Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning Devoni faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida (1415-V-son)
10.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning Devoni faoliyatini tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 578-f-sonli farmoyishiga asosan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 69-uy manzilida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Devoniga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2021-yil 17-sentabrdagi 132-sonli bayoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-noyabrdagi sayyor yigʻilishining 220-sonli bayoniga asosan bino buzilib, boʻshagan yer maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Devoni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatini joylashtirish uchun yangidan zamonaviy koʻp qavatli bino qurilganligi va ular ushbu binoda faoliyat olib borayotganligi, mazkur binoning manzili kadastr hujjatlariga asosan Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 19-uy etib qayta belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 19-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan uning Devoni faoliyatini yanada kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 1444-IV/KQ-274-IV-sonli Qoʻshma qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 10, 252-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), uning oʻrinbosari va Devonining xodimlari uchun tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq 2025-yil 1-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
4. Belgilansinki, texnik xizmat va xizmat koʻrsatishni tashkil etuvchi xodimlarga (xoʻjalik mudiri, xizmat xonalari farroshi va hovli supuruvchi) lavozim maoshining 50 foizi miqdorida ustama toʻlanadi.
5. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-noyabr,
1415-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 10-noyabr,
KQ-261-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 10-noyabrda qabul qilingan 1415-V/KQ-261-V-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 19-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan uning Devoni faoliyatini yanada kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 1444-IV/KQ-274-IV-sonli Qoʻshma qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 19-oktabrda qabul qilingan 1444-IV/KQ-274-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning Devonining
TASHKILIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)Ish yurituvchi kotib1Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) oʻrinbosariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Devonining rahbariMurojaatlar bilan ishlash boʻlimi6Qiynoqqa solish hollarining oldini olish boʻlimi5Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha Ombudsmanning maslahatchisi1Bosh hisobchi1Inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha monitoring va huquqiy tahlil sektori2Devonxona va kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis1Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sektori2Xoʻjalik xizmati4,5Fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy targʻibot sektori2Kichik tipografiya1Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari28
Boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 30 nafar
Texnik xodimlarning soni — 23 nafar
Yordamchi xodimlarning soni — 4,5 nafar
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 19-oktabrda qabul qilingan 1444-IV/KQ-274-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning Devonining
SHTATLAR JADVALI
Lavozimlarning nomlanishiShtat birliklari soniYagona tarif setkasi boʻyicha razryadOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)118Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) oʻrinbosari117Ombudsman DevoniOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Devonining rahbari118Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha Ombudsmanning maslahatchisi117Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi6Boʻlim boshligʻi117Bosh maslahatchi116Mutaxassis413Qiynoqqa solish hollarining oldini olish boʻlimi5Boʻlim boshligʻi117Bosh maslahatchi216Mutaxassis213Inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha monitoring va huquqiy tahlil sektori2Sektor mudiri117-3%Bosh maslahatchi116Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sektori2Sektor mudiri117-3%Yetakchi maslahatchi115Fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy targʻibot sektori2Sektor mudiri117-3%Mutaxassis113Bosh hisobchi117Devonxona va kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis116Ish yurituvchi kotib110Kichik tipografiya1Mutaxassis113Xoʻjalik xizmati4,5Xoʻjalik mudiri110Xizmat xonalari farroshi34Hovli supuruvchi0,54Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari28Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari1415Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillarining mutaxassislari1413Jami57,5”.
