Bulungʻur, Soʻx va Toshkent shahri davlat oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (767-son)
04.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda oʻrmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, oʻrmonlar hududlarini kengaytirish, ulardan samarali foydalanish va choʻllanishga qarshi kurashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Samarqand, Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklarining davlat muassasasi shaklidagi Bulungʻur, Soʻx va Toshkent shahri davlat oʻrmon xoʻjaliklarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Bulungʻur, Soʻx va Toshkent shahri davlat oʻrmon xoʻjaliklariga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Samarqand, Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
a) ushbu qarorga ilovaga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni oʻrmon fondi yerlari toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisida Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritsin;
b) Bulungʻur, Soʻx va Toshkent shahri davlat oʻrmon xoʻjaliklariga belgilangan tartibda:
ushbu qarorga ilovada nazarda tutilgan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib bersin;
Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligining soʻroviga asosan tegishlicha Bulungʻur, Soʻx tumanlari va Toshkent shahri hududida joylashgan umumiy foydalanishdagi yashil hududlar, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan va tashkil etiladigan “yashil bogʻlar” hududlari ularda sugʻorish tizimini yaratish, saqlash, parvarishlash, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish hamda boshqarish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini taʼminlab borsin.
4. Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bir oy muddatda Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga ushbu qarorga ilovadagi roʻyxatga muvofiq tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Belgilansinki, Bulungʻur, Soʻx va Toshkent shahri davlat oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlar tegishlicha Samarqand, Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahri mahalliy budjetlari, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bir oy muddatda Bulungʻur, Soʻx va Toshkent shahri davlat oʻrmon xoʻjaliklarining tuzilmalari, shtatlar jadvallari belgilangan tartibda tasdiqlanishini hamda ular yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 4-dekabr,
767-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-dekabrdagi 767-son qaroriga ILOVA
Bulungʻur, Soʻx va Toshkent shahri davlat oʻrmon xoʻjaliklariga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalari
ROʻYXATI
Hudud nomiYerdan foydalanuvchilarKontur raqamiYer maydoni(ga)I. Samarqand viloyati(Bulungʻur davlat oʻrmon xoʻjaligi)Bulungʻur tumaniJomboy davlat oʻrmon xoʻjaligi104, 146, 147, 148, 149, 150, 152, 171, 172, 173, 636, 638, 643, 645, 646, 647, 668, 672, 673, 769, 770, 792, 813, 855, 865, 873, 874, 875, 981, 983, 995, 996, 1017241,5Tuman hokimligi tasarrufidagi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar2, 3, 4, 5, 6, 7, 13, 21, 22, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 151, 152, 153, 155, 156, 157, 158, 159, 183, 184, 185, 253, 254, 256, 257, 844, 850, 888, 896, 897, 898, 901, 902, 903, 906, 916, 917, 918, 919, 920, 921, 922, 930, 931, 960, 990, 1042, 1179, 1181, 1185, 1186, 1329, 13333 033,52Jami3 275,02II. Fargʻona viloyati(Soʻx davlat oʻrmon xoʻjaligi)Soʻx tumaniFargʻona davlat oʻrmon xoʻjaligi285, 287, 288, 289, 290, 291, 292, 293, 294, 295, 296, 298, 299, 477, 478, 479, 480, 481, 482, 484, 771, 772, 773, 774, 775, 776, 786, 7873 980,3Jami3 980,3III. Toshkent shahri(Toshkent shahri davlat oʻrmon xoʻjaligi)Bektemir tumaniBektemir tumani gaz taʼminoti41.251322 69.3793420,03Tuman hokimligi tasarrufidagi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar42223,32Tuman hokimligi tasarrufidagi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar32423,83Zaxira yerlar41.249002 69.3767690,03Zaxira yerlar41.249690 69.3768910,32Zaxira yerlar41.250678 69.3781790,80Zaxira yerlar41.251604 69.3796730,07Zaxira yerlar41.252027 69.3802890,10Yashnobod tumaniZaxira yerlar41.301234 69.29444911,74Jami60,24Barchasi7 315,56
