Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida (436-II-son) · Sana: 12.12.2002 · Amalda
Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy yigʻinlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy unvonni va qoʻshin turini farqlovchi nishonlari boʻlgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar.
Harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalari harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralarning rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega boʻlmagan fuqarolarning harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechagini kiyib va farqlovchi nishonlarini taqib yurishi taqiqlanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-78717
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 11-modda. Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida (436-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-78721/11 (lex.uz/docs/-78717)