12-modda. Tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotdan foydalanish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (815-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Monopoliyaga qarshi davlat organi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadlarida uning mansabdor shaxslari mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi, shuningdek tabiiy monopoliya subyektlaridagi mavjud boʻlgan tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatiga taalluqli maʼlumotdan moneliksiz foydalanish huquqiga ega boʻladilar.
Tabiiy monopoliya subyektlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari monopoliyaga qarshi davlat organining talabiga binoan monopoliyaga qarshi davlat organi ushbu Qonundan shart tutilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, tushuntirishlarni va boshqa maʼlumotni yozma yoki ogʻzaki shaklda taqdim etishlari shart.
Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan ushbu moddaga asosan olingan, tijorat siri boʻlgan maʼlumotlar oshkor etilishi mumkin emas.
