24-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1101-son) · Sana: 09.12.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonun 12-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan sugʻurta badallari hisobini yuritish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida belgilasin;
ushbu Qonun 16-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibini, shu jumladan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha eng kam sugʻurta stajini hamda toʻlovlarni amalga oshirish muddatlarini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida belgilasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
