“24512-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari — Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1102-son)
“24512-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1102-son) · Sana: 17.12.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlariga ushbu Kodeksning 472, 48, 511-moddalarida, 99-moddasining oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlarida, 1988, 2159-moddalarida, 2415-moddasida (litsenziya berishda nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga Ijtimoiy inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Ijtimoiy inspeksiya hududiy boshqarmalarining boshliqlari haqlidir”;
7) 2664-modda:
nomidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 72-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida (ichimlik ehtiyojlari uchun suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzishga oid qismida), 74-moddasida (ichimlik suvi olishning belgilangan limitlarini buzishga doir qismida), 75-moddasida (ichimlik suvi inshootlari orqali chiqarilayotgan ichimlik suvi miqdorining dastlabki hisobini yuritish qoidalarini buzishga oid qismida), 76-moddasida (ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzishga doir qismida), 99-moddasida (bundan yoʻl qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzish, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimi (qismi) mavjud boʻlmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan ushbu alohida boʻlim (qism) boʻyicha ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berish, shaharsozlik hujjatlarida nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimiga (qismiga) amal qilinmagan holda qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari tomonidan ruxsatnoma berish mustasno), 101-moddasida (koʻp kvartirali uylarning issiqlik taʼminotiga oid qismida), 159-moddasining birinchi qismida (koʻp kvartirali uylardagi turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, koʻp kvartirali uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzishga oid qismida), ikkinchi va uchinchi qismlarida, 163, 1631 va 1632-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir”;
ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi 265-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 265, 267-moddalar, № 9, 589, 592-moddalar; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 797-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda; 2024-yil, № 5, 460-modda, № 9, 958, 964-moddalar; 2025-yil, № 2, 188-modda) 45-moddasining uchinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining fuqaroning ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatishga muhtojligini aniqlashga qaratilgan soʻrovi boʻyicha”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda; 2024-yil, № 10, 1076-modda, № 12, 1286-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 6-modda toʻrtinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga (bundan buyon matnda ijtimoiy himoya organi deb yuritiladi) umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi toʻgʻrisidagi, vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi maʼlumotlar, shuningdek ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizaga asosan yuborilgan soʻrovga koʻra, amalga oshirilgan notarial harakatlar haqidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar), shu jumladan qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk, avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, hadya, ijara, garov, tekin foydalanish, lizing shartnomalari toʻgʻrisidagi va ijara haqining miqdori haqidagi, avtomototransport vositasini boshqarish va sotish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar toʻgʻrisidagi, meros va hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati hamda daromad keltiradigan va majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa bitimlarning miqdori haqidagi maʼlumotlar”;
2) 18-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi toʻgʻrisidagi, vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi maʼlumotlarni ijtimoiy himoya organiga taqdim etishi;
amalga oshirilgan notarial harakatlar haqidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni), shu jumladan qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk, avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, hadya, ijara, garov, tekin foydalanish, lizing shartnomalari toʻgʻrisidagi va ijara haqining miqdori haqidagi, avtomototransport vositasini boshqarish va sotish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar toʻgʻrisidagi, meros va hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati hamda daromad keltiradigan va majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa bitimlarning miqdori haqidagi maʼlumotlarni ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizaga asosan ijtimoiy himoya organi tomonidan yuborilgan soʻrovga koʻra taqdim etishi”;
oʻn uchinchi — oʻn oltinchi xatboshilari tegishincha oʻn beshinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 34-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi, shu jumladan ijtimoiy kartani rasmiylashtirish haqidagi arizadagi ariza beruvchining va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasining, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda erining, xotinining, oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlarining) imzolarini notarial shahodatlash talab etilmaydi. Mazkur arizada ijtimoiy himoya organiga ariza beruvchining va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasining, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda erining, xotinining, oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlarining) imzolari ularga doir boʻlgan, ushbu Qonun 6-moddasi toʻrtinchi qismining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotlarni, shuningdek kredit axborotini, qimmatli qogʻozlar bozoridagi maxfiy axborotni va bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlsa, olishga hamda ularga ishlov berishga boʻlgan roziligidir. Bunda ijtimoiy himoya organining xodimlari mazkur arizadagi imzolarning haqiqiyligi uchun javobgar boʻladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri toʻgʻrisida”gi 530-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 6, 524-modda; 2022-yil, № 4, 337-modda; 2024-yil, № 9, 965-modda; 2025-yil, № 2, 194-modda) 8-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ariza beruvchiga va u bilan birga yashovchi oila aʼzolariga (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasiga, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda eriga, xotiniga hamda oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlariga) doir bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlsa, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizaga asosan olishga hamda ularga ishlov berishga haqlidir”;
beshinchi va oltinchi qismlar tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 10, 968, 973-moddalar; 2022-yil, № 3, 217-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 10, 1079-modda; 2025-yil, № 2, 188, 191-moddalar) 50-moddasining ikkinchi qismi “davlat soliq xizmati organlariga” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-301-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 271-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 4, 340-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda; 2025-yil, № 3, 369-modda) 24-moddasiga quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
birinchi qism “shuningdek” degan soʻzdan keyin “ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan maqsadda va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizaga asosan kredit axboroti subyektining va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasining, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda erining, xotinining hamda oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlarining) toʻlovga qobiliyatliligini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga kredit axboroti taqdim etiladi hamda uning almashinuvi amalga oshiriladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
“201) Ijtimoiy himoya yagona reyestriga yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolariga qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan homiylik tashkilotlari tomonidan soliq davri mobaynida bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda toʻgʻridan-toʻgʻri beriladigan pul mablagʻlari tarzidagi homiylik xayriyalari”.
“Izoh. Nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 594-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda; 2024-yil, № 9, 956, 958-moddalar, № 10, 1079-modda; 2025-yil, № 1, 7-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 27-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat mulki boʻlgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilangan tartibda nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan shugʻullanish uchun bepul asosda taqdim etiladi”;
2) 31-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqaroni nogironligi boʻlgan shaxs yoki oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolani nogironligi boʻlgan bola deb topish tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi”;
oltinchi qismidagi “oʻn” degan soʻz “yigirma” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi qismidagi “shaxsiy yigʻmajildlarini” degan soʻzlar “koʻrik ishlarini elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 34-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Protez-ortopediya moslamalarining va reabilitatsiya qilish texnik vositalarining roʻyxati, bunday vositalar bilan taʼminlash tartibi, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash uchun tibbiy koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
4) 36-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy yordam davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrsatiladi”;
5) 37-modda:
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “sogʻliqni saqlash organlari, bandlik va mehnat munosabatlari organlari” degan soʻzlar “davlat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “yoki pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktabrda qabul qilingan “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-644-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 597-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 8, 630-modda) 24-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining soʻroviga koʻra”;
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar; 2025-yil, № 1, 3, 6-moddalar, № 2, 189, 197-moddalar, № 3, 376-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 2-ilova quyidagi mazmundagi 125-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 125. Obyektda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi boʻyicha xulosa Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya olish, bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish, kredit byurolari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish, tibbiy faoliyat uchun litsenziya olish, farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya olish. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi ”;
2) 4-ilovaning II-boʻlimi quyidagi mazmundagi 115-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonun 9-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan bepul shugʻullanish uchun davlat mulki boʻlgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini taqdim etish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
14-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 1 va 11-moddalari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 8-moddasining qoidalari 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-dekabr,
OʻRQ-1102-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “24512-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1102-son). neolex.uz/uz/laws/law-7928195/24512 (lex.uz/docs/-7924072)