10-modda. Sugʻurta qildiruvchilarning huquq va majburiyatlari
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1101-son) · Sana: 09.12.2025 · Amalda
Sugʻurta qildiruvchilar quyidagi huquqlarga ega:
sugʻurtalovchidan davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va sugʻurtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha amalga oshiriladigan toʻlovlar miqdorlari toʻgʻrisidagi axborotni bepul olish;
oʻz huquqlarini himoya qilish yoxud davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlov tayinlanishining toʻgʻriligini qayta koʻrib chiqish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yoki sudga murojaat qilish.
Sugʻurta qildiruvchilar:
sugʻurtalovchidan roʻyxatdan oʻtishi va hisobdan chiqishi;
sugʻurta badallarini oʻz vaqtida va belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlashi;
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarga taalluqli boʻlgan hujjatlarni tekshirish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etishi shart.
