“Oʻzbekiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta toʻgʻrisidagi Shartnomani (Xoʻjand, 2025-yil 31-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (SQ-201-V-son)
01.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 28-oktabr kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta toʻgʻrisidagi Shartnomani (Xoʻjand, 2025-yil 31-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta toʻgʻrisidagi Shartnomani (Xoʻjand, 2025-yil 31-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent shahri,
2025-yil 1-noyabr,
SQ-201-V-son
