Hisobot sanasidan keyin yuz bergan voqealarni banklar tomonidan buxgalteriya hisobida aks ettirish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1426-son)
23.11.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 23-noyabrda 1426-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Hisobot sanasidan keyin yuz bergan voqealarning banklar tomonidan buxgalteriya hisobida aks ettirish toʻgʻrisida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari M. R. Jumagaldiyev zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvining raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-noyabr,
24/10-son
