“24-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash — Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1099-son)
“24-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1099-son) · Sana: 27.11.2025 · Amalda
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 969-modda; 2022-yil, № 2, 75-modda, № 7, 666-modda, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 12, 1010, 1011-moddalar; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 2, 111, 113-moddalar, № 10, 1073-modda, № 11, 1190-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 235-moddaning:
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan almashtirilsin:
“Bojxona tashuvchisi:
avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan;
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlagan;
ushbu Kodeksning 227-moddasi talablariga muvofiq tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqli avtotransport vositasiga ega boʻlgan;
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining fuqarolik javobgarligi xavfini sugʻurtalash shartnomasi mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsidir”;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 236, 237 va 238-moddalar chiqarib tashlansin;
3) 239-modda uchinchi qismining:
uchinchi xatboshisidagi “236-moddasi” degan soʻzlar “235-moddasi birinchi qismining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshisidagi “227 va 236-moddalari talablari va shartlariga” degan soʻzlar “227 va 235-moddalarida belgilangan talablarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshisidagi “Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish paytida maʼlum qilingan” degan soʻzlar “ushbu Kodeks 235-moddasi birinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida belgilangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 336-moddaning birinchi qismidagi “236” raqami “235” raqami bilan almashtirilsin;
5) 342-moddaning oltinchi qismidagi “236-moddalarida” degan soʻzlar “235-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 3, 373-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 217-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatning) amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno”;
2) 219-moddaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatni) tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga — litsenziyaning (ruxsatnomaning) tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari; normativ-huquqiy hujjatlar talablari va litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishini toʻxtatib turish, xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatni) tugatish va (yoki) litsenziyani (ruxsatnomani) bekor qilish uchun asos boʻladigan tarzda yuridik shaxs yoki fuqaro tomonidan buzilganligini tasdiqlovchi dalil”;
3) 222-modda uchinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) faoliyat cheklanadigan, toʻxtatib turiladigan va taqiqlanadigan muddat; litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishi toʻxtatib turiladigan muddat; amal qilishi toʻxtatib turilgan litsenziyaning (ruxsatnomaning), shuningdek bekor qilingan litsenziyaning (ruxsatnomaning) hamda tugatilgan, xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakat) uchun olingan tasdiqnomaning nomi, raqami, berilgan sanasi va boshqa rekvizitlari haqidagi hamda litsenziyani (ruxsatnomani) bergan, xabardor qilingan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; faoliyat qanday shartlar bajarilguniga qadar cheklanayotganligi, toʻxtatib turilayotganligi va taqiqlanayotganligi; banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar qanday shartlar bajarilguniga qadar toʻxtatib qoʻyilganligi”.
1) 5-moddaning 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga doir litsenziyalar va ruxsatnomalar berganlik, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni oʻzgartirganlik uchun”;
2) 8-modda birinchi qismining:
131-bandidagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19-bandidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20-bandidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
37-bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
38-bandidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
39-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 9-modda birinchi qismining:
5-bandidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8-bandidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
142-bandidagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22-bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23-bandidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 10-modda birinchi qismining:
104-bandidagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14-bandidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 11-moddaning:
9-bandidagi “Xalq taʼlimi vazirligining” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12-bandidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 16-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 17-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 21-moddaning ikkinchi qismidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 29-moddadagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) ilova:
7-bandi “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi “sugʻurtalovchilar” degan soʻzdan keyin “(qayta sugʻurtalovchilar)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8-bandidagi “Ov qilish huquqiga doir ruxsatnoma berganlik uchun” degan soʻzlar “Yovvoyi hayvonlarni ovlashga doir ruxsatnoma berganlik uchun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21-bandining:
“a” kichik bandidagi “ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, shuningdek fuqaroviy va xizmat qurolini taʼmirlash” degan soʻzlar “ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandidagi “ishlab chiqish” degan soʻzlar “yaratish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
22-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24-bandining “a” va “b” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ a) qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish — BHMning 5 baravari b) boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash — BHMning 5 baravari ”;
25-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 25. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji: a) portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish — BHMning 10 baravari b) atom energiyasidan foydalanish va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat — BHMning 10 baravari ”;
31-bandining:
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat — BHMning 5 baravari ”;
“v” kichik bandi chiqarib tashlansin;
32-bandidagi:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“e” kichik band chiqarib tashlansin;
“j” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ j) aholi punktlari hududlarini qurish va rivojlantirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish — BHMning 40 baravari ”;
“z” kichik band chiqarib tashlansin;
“yu” kichik band chiqarib tashlansin;
37-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 37. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji: neft, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish — BHMning 10 baravari magistral gaz quvurlarini, neft quvurlarini va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlash — BHMning 10 baravari ”;
38-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻl tashuvlari xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
47-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 47. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji: farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya — BHMning 10 baravari ”;
50-bandi quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“ v) tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish — BHMning 200 baravari ”;
quyidagi mazmundagi 53, 54 va 55-bandlar bilan toʻldirilsin:
“ 53. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji: xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati — BHMning 3 baravari 54. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji: yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish — BHMning 5 baravari 55. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji: affinaj faoliyati — BHMning 5 baravari ”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyulda qabul qilingan “Turizm toʻgʻrisida”gi OʻRQ-549-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 387-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 6, 570-modda; 2023-yil, №11, 923-modda; 2024-yil, № 5, 458-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 20-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “24-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1099-son). neolex.uz/uz/laws/law-7868313/24 (lex.uz/docs/-7864435)