Ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (799-son)
18.12.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq ijtimoiy soha muassasalaridagi, umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2026-2027-yillarda ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Sogʻliqni saqlash tizimidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashning hududlar kesimidagi taqsimoti 2-ilovaga muvofiq;
Umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashning hududlar kesimidagi taqsimoti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan taqsimotlarda belgilangan jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirsin;
ijtimoiy soha muassasalaridagi jamoat hojatxonalarini sohaga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi mavjud jamoat hojatxonalarini bino va inshootlarni balansda saqlovchilar mablagʻlari hisobidan yangidan qurish, qayta rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash choralarini koʻrsin.
Bunda yangi quriladigan ijtimoiy soha muassasalaridagi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq barpo etilishining nazorati taʼminlansin.
3. Belgilansinki, ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Turizm qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish choralarini koʻrsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-dekabr,
799-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 799-son qaroriga 1-ILOVA
2026-2027-yillarda ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilarI. Ijtimoiy soha muassasalaridagi, umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarini tashkil etish1.Jamoat hojatxonalari uchun mavjud sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqish.1. Jamoat hojatxonalari boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.2026-yil fevral-Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi2. Oʻrganish natijalariga asosan amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.2026-yil martdanII. Ijtimoiy soha muassasalaridagi, umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash2.Ijtimoiy soha muassasalaridagi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangidan qurish.1. Jamoat hojatxonalarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, taʼmirlanadigan va jihozlanadigan toifalarga ajratish.2026-yil fevralDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan, umumiy ovqatlanish obyektlari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarini balansda saqlovchilar mablagʻlari hisobidanManfaatdor vazirlik va idoralar,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2. Jamoat hojatxonalarini yangidan qurish, qayta rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash reja-grafigini ishlab chiqish.2026-yil mart3. Jamoat hojatxonalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash.Reja-grafik asosida3.Jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash uchun zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish.Kanalizatsiya va markazlashgan tizimlar mavjud boʻlmagan joylarda zamonaviy muqobil yechimlarni inobatga olgan holda, jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:mamlakatimizda jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilgan tajriba-sinov loyihalari natijalarini oʻrganish va ijobiy tajribalarni amaliyotga keng joriy etish;energiya va suvni tejaydigan texnologiyalarni amaliyotga keng tatbiq etish masalasini koʻrib chiqish.2026-yil mart-Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi4.Jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashni qoʻllab-quvvatlash.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son qaroriga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan jamoat hojatxonalarini qayta tiklash, kapital taʼmirlash va qurishga yoʻnaltirilgan xarajatlari uchun soliq solinadigan bazani kamaytirish boʻyicha taqdim etilgan imtiyozni uzaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.2026-yil mart-Sogʻliqni saqlash vazirligi2. Namunaviy jamoat hojatxonalarini balansda saqlovchi tashkilotlarni ragʻbatlantirish, ularning tajribasini keng targʻib qilish va amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrish.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasiIII. Nazorat va baholash tizimini joriy etish hamda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish5.Jamoat hojatxonalarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi boʻyicha davlat sanitariya nazorati tadbirlarini oʻtkazish.Jamoat hojatxonalarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” tizimi natijalari asosida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida belgilangan tartibda profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish, budjet tashkilotlarining jamoat hojatxonalarini oʻrganish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish.2026-yildan boshlab-Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi6.Jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holati yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish.1. Jamoat hojatxonalari boʻyicha aholi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining fikrini oʻrganish.2. Jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyenik holatini yaxshilash boʻyicha masʼul organlarning faoliyati yuzasidan jamoatchilik manfaatiga daxldor axborotni toʻplash, umumlashtirish va tahlil etish orqali kuzatish.3. Tegishli hududda joylashgan jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holati yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari rahbarlarining xalq deputatlari Kengashlari yigʻilishlarida hisobot berish amaliyotini joriy etish.2026-yildan boshlab har yarim yilda-Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi4. Aholi, turistlarga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar va turistlardan tushayotgan taklif va eʼtirozlardan kelib chiqib, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini tahlil qilish va tegishli chora-tadbirlarni belgilash.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,Turizm qoʻmitasiIV. Aholi va jamoat hojatxonalarida ishlovchi xodimlarning jamoat hojatxonalaridan foydalanish boʻyicha sanitariya madaniyatini oshirish7.Aholining sanitariya-gigiyena sohasidagi madaniyatini oshirish.1. Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida sanitariya-gigiyena, tibbiy madaniyat boʻyicha maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish.Doimiy-Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi2. Jamoat hojatxonalaridan foydalanishda suv tejamkorligiga alohida eʼtibor qaratish, bunda videoroliklar, tarqatma materiallar tayyorlash va tarqatish, aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirish.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 799-son qaroriga 2-ILOVA
Sogʻliqni saqlash tizimidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashning hududlar kesimidagi
TAQSIMOTI
Izoh.
Sogʻliqni saqlash vazirligi ehtiyojdan kelib chiqib, mazkur taqsimotga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ushbu taqsimot asosida manzilli dasturlarni tasdiqlaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 799-son qaroriga 3-ILOVA
Umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashning hududlar kesimidagi
TAQSIMOTI
T/r Hududlar nomi Taʼmirlanadigan va jihozlanadigan jamoat hojatxonalari soni Shundan 2026-yil 2027-yil I. Umumiy ovqatlanish obyektlaridagi jamoat hojatxonalari 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 192 81 111 2. Andijon viloyati 485 157 328 3. Buxoro viloyati 264 53 211 4. Jizzax viloyati 146 38 108 5. Qashqadaryo viloyati 169 62 107 6. Navoiy viloyati 201 54 145 7. Namangan viloyati 183 79 104 8. Samarqand viloyati 544 189 355 9. Surxondaryo viloyati 213 74 139 10. Sirdaryo viloyati 75 24 51 11. Toshkent viloyati 552 194 358 12. Fargʻona viloyati 490 179 311 13. Xorazm viloyati 265 97 168 14. Toshkent shahri 229 76 153 Jami 4 008 1 357 2 649 II. Viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalari 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 15 4 11 2. Andijon viloyati 4 1 3 3. Buxoro viloyati 10 2 8 4. Jizzax viloyati 20 7 13 5. Qashqadaryo viloyati 20 5 15 6. Navoiy viloyati 12 4 8 7. Namangan viloyati 23 7 16 8. Samarqand viloyati 42 12 30 9. Surxondaryo viloyati 6 2 4 10. Sirdaryo viloyati 5 1 4 11. Toshkent viloyati 30 9 21 12. Fargʻona viloyati 19 7 12 13. Xorazm viloyati 4 1 3 14. Toshkent shahri 9 4 5 Jami 219 66 153
Izoh.
Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ehtiyojdan kelib chiqib, mazkur taqsimotga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ushbu taqsimot asosida manzilli dasturlarni tasdiqlaydi.
