikka kasb haqida batafsil maʼlumot berish maqsadida kasbga oid munozaralar, intervyularni oʻz ichiga olgan maxsus podkastlar tashkil qilinadi.
54. Yoshlarda kasbga boʻlgan qiziqishlarni kuchaytirish maqsadida taʼlim muassasalarida kasb fidoyilarini jalb qilgan holda ochiq darslar, mahorat darslari, seminarlar, davra suhbatlari, ijodiy va badiiy kechalar tashkil qilinadi.
55. Kasbga sadoqat orqali Vatanga sidqidildan xizmat qilish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshish haqida videoroliklar tayyorlanadi.
56. Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida “Men kim boʻlaman?” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi tashkil qilinadi.
57. Oliy taʼlim va professional taʼlim muassasalarida yoshlarga kasblar haqida batafsil maʼlumot berish maqsadida mehnat yarmarkalari va taqdimotlar tashkil qilinadi.
58. “Rahbar va yoshlar” mavzusida turli koʻrinishdagi uchrashuvlar, ochiq muloqotlar tashkil qilinadi.
59. Tegishli sohada uzoq yillar samarali mehnat qilgan, kasb fidoyilari va soha faxriylarini eʼzozlashga qaratilgan amaliy tadbirlar tashkil qilinadi.
60. Yosh xodimlarda kasbga muhabbat, sadoqat tuygʻularini kuchaytirish, sohaning fidoyilari va faxriylari tajribalarini oʻrganish va amaliyotga joriy etish maqsadida “Uch avlod uchrashuvlari” tashkil qilinadi.
61. Xodimlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida turli intellektual va sport musobaqalari tashkil qilinadi.
62. Jamoat joylarida, aholi gavjum hududlarda, jamoat transportlarida kasblar haqida maʼlumot beruvchi koʻrgazmali materiallar joylashtiriladi.
63. Aholining kasbga oid bilimlarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini ragʻbatlantirish maqsadida sovrinli viktorinalar oʻtkaziladi.
64. Tegishli kasbning rivojlanish tarixi, tizimda amalga oshirilgan oʻzgarishlar, uning jamiyatda tutgan oʻrni va ahamiyati, oʻziga xos jozibadorligi, kasbni ulugʻlash haqida foto, video va hujjatli arxiv maʼlumotlarini toʻplagan holda, hujjatli va badiiy filmlar ishlab chiqiladi.
65. Tegishli soha faoliyati haqida yoshlarning xabardorligini oshirish hamda bu borada ularga maʼlumotlar taqdim etishga qaratilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari oʻtkaziladi.
4-§. Xalqaro kunlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirish
66. Xalqaro kunlarning jamiyatda tutgan oʻrni va ahamiyatini Oʻzbekiston xalqining anʼanaviy qadriyatlariga xos va mos tarzda ochib beruvchi gʻoyaviy va maʼnaviy mavzulari va tezislari ishlab chiqiladi.
67. Xalqaro kunlarning mazmun-mohiyatini kuchaytirish hamda ularni ommalashtirishda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:
xalqaro kunlar doirasida davlat organlari va tashkilotlari, taʼlim muassasalari, mahallalarda seminarlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar tashkil qilinadi;
taʼlim oluvchilar oʻrtasida tanlovlar, olimpiadalar oʻtkaziladi;
xalqaro kunlar bilan bogʻliq mavzular doirasida videoroliklar tayyorlanadi va ommalashtiriladi;
ommaviy axborot vositalarida xalqaro kunlarga mos teleloyihalar tashkil qilinadi.
68. Xalqaro oila kuni, Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni, Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan huquqiy va boshqa aksiyalar oʻtkaziladi, davlat organlari va tashkilotlarida “Oila kunlari” tashkil qilinadi, bolalar uchun sayillar, tanlov va festivallar oʻtkaziladi, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha amaliy choralar koʻriladi.
69. Xalqaro intellektual mulk huquqi kuni doirasida “Kontrafaktsiz oy” huquqiy aksiyasi, Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, blogerlar bilan ochiq muloqot va suhbatlar tashkil qilinadi.
70. Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni arafasida “Yoshlar va ekologiya” xalqaro yugurish marafoni, “Ekologiya va biz” aksiyasi, Butunjahon turizm kuni munosabati bilan sayyohlar tomonidan olingan eng yaxshi fotosuratlar tanlovi, milliy taomlar festivali, milliy musiqa, raqslar namoyishlari hamda mamlakatimiz turizm salohiyatini namoyish qilishga qaratilgan turli madaniy-koʻngilochar tadbirlar hamda “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimi oʻtkaziladi, Xalqaro donorlar kunida “Mehr ulash” nomida turli koʻngilochar tadbirlar tashkil qilinadi.
71. “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan hududlarda “Biz birgamiz” , “Ranglar jilosi” ijtimoiy aksiyasi tashkil etiladi va aksiya doirasida nogironligi boʻlgan shaxslarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularning ijodiy ishlari kimoshdi savdosini tashkil etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
5-§. Umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlarning gʻoyaviy mazmunini taʼlim muassasalari va innovatsion texnologiyalar orqali kuchaytirish va ommalashtirish
72. Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlari milliy tarix va qadriyatlarni anglash, Vatanga daxldorlik hissini kuchaytirishga qaratilgan, bayramlar, sanalar va xalqaro kunlarga oid mavzular bilan boyitiladi.
73. Taʼlim oluvchilar va professor-oʻqituvchilar uchun taʼlim oluvchilarning yoshini hisobga olgan holda, bayramlarning mazmunini kuchaytirishga oid keng qamrovli oʻquv resurslari, shu jumladan, dars rejalari, risola va qoʻllanmalar, audio va vizual multimedia materiallari tayyorlanadi.
74. Taʼlim muassasalarining kutubxonalari bayramlarning gʻoyaviy jihatlariga urgʻu beruvchi turli qoʻllanmalar, kitoblar, jurnal va albomlar bilan boyitiladi.
75. Oʻzbekistonda foydalaniladigan mobil telefonlar, planshet va boshqa aloqa qurilmalaridagi kalendarlarda bayram sanalariga oid maʼlumot avtomatik oʻrnatilishi imkoniyati yaratiladi.
5-bob. Umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlarning gʻoyaviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirishning tarixiy va ilmiy asoslarini tadqiq etish
76. Bayram kunlariga oid ommabop adabiyotlar, shu jumladan, “Oʻzbekiston bayramlari” kitobi tayyorlanadi va chop etiladi.
77. Bayramlar munosabati bilan tashkil qilinayotgan turli ommaviy-madaniy tadbirlarning aholi kayfiyatiga taʼsiri oʻrganib boriladi va tahlil qilinadi.
78. Bayramlarning ahamiyatini kuchaytirish boʻyicha ilmiy ishlar, shu jumladan, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash koʻlami kengaytiriladi.
79. Bayramlar munosabati bilan tashkil qilinayotgan turli ommaviy-madaniy tadbirlarning holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oʻrganish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolar bilan hamkorlikda sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar va ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazib boriladi.
80. Ilmiy jamoatchilikni keng jalb qilgan holda, bayramlarning ahamiyatini kuchaytirishga oid konferensiya va davra suhbatlari tashkil qilinadi.
81. Bayramlarni barcha tuman (shahar)lar, mahallalar, qishloq va ovullarda yuqori saviyada nishonlash, tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda targʻibot ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqiladi.
6-bob. Konsepsiyaning qabul qilinishidan kutilayotgan natijalar
82. Konsepsiyani amalga oshirish natijasida quyidagilar kutilmoqda:
respublika miqyosida oʻtkaziladigan hamda hududlarda nishonlanadigan bayram tadbirlari va tantanalarini yuqori saviyada va koʻtarinki ruhda tashkil etish;
bayramlarning toifalarga ajratilgan roʻyxati hamda ularni koʻtarinki ruhda oʻtkazishga masʼul davlat organlari va tashkilotlarini belgilash;
har bir bayramning oʻziga xosligini inobatga olgan holda, ularni alohida reglamentlar asosida nishonlash amaliyotini joriy etish;
har bir bayramning gʻoyasi, ramzlari va atributlarini yanada boyitish orqali ularning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini kuchaytirish;
milliy va madaniy urf-odatlar, marosimlar va tarixiy qadriyatlarni saqlab qolish, ularning kelajak avlodlarga yetkazilishini taʼminlashga ustuvor ahamiyat beruvchi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash;
fuqarolarda milliy qadriyatlar, tarixiy va milliy ramzlarni qadrlash, gʻurur-iftixor va birdamlik tuygʻularini toʻliq shakllantirish;
turli qatlamlarga mansub jamoalarni umumiy ezgu maqsadlar yoʻlida yanada jipslashtirib, Vatanga sadoqat, bagʻrikenglik va oʻzaro birdamlik tuygʻularini yanada rivojlantirish.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekistonda bayramlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini samarali amalga oshirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qaroriga 3-ILOVA
Umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosimlarda “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”dagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻyish rasmiy marosimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida nishonlanadigan umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosimlarda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”dagi Mustaqillik monumenti (keyingi oʻrinlarda — Monument) poyiga gulchambar qoʻyish rasmiy marosimini (keyingi oʻrinlarda — marosim) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan hududlardagi markaziy maydonlarga gul qoʻyish marosimi mazkur Nizom asosida tashkil qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokidagi marosimlar alohida tartib asosida oʻtkaziladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
marosim tashkilotchisi — Bayramlarning toifalarga ajratilgan roʻyxati hamda ularni koʻtarinki ruhda oʻtkazishga masʼul davlat organlari va tashkilotlari roʻyxatiga kiritilgan masʼul davlat organlari va tashkilotlari;
marosim qatnashchilari — marosimning tashkiliy, badiiy, rasmiy qismlarida ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari, jamoatchilik vakillari va boshqa jismoniy shaxslar;
marosim dasturi — tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan kelishuv boʻyicha tadbir tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan hamda marosimni oʻtkazish maqsadi, obyekti, sanasi va aniq vaqti, tadbir uchun masʼul davlat organlari va tashkilotlari belgilangan hujjat;
yuqori martabali shaxs — marosim davomida monument poyiga gulchambar qoʻyishga masʼul mansabdor shaxs.
2-bob. Marosimlar roʻyxatini shakllantirish
3. Umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosimlarda “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”dagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻyish rasmiy marosimlari namunaviy roʻyxati Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan ushbu Nizomga ilovaga muvofiq quyidagi tartibda shakllantiriladi:
a) marosim tashkilotchisi tomonidan roʻyxatga kiritish uchun takliflar quyidagilarni ilova qilgan holda, marosim oʻtkaziladigan yildan avvalgi yilning 10-noyabriga qadar taqdim qilinadi:
marosimni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha asoslovchi hujjatlar;
marosimni oʻtkazish konsepsiyasi va dasturi;
marosim ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
marosimni moliyalashtirish manbai va marosim tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi;
b) takliflar umumlashtirilib, marosimlar roʻyxati marosim oʻtkaziladigan yildan avvalgi yilning 20-noyabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
4. Vazirlar Mahkamasi tomonidan marosimlar roʻyxati marosim oʻtkaziladigan yildan avvalgi yilning 10-dekabriga qadar tasdiqlanadi hamda marosim tashkilotchilariga va marosimlarni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatiga yuboriladi.
3-bob. Marosimlarni tashkil etish va oʻtkazish
5. Marosim tashkilotchisi uni oʻz vaqtida, sifatli va har tomonlama puxta oʻtkazishga hamda xavfsizlikni taʼminlash uchun tegishli organlarni xabardor qilishga masʼul hisoblanadi.
6. Marosim tashkilotchisi tomonidan tadbirdan kamida 10 ish kuni oldin quyidagilarni nazarda tutuvchi marosimni oʻtkazish dasturi ishlab chiqiladi hamda mazkur dastur marosimlarni oʻtkazish obyektining maʼmuriyatiga yuboriladi:
marosimni oʻtkazish tartibi, sanasi va vaqti hamda masʼullar;
taklif etilgan mehmonlar roʻyxati;
marosimning tashkiliy, badiiy, rasmiy qismlarida ishtirok etuvchi shaxslar roʻyxati.
7. Tasdiqlangan marosimlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda kiritiladi hamda bu haqda marosimni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatiga xabar beriladi.
8. Marosim kuni Monument poyiga gulchambar qoʻyish rasmiy marosimi quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
gulchambar Monumentga olib boradigan yoʻlak oldidagi maydonchaga yuqori martabali shaxs nomidan gul solingan savat qoʻyiladi;
Monument poyiga olib boradigan yoʻlakning ikki tarafida faxriy qorovul rotasi askarlari saf tortadi;
yuqori martabali shaxs Monument oldiga keladi hamda gul solingan savat yonidagi maxsus ajratilgan joyni egallaydi;
hamrohlik qiluvchi shaxslar yuqori martabali shaxsning orqa tarafida saf tortadi va marosim davomida oʻz joyida turadi;
faxriy qorovul komandiri “Qorovul!” deb buyruq bergan holda, yuqori martabali shaxsni qutlaydi;
faxriy qorovul rotasi askarlari yoki boshqa masʼul shaxslar gul solingan savatni koʻtarib, tantanali qadamlar bilan Monumentga qarab yoʻl oladi;
harbiy orkestr tantanali musiqani ijro etadi;
yuqori martabali shaxs askarlar ortidan monumentga qarab yoʻl oladi;
faxriy qorovul gul solingan savatni Monument poyiga qoʻyadi va chetga oʻtadi;
yuqori martabali shaxs gulchambar oldiga keladi va unga bogʻlangan lentani toʻgʻrilab, yengil bosh egib, hurmat bajo keltiradi;
yuqori martabali shaxs maydondan tadbir dasturiga muvofiq joʻnab ketadi.
4-bob. Marosimlarni moliyalashtirish
9. Marosimlarni oʻtkazish xarajatlari marosim tashkilotchilarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
10. Marosim tashkilotchilari tomonidan tasdiqlangan yillik smetaga marosimlar oʻtkaziladigan vaqtdagi tovar va xizmatlar qiymatining oʻzgarishini inobatga olgan holda, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
5-bob. Yakunlovchi qoida
11. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosimlarda “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”dagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻyish rasmiy marosimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosimlarda “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”dagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻyish rasmiy marosimlari
NAMUNAVIY ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qaroriga 4-ILOVA
Umumxalq bayramlarini nishonlashning namunaviy
REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) umumxalq bayramlariga (keyingi oʻrinlarda — bayram) tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishning namunaviy tartibini belgilaydi.
2. Bayram doirasida 100 va undan ortiq shaxslarning ishtirokida tashkil etiladigan tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalari asosida oʻtkaziladi.
3. Bayramlarni tashkil etish va oʻtkazish Bayramlarning toifalarga ajratilgan roʻyxati hamda ularni koʻtarinki ruhda oʻtkazishga masʼul davlat organlari va tashkilotlar roʻyxatida keltirilgan davlat organlari va tashkilotlar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
4. Bayramlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hamda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tegishli hujjatlari va topshiriqlari asosida oʻtkaziladi.
5. Bayramlarni tashkil etish va oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha qabul qilinadigan tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarda bayramlarni oʻtkazishga masʼul tashkiliy qoʻmita tasdiqlanadi, jamoat xavfsizligi, tibbiy xizmat va favqulodda holatlarning oldini olish va barcha tashkiliy masalalar yuzasidan masʼullarning vazifa va majburiyatlari aniq belgilanadi.
2-bob. Bayramlarni tashkil etish va oʻtkazish
6. Tashkiliy qoʻmita tomonidan bayramning gʻoyasi, ramzlari va atributlari, shu jumladan, bezaklari va oʻziga xos taronalari, tadbirlar ssenariylari, turli oʻyinlar, viktorinalar va marafonlarning namunaviy tezislari ishlab chiqiladi.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bayram sanasidan kamida 1 oy oldin mazkur Reglamentga ilovaga muvofiq Bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish dasturini (keyingi oʻrinlarda — dastur) tasdiqlaydi hamda uning ijrosini muvofiqlashtirib boradi.
Dasturda belgilangan tadbirlar, qoida tariqasida, bayramdan oldin va bayramdan keyin kamida 1 oy davom etishi lozim.
8. Dasturda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
bayram tadbirlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, tuman (shahar)lar, mahallalar, qishloq va ovullarda, mehnat jamoalarida nishonlash hamda ularni umumxalq bayramlariga mos bayramona bezatish;
aholining keng qatlamlari oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy anjumanlar, ochiq muloqot va suhbatlar, badiiy kechalar, festivallar, aksiyalar, xayriya tadbirlari, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamiga bayram kayfiyatini ulashish, sayillar, madaniyat va sport tadbirlarini oʻtkazish;
bayram tadbirlariga atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va sanʼat arboblari, keksa va yosh avlod vakillari, taniqli sportchilarni jalb etish.
Dasturda quyidagi yoʻnalishdagi chora-tadbirlar belgilanadi:
tuman (shahar)larni bayramga tayyorlash, targʻibot-tashviqot materiallarini ishlab chiqish boʻyicha chora-tadbirlar;
bayram tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish boʻyicha chora-tadbirlar;
bayram kuni arafasida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa koʻngilochar tadbirlar;
bayram kuni arafasida davlat organlari va tashkilotlarida tashkil etiladigan tadbirlar;
bayram kuni arafasida taʼlim tashkilotlari va ilmiy jamoalarda oʻtkaziladigan tadbirlar;
bayram kuni arafasida fuqarolik jamiyati institutlarida oʻtkaziladigan tadbirlar.
9. Bayram doirasida oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tashkil etiladi va tasdiqlanadi hamda Madaniyat vazirligi va uning hududiy tuzilmalari bilan kelishilgan holda oʻtkaziladi.
10. Bayram doirasida rasmiy tantanali ochilish va taqdirlash marosimlari, “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻyish rasmiy marosimi, mushakbozlik tashkil etilishi mumkin.
11. Dasturga muvofiq bayram tadbirlarini tashkil etishda tadbirkorlik subyektlari bilan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq shartnomalar tuziladi.
12. Bayramni tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan aholi va keng jamoatchilikni xabardor etish maqsadida maxsus videomateriallar va targʻibot-tashviqot materiallari tayyorlanadi hamda tadbirdan kamida 15 kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.
13. Bayramni tashkil etish va oʻtkazishda vazirlik va idoralarning vazifa va majburiyatlari quyidagicha belgilanadi:
jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha — Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya hamda ularning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari;
tibbiy xizmat va aholi salomatligi boʻyicha — Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari;
favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha — Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari;
obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish hamda boshqa tashkiliy masalalar boʻyicha — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
3-bob. Bayramlarni moliyalashtirish
14. Bayramni oʻtkazish boʻyicha xarajatlar tegishli mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, davlat organlari va tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
15. Kalendar rejalariga kiritilgan bayramni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq smetalarga tadbirlar oʻtkaziladigan vaqtdagi xizmatlar qiymatining oʻzgarishi inobatga olingan holda, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Mazkur Reglament talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
17. Ushbu Reglament talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Umumxalq bayramlarini nishonlashning namunaviy reglamentiga ILOVA
Bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish
DASTURI
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qaroriga 5-ILOVA
Muhim sanalarni nishonlashning namunaviy
REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) mamlakatimizda muhim sanalarni (keyingi oʻrinlarda — tadbir) nishonlash, ularga tayyorgarlik koʻrish hamda oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Tadbirni tashkil etish va oʻtkazishda quyidagilar masʼul hisoblanadi:
respublika darajadagi tadbirlar uchun — tegishliligi boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi oʻrinlarda — respublika tashkilotlari);
mahalliy darajadagi tadbirlar uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
tuman (shahar) darajasidagi tadbirlar uchun — tumanlar (shaharlar) hokimliklari.
3. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hamda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tegishli hujjatlari va topshiriqlari asosida oʻtkaziladi.
4. Tadbirni tashkil etish va oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha asosiy hujjatlarda jamoat xavfsizligi, tibbiy xizmat va favqulodda holatlar oldini olish va barcha tashkiliy masalalar yuzasidan masʼullarning vazifa va majburiyatlari aniq belgilanadi.
2-bob. Tadbirni tashkil etish va oʻtkazish
5. Tashkil etiladigan va oʻtkaziladigan tadbir uning qamrovidan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq respublika kalendar rejasi yoki hududiy kalendar rejalariga kiritiladi.
6. Tadbirni oʻtkazish istagini bildirgan tashkilotlar — buyurtmachi, tadbirning tashkiliy, badiiy, rasmiy qismlarini shartnoma asosida amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar — pudratchi hisoblanadi.
7. Pudratchi shartnoma asosida buyurtmachi talabidan kelib chiqqan holda tadbirni tashkil etadi va shartnoma shartlariga muvofiq buyurtmachiga taqdim etadi.
8. Tadbir yuzasidan takliflar tegishliligi boʻyicha respublika tashkilotlari — buyurtmachi tomonidan Madaniyat vazirligiga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari — buyurtmachi tomonidan Madaniyat vazirligining hududiy boʻlinmalariga tadbirdan kamida 1 oy oldin quyidagi hujjatlar bilan birgalikda taqdim etadi:
tadbirni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha asoslovchi hujjat;
tadbir konsepsiyasi;
tadbir dasturi loyihasi;
tadbirni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar smetasi loyihasi;
moliyalashtirish manbai boʻyicha toʻliq va asoslantiruvchi maʼlumot.
9. Tadbirni tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan aholi va keng jamoatchilikni xabardor etish maqsadida maxsus video materiallar va targʻibot-tashviqot materiallari tayyorlanadi hamda tadbirdan kamida 10 kun oldin respublika tashkilotlari va ularning hududiy boshqarmalari, boʻlimlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.
10. Tadbirni tashkil etish va oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Tashkiliy-ijodiy guruh faoliyati tashkil etiladi.
Tadbirni tashkil etish va oʻtkazish joyi belgilanib, tadbirni bir kun davomida oʻtkazish choralari koʻriladi.
11. Tadbirda quyidagilar tashkil etilishi mumkin:
rasmiy tantanali ochilish hamda taqdirlash marosimlari;
badiiy qismi va konsert dasturi.
Maʼlum bir tarixiy shaxslar tavallud kuniga bagʻishlangan tadbirlarda mazkur shaxslarga atab oʻrnatilgan haykallar poyiga gul qoʻyish marosimlari oʻtkaziladi.
Tadbir munosabati bilan ushbu kunlarga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjuman, seminar va davra suhbatlari, ijodiy uchrashuv va ochiq muloqotlar, turli koʻrgazma va tanlovlar oʻtkazilishi mumkin.
Tashkilotchilar tashabbusiga koʻra tadbirlarga xorijiy va faxriy mehmonlar taklif etiladi.
12. Tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda vazirlik va idoralarning vazifa va majburiyatlari quyidagicha belgilanadi:
jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha — Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya hamda ularning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari;
tibbiy xizmat va aholi salomatligi boʻyicha — Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari;
favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha — Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari;
obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish hamda boshqa tashkiliy masalalar boʻyicha — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotchilar.
3-bob. Tadbirni moliyalashtirish
13. Tadbirni oʻtkazish boʻyicha xarajatlar tegishli mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
14. Tadbirni tashkil etishda tadbirkorlik subyektlari bilan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq shartnomalar tuziladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Mazkur Reglament talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
16. Ushbu Reglament talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qaroriga 6-ILOVA
Kasb bayramlarini nishonlashning namunaviy
REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kasb bayramlarini (keyingi oʻrinlarda — kasb bayrami) nishonlash, ularga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ushbu Reglament talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydigan davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
2. Kasb bayramini tashkil etish va oʻtkazishda quyidagilar masʼul hisoblanadi:
respublika darajadagi kasb bayrami uchun — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi oʻrinlarda — respublika tashkilotlari);
mahalliy darajadagi kasb bayrami uchun — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar);
tuman (shahar) darajasidagi kasb bayrami uchun — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari.
3. Kasb bayrami Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tegishli hujjatlari va topshiriqlari asosida oʻtkaziladi.
4. Kasb bayramini tashkil etish va oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha asosiy hujjatlarda jamoat xavfsizligi, tibbiy xizmat va favqulodda holatlarning oldini olish hamda barcha tashkiliy masalalar yuzasidan masʼullarning vazifa va majburiyatlari aniq belgilanadi.
5. Agar kasb bayramida qatnashish cheklangan boʻlsa, tashkilotlar ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazishni kasb bayrami oʻtkaziladigan sanadan kamida 3 kun oldin boshlashlari kerak. Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarning umumiy soni bayram oʻtkaziladigan obyekt sigʻimidan koʻp boʻlmasligi lozim.
2-bob. Kasb bayramini tashkil etish va oʻtkazish
6. Tashkil etiladigan va oʻtkaziladigan kasb bayrami uning qamrovidan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy-madaniy va konsert- tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq respublika kalendar rejasi yoki hududiy kalendar rejalariga kiritiladi.
7. Kasb bayramini oʻtkazish istagini bildirgan tashkilot, muassasa va korxona — buyurtmachi, tadbirning tashkiliy, badiiy, rasmiy qismlarini shartnoma asosida amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar — pudratchi hisoblanadi.
8. Pudratchi shartnoma asosida buyurtmachi talabidan kelib chiqqan holda, kasb bayramini tashkil etadi va shartnoma shartlariga muvofiq buyurtmachiga taqdim etadi.
9. Kasb bayrami yuzasidan takliflar tegishliligi boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — buyurtmachi tomonidan Madaniyat vazirligiga, hududiy boshqarmalari — buyurtmachi tomonidan Madaniyat vazirligining hududiy boʻlinmalariga bayramdan kamida 1 oy oldin quyidagi hujjatlar bilan birgalikda taqdim etiladi:
kasb bayramini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha asoslovchi hujjat;
kasb bayrami konsepsiyasi;
kasb bayrami dasturi loyihasi;
kasb bayramini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar smetasi loyihasi;
moliyalashtirish manbai boʻyicha toʻliq va asoslantiruvchi maʼlumot.
10. Kasb bayramini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan aholi va keng jamoatchilikni xabardor etish maqsadida maxsus videomateriallar va targʻibot-tashviqot materiallari tayyorlanadi hamda tadbirdan kamida 10 kun oldin respublika tashkilotlari va ularning hududiy boshqarmalari, boʻlimlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.
11. Kasb bayramini tashkil etish va oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Madaniyat vazirligi va tegishli tashkilotlar tomonidan Tashkiliy-ijodiy guruh faoliyati tashkil etiladi, kasb bayramini tashkil etish va oʻtkazish joyi belgilanadi.
Kasb bayrami bir kun davomida nishonlanadi.
12. Kasb bayramida quyidagi tadbirlar tashkil etilishi mumkin:
rasmiy tantanali ochilish va taqdirlash marosimlari. Bunda respublika darajasidagi kasb bayramlarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi masʼullari yoki tashkilotning birinchi rahbari tomonidan, hududlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan taqdirlanadi;
badiiy qismi va konsert dasturi.
Kasb bayrami munosabati bilan ushbu sohaga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjuman, seminar va davra suhbatlari, ijodiy uchrashuv va ochiq muloqotlar, koʻngilochar tadbirlar, sport musobaqalari, turli koʻrgazma va tanlovlar oʻtkazilishi hamda ishtirokchilar uchun bayram dasturxoni (ortiqcha dabdababozlikka yoʻl qoʻymagan holda) yozilishi mumkin.
Kasb bayramini nishonlashda kasblarning ahamiyati, jamiyatdagi oʻrnini ochib berish, kasb fidoyilarini eʼzozlash, ilgʻor kasb egalarini ragʻbatlantirish, yosh avlodning kasb tanlashga boʻlgan ragʻbatini oshirish chora-tadbirlariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tashkilotchilar tashabbusiga koʻra kasb bayramlariga xorijiy va faxriy mehmonlar taklif etiladi.
13. Kasb bayramini tashkil etish va oʻtkazishda vazirlik va idoralarning vazifa va majburiyatlari quyidagicha belgilanadi:
jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha — Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya hamda ularning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari;
tibbiy xizmat va aholi salomatligi boʻyicha — Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari;
favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha — Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari;
obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish hamda boshqa tashkiliy masalalar boʻyicha — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotchilar.
Kasb bayrami tashkilotchisi kamida 15 kun oldin tadbirni tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan Ommaviy tadbirlarga ruxsat berish komissiyasiga maʼlum qiladi.
14. Kalendar rejalarga kiritilmagan hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda aks etmagan kasb bayrami boʻyicha tadbirlar tashkil etilmaydi va oʻtkazilmaydi.
15. Kasb bayramida mushakbozlik tashkil etilishi va shu kabi shoularni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Kasb bayramini moliyalashtirish
16. Kasb bayramini oʻtkazish boʻyicha xarajatlar tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
17. Kasb bayramini tashkil etishda tadbirkorlik subyektlari bilan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq shartnomalar tuziladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Mazkur Reglament talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
19. Ushbu Reglament talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qaroriga 7-ILOVA
Xalqaro kunlarni nishonlashning namunaviy
REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) mamlakatimizda xalqaro kunlarni (keyingi oʻrinlarda — tadbir) nishonlash, tayyorgarlik koʻrish hamda oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hamda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tegishli hujjatlari va topshiriqlari asosida nishonlanadi.
3. Tadbirni tashkil etish va oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha asosiy hujjatlarda jamoat xavfsizligi, tibbiy xizmat va favqulodda holatlarning oldini olish va barcha tashkiliy masalalar yuzasidan masʼullarning vazifa va majburiyatlari aniq belgilanadi.
2-bob. Tadbirni tashkil etish va oʻtkazish
4. Tashkil etiladigan va oʻtkaziladigan tadbir uning qamrovidan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq respublika kalendar rejasi yoki hududiy kalendar rejalariga kiritiladi.
5. Tadbirni nishonlash istagini bildirgan tashkilotlar — buyurtmachi, tadbirning tashkiliy, badiiy, rasmiy qismlarini shartnoma asosida amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar — pudratchi hisoblanadi.
6. Pudratchi shartnoma asosida buyurtmachi talabidan kelib chiqqan holda tadbirni tashkil etadi va shartnoma shartlariga muvofiq buyurtmachiga taqdim etadi.
7. Tadbir yuzasidan takliflar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — buyurtmachi tomonidan Madaniyat vazirligiga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari — buyurtmachi tomonidan Madaniyat vazirligining hududiy boʻlinmalariga tadbirdan kamida 1 oy oldin quyidagi hujjatlar bilan birgalikda taqdim etiladi:
tadbirni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha asoslovchi hujjat;
tadbir konsepsiyasi;
tadbir dasturi loyihasi;
tadbirni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar smetasi loyihasi;
moliyalashtirish manbai boʻyicha toʻliq va asoslantiruvchi maʼlumot.
8. Tadbirni tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan aholi va keng jamoatchilikni xabardor etish maqsadida maxsus video materiallar va targʻibot-tashviqot materiallari tayyorlanadi hamda 5 kun oldin respublika tashkilotlari va ularning hududiy boshqarmalari, boʻlimlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.
9. Tadbirni tashkil etish va oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Tashkiliy-ijodiy guruh faoliyati tashkil etiladi.
Tadbirni tashkil etish va oʻtkazish joyi belgilanadi.
10. Tadbirda quyidagilar tashkil etilishi mumkin:
rasmiy tantanali ochilish hamda taqdirlash marosimlari. Bunda respublika darajasidagi tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi masʼullari yoki tashkilotning birinchi rahbari tomonidan, hududlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan taqdirlanadi;
badiiy qismi va konsert dasturi;
tadbir munosabati bilan ushbu kunga bagʻishlangan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuv va ochiq muloqotlar, turli koʻrgazmalar hamda ishtirokchilar uchun bayram dasturxoni (ortiqcha dabdababozlikka yoʻl qoʻymagan holda).
Tashkilotchilar tashabbusiga koʻra tadbirga xorijiy va faxriy mehmonlar taklif etiladi.
11. Tadbirni tashkil etish va oʻtkazishda vazirlik va idoralarning vazifa va majburiyatlari quyidagicha belgilanadi:
jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha — Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya hamda ularning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari;
tibbiy xizmat va aholi salomatligi boʻyicha — Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari;
favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha — Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari;
obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish hamda boshqa tashkiliy masalalar boʻyicha — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotchilar.
3-bob. Tadbirni moliyalashtirish
12. Tadbirni oʻtkazish boʻyicha xarajatlar tegishli tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
13. Tadbirni tashkil etishda tadbirkorlik subyektlari bilan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq shartnomalar tuziladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Mazkur Reglament talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
15. Ushbu Reglament talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qaroriga 8-ILOVA
Bayramlarning toifalarga ajratilgan roʻyxati hamda ularni koʻtarinki ruhda oʻtkazishga masʼul davlat organlari va tashkilotlari
ROʻYXATI
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydigan davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
