Oʻzbekiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta toʻgʻrisidagi Shartnomani (Xoʻjand, 2025-yil 31-mart) ratifikatsiya qilish haqida (O‘RQ-1096-son)
14.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 28-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2025-yil 1-noyabrda maʼqullangan
Oʻzbekiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta toʻgʻrisidagi Shartnoma (Xoʻjand, 2025-yil 31-mart) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-noyabr,
OʻRQ-1096-son
