Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida (1476-V-son)
24.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oʻttiz uch yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Bosh Qomusimizning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-maʼnaviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashdagi oʻrnini keng targʻib qilishga qaratilgan, “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir “yoʻl xaritasi” (bundan buyon matnda “Yoʻl xaritasi” deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, qoʻmitalar va komissiyalar “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari tomonidan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish va uning asosida qabul qilingan qonunlarning ahamiyatini yetkazish, shuningdek “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning natijalarini saylovchilarga yetkazish ishlarini tashkil etish;
hududlarda siyosiy partiyalarning oʻz dasturiy ustuvor yoʻnalishlariga mos boʻlgan Konstitutsiyaning tegishli normalarining mazmun-mohiyatini ochib beruvchi turkum tadbirlarni oʻtkazish;
joylarda amalga oshiriladigan targʻibot-tashviqot tadbirlariga siyosiy partiyalar faollarini hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini keng jalb etish tavsiya qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati (Gʻ. Samadov) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini tashkil etsin.
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-noyabr,
1476-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 24-noyabrdagi 1476-V-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir
“YOʻL XARITASI”
