14-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi moliyaviy barqarorligining davlat kafolatlari
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1101-son) · Sana: 09.12.2025 · Amalda
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozini tuzishda hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun jamgʻarma budjeti taqchilligining prognoz xavflari yuzaga kelganda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi sugʻurtalovchining asoslangan talabnomasi asosida navbatdagi moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqishda, davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdorini hisobga olgan holda, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni taʼminlash imkonini beradigan, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan jamgʻarmaga budjetlararo transfertlar ajratilishini nazarda tutadi.
