Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish), yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) va xorijiy fuqarolarga oʻzbekiston respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalari berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida (1398-son)
16.08.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-avgustda 1398-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi hamda xorijiy fuqarolarning respublikadagi kasb faoliyati toʻgʻrisida” 408-son va 2003-yil 12-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 505-son (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2003-yil, 11-son, 117-modda) qarorlarining ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish), yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) va xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalari berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun tariflari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish (uzaytirish), yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (uzaytirish) va xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomalari berish (uzaytirish) uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi hisob raqamiga oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin.
3. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻlov miqdorlari Adliya vazirligida roʻyxatga olingandan soʻng oʻn kun muddat ichida chop etsin va barcha manfaatdor shaxslarga tarqatilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kun muddatdan keyin kuchga kirgan deb hisoblansin.
5. Ushbu buyruqning bajarilishi boʻyicha nazorat vazir oʻrinbosari A. Akbarov zimmasiga yuklatilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2004-yil 4-avgust,
81-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2004-yil 4-avgustdagi 81-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish), yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) va xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalari berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun
TARIFLARI
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda xususiy mehnat shartnomalari asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun toʻlov Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 4 (toʻrt) barobari miqdorida 2. Yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun toʻlov Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 10 (oʻn) barobari miqdorida 3. Xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun toʻlov Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 10 (oʻn) barobari miqdorida
Mazkur tariflar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri S. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 4-avgust
