“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga iqtisodiy sudlarga murojaat qilishda mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-145-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (1431-V-son)
11.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 5-noyabrda kiritilgan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga iqtisodiy sudlarga murojaat qilishda mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-145-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalar qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-noyabr,
1431-V-son
