Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (PQ-374-son)
13.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Chakana savdo sohasida jahon yetakchilarini jalb qilish va xalqaro brendlar koʻlamini kengaytirish orqali investorlarning xalqaro kooperatsiyani rivojlantirishga, global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishga qiziqishini oshirish hamda turistlar oqimini koʻpaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalariga Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari qoʻllanadigan xalqaro brend mahsulotlari tarkibini kengaytirish bilan bogʻliq oʻzgartirish ilovaga muvofiq kiritilsin.
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-dekabr,
PQ-374-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-dekabrdagi PQ-374-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalariga kiritilayotgan oʻzgartirish
