Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (yangi tahrirda) tasdiqlash haqida (1401-son)
29.08.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 29-avgustda 1401-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (yangi tahrirda) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin;
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 26-fevraldagi 26-sonli “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2001-yil 5-aprel, roʻyxat raqami 1023-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 7-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 16-avgust,
101-son
