15-modda. Tabiiy monopoliya subyektlarining majburiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (815-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Tabiiy monopoliya subyektlari quyidagilarga majburdirlar:
monopoliyaga qarshi davlat organiga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz faoliyatlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etish;
oʻz tovarlari sotib olinishida isteʼmolchilarga teng sharoitlar yaratib berish. Barcha isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish uchun quvvatlar yetarli boʻlmagan hollarda tovarlar isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlanishini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq tartibga solish;
monopoliyaga qarshi davlat organining taqdimnomalariga binoan qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalarga oʻzgartishlar kiritish;
isteʼmolchilarning zarur hajmdagi va lozim darajadagi sifatli tovarlarni olishdan iborat huquqlari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;
narxlarni (tariflarni) belgilash uchun vakolatli organga ishonchli axborot taqdim etish.
narxlar (tariflar) yoki ularning eng yuqori (eng past) darajalari tasdiqlanayotganda hisobga olinadigan asosiy vositalarni qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov asosida xarid qilish;
tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) uchun amalga oshiriladigan toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritish.
Tabiiy monopoliya subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
