“101-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan chet el yuridik shaxslarining litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tart — Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1099-son)
“101-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan chet el yuridik shaxslarining litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtishining oʻziga xos xususiyatlari
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1099-son) · Sana: 27.11.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan chet el yuridik shaxslari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun ariza berish hamda xabardor qilish ularning Oʻzbekiston Respublikasidagi belgilangan tartibda hisobga qoʻyilgan doimiy muassasasi orqali amalga oshiriladi.
Bunda tashqi iqtisodiy faoliyat hamda tranzit yuklarni tashish bilan bogʻliq bir martalik harakatlarni bajarish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan chet el yuridik shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalarini hisobga qoʻyishi talab etilmaydi”;
3) 28-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar vakolatli organ talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida talabgorga litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bermasa va uni berishni rad etmasa, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar oʻtganidan keyin talabgor amalga oshirilishi uchun litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olish niyatida boʻlgan faoliyatni (harakatni) amalga oshirish huquqiga ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirganidan keyin ega boʻladi”;
4) 33-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holda avtomatik ravishda amalga oshiriladi”;
uchinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
toʻrtinchi qismidagi “ikkinchi — oltinchi” degan soʻzlar “uchinchi — oltinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 53-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Maxsus elektron tizim vositasida amalga oshiriladigan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari boʻyicha jarima solish toʻgʻrisidagi qaror maxsus elektron tizimda rasmiylashtiriladi.
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli organning birinchi rahbari (uning oʻrnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi.
Vakolatli organ tomonidan maxsus elektron tizim vositasida rasmiylashtirilgan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror avtomatik ravishda huquqbuzarga yuboriladi”;
6) 55-moddaning ikkinchi qismidagi “jarima summasi miqdorining yetmish foizi” degan soʻzlar “jarima summasi miqdorining ellik foizi oʻn besh kun ichida, yetmish foizi oʻttiz kun ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 1-ilova:
2-pozitsiyasining “Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6-pozitsiyasining “Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “turizm va sport bosh boshqarmalari” degan soʻzlar “turizm boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12-pozitsiyasining “Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19-pozitsiyasining “Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20-pozitsiyasining “Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21-pozitsiyasining “Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 22. Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya Pirotexnika buyumlarini yaratish; Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish; pirotexnika buyumlarini tashish; pirotexnika buyumlarini yoʻq qilish va utilizatsiya qilish; pirotexnika buyumlarini saqlash; pirotexnika buyumlarini realizatsiya qilish; texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan foydalanish (xavflilikning III — V klasslari). ”;
27-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 27. Veterinariya faoliyati uchun litsenziya Veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlari; Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi veterinariya preparatlarini, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish hamda tayyorlash; veterinariya preparatlarini, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini realizatsiya qilish; veterinariya preparatlarini, shu jumladan biologik preparatlarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash. ”;
28-pozitsiyasining “Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Qurilish vazirligi” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29-pozitsiyasining “Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Qurilish vazirligi” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30-pozitsiyasining “Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Qurilish vazirligi” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 31. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi hududini va hududi qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish; Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi aholi punktlari hududlarini qurish va rivojlantirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish; qurilish obyektlari uchun muhandislik-texnik qidiruvlarini (muhandislik-geodeziya qidiruvlaridan tashqari) bajarish; uy-joy-xoʻjalik qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; sanoat qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; suv xoʻjaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; qishloq xoʻjaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; energetika qurilishi va aloqa obyektlari hamda komplekslarini loyihalashtirish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; transport va yoʻl qurilishi obyektlari hamda komplekslarini loyihalashtirish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; magistral muhandislik tarmoqlarini (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan tashqari) loyihalashtirish; umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; arxitektura yodgorliklarini taʼmirlash uchun hujjatlar; “Obyektlarning asoslari va poydevorlari” boʻlimini loyihalashtirish; “Metall obyektlar konstruksiyalari” boʻlimini loyihalashtirish; “Temir-beton obyektlari konstruksiyalari” boʻlimini loyihalashtirish; maxsus obyektlar va inshootlarni loyihalashtirish; qurilish obyektlarini kapital va joriy taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlari; binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish; binolar va inshootlarni mustahkamlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; korroziyaga qarshi himoyani ishlab chiqish; binolar va inshootlarning muhandislik tarmoqlari hamda tizimlarini loyihalashtirish. ”;
34-pozitsiyasining “Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
36-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
37-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
48-pozitsiyasining “Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
49-pozitsiyasining “Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 61-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 61. Yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyati uchun litsenziya Yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish uskunalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyati; Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyati. ”;
8) 2-ilova:
1-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Transport vazirligi” degan soʻzlar “Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21-pozitsiyasining “Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning (tartib-taomilning) nomi” degan ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun ruxsatnoma”;
23-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” Davlat unitar korxonasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” Davlat unitar korxonasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 24. Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika buyumlarining (xavflilikning III — V darajalari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma, bundan sanoat maqsadlarida foydalaniladigan pirotexnika buyumlari mustasno Pirotexnika buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida qoʻllash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va ulardan foydalanish, bundan sanoat maqsadlarida foydalaniladigan pirotexnika buyumlari mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ”;
25-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
26-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Qurilish vazirligi” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Qurilish vazirligi” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Tumanlarning (shaharlarning) boʻyicha qurilish boʻlimlari” degan soʻzlar “Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
32-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Tumanlarning (shaharlarning) boʻyicha qurilish boʻlimlari” degan soʻzlar “Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
35-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ichki ishlar vazirligining yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 351-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 351. Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun guvohnoma Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ”;
36-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
37-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 37. Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini), bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno, sotish faoliyati uchun ruxsatnoma Avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi (bundan neft bitumining yoʻllarga moʻljallangan markalari mustasno), shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini sotish boʻyicha faoliyat. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari ”;
38-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boʻlimlari” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
39-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boʻlimlari” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
51-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
52-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
53-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
54-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
55-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
56-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
63-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
64-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
65-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
66-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
67-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
68-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
69-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
70-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
71-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
72-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
73-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
74-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
90-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
91-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
94-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari” degan soʻzlar “jamoat tartibini saqlash boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
100-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Oʻzarxiv” agentligi” degan soʻzlar “Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
101-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
102-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
108-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
110-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
111-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
112-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
113-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
116-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Oʻzbekkino” milliy agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
117-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Oʻzbekkino” milliy agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
118-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 124-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 124. Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ”;
9) 3-ilova:
1-pozitsiyasining “Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-pozitsiyasining “Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyasining “Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13 va 14-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
16-pozitsiyasining “Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19-pozitsiyasining “Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalari” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 191-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 191. Obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori boʻyicha I toifadagi arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma Obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori boʻyicha I toifadagi arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ”;
21-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
22-pozitsiyasining “Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28-pozitsiyasining “Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31 va 32-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 31. Yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkiloti faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi haqida xabarnoma Yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatish. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari 32. Turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma Turagentlik faoliyati. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi ”;
33-pozitsiyasining “Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 37-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 37. Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari jamoat xavfsizligi xizmatlarining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari ”;
10) 4-ilova:
I boʻlimining:
32-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
33-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 33. Atom energiyasidan foydalanish va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat uchun litsenziya 300 ”;
quyidagi mazmundagi 57-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 57. Yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyati uchun litsenziya 200 ”;
II boʻlimi:
21-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 21. Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun ruxsatnoma 150 ”;
24-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 24. Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika buyumlarining (xavflilikning III — V darajalari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma, bundan sanoat maqsadlarida foydalaniladigan pirotexnika buyumlari mustasno 150 ”;
25-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 341-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 341. Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun guvohnoma 200 ”;
37-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 37. Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallari, bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno) sotish faoliyati uchun ruxsatnoma 100 ”;
44 va 99-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 114-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 114. Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa 200 ”;
III boʻlimi:
7 va 8-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 131-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 131. Obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori boʻyicha I toifadagi arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma 50 ”;
15-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
24 va 25-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 24. Yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkiloti faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma 25 25. Turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma 75 ”;
quyidagi mazmundagi 30-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 30. Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma 50 ”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonun bilan kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalardan kelib chiqib, tegishli elektron axborot tizimlariga oʻzgartirish kiritilishini taʼminlasin.
11-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-noyabr,
OʻRQ-1099-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “101-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan chet el yuridik shaxslarining litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtishining oʻziga xos xususiyatlari Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1099-son). neolex.uz/uz/laws/law-7868313/101 (lex.uz/docs/-7864435)