4-modda. Tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (815-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyati quyidagi sohalarda davlat tomonidan tartibga solinadi:
neft, neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hamda transportirovka qilish;
temir yoʻllar infratuzilmasidan foydalanish hisobga olingan holda temir yoʻllarda tashish;
umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari;
suv quvurlari va kanalizatsiya xizmati;
aeronavigatsiyalar, portlar va aeroportlar xizmatlari;
Quyidagilar tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga soluvchi organlardir:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi).
Tabiiy monopoliya sharoitida ishlab chiqariladigan (realizatsiya qilinadigan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
