Bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalariga, bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga, saqlanishiga va tashilishiga boʻlgan sanitariya-gigiyena talablariga (0059-23-son SanQvaN) oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (31-son)
01.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 11-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 378]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalariga, bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga, saqlanishiga va tashilishiga boʻlgan sanitariya-gigiyena talablariga (0059-23-son SanQvaN) (hisob raqami 225, 2023-yil 22-dekabr) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Rais B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-dekabr,
31-son
Kelishildi:
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
2025-yil 27-noyabr
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
2025-yil 21-noyabr
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 18-noyabr
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 14-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 1-dekabrdagi 31-son qaroriga ILOVA
Bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalariga, bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga, saqlanishiga va tashilishiga boʻlgan sanitariya-gigiyena talablariga (0059-23-son SanQvaN) kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 131-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6 oylikdan oshgan bolalar uchun quruq va suyuq sutli, sut tarkibli va sut asosidagi ichimliklarning ozuqaviy qiymati 10-ilovaning 1-jadvaliga, xavfsizlik koʻrsatkichlari 2-jadvaliga, bir yoshgacha boʻlgan bolalar uchun past laktozali va laktozasiz mahsulotlarning ozuqaviy qiymati 3-jadvaliga va xavfsizlik koʻrsatkichlari esa 4-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.”.
2. 148-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. 10-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 1-ilovasiga muvofiq 3 va 4-jadvallar bilan toʻldirilsin.
4. 25-ilovaning 1-jadvali mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
5. 40-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalariga, bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga, saqlanishiga va tashilishiga boʻlgan sanitariya-gigiyena talablariga (0059-23-son SanQvaN) kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 1-ILOVA
Izoh: E.coli va patogen mikroorganizmlarni, shu jumladan salmonellalarni nazorat qilishda va E.oli va salmonellalarga tegishli boʻlmagan Enterobateriaeae bakteriyalarining normallashtirilgan mahsulot massasi aniqlanganda, 300 g mahsulotda patogen mikroorganizmlarning yoʻqligi nazorat qilinadi.”.
Bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalariga, bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga, saqlanishiga va tashilishiga boʻlgan sanitariya-gigiyena talablariga (0059-23-son SanQvaN) kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 2-ILOVA
“Bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalariga, bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga, saqlanishiga va tashilishiga boʻlgan sanitariya-gigiyena talablariga 25-ILOVA
Izoh: kazein moddasini laborator nazorati ushbu nazoratning tasdiqlangan metodi boʻlganda oʻtkaziladi.”.
