“Markaziy Osiyo-Xitoy” formati kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni ratifikatsiya qilish haqida»gi QL-149-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (1459-V-son)
18.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 13-noyabrda kiritilgan “Markaziy Osiyo-Xitoy” formati kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-149-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-noyabr,
1459-V-son
