7-modda. Narxlarni tartibga solish
Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (815-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatida narxlarni tartibga solish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Tovarlarga narxlar (tariflar) belgilash uchun tabiiy monopoliya subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibga muvofiq vakolatli organga narxlarning (tariflarning) loyihalarini hamda ular boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etadilar.
Tabiiy monopoliya subyektlari tovarlariga taalluqli narxlar (tariflar) loyihalari vakolatli organ tomonidan isteʼmolchi mahsuloti narxlariga ularning taʼsiri hisobga olingan holda bir oy muddat ichida koʻrib chiqiladi.
Vakolatli organning narxlar (tariflar) boʻyicha qarori tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ular kuchga kirishidan kamida oʻn besh kun avval ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
