Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PF-214-son)
14.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, biznesni boshlashda davlat xizmatlarini kompleks tarzda koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsad
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad etib tadbirkorlarning maʼmuriy xarajatlarini 90 milliard soʻmgacha qisqartirish, shuningdek, davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik jarayonlarida 15 kungacha vaqtini tejash belgilansin.
II. Biznesni kompleks tarzda roʻyxatdan oʻtkazish tizimini joriy etish
2. 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida quyidagi xizmatlarni koʻrsatish tartibi joriy etilsin:
(a) elektron raqamli imzo kalitini berish;
(b) bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish;
(v) ayrim faoliyat turlari boʻyicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
(g) koʻchmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
(d) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasini olish (soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda guvohnoma beriladigan soliq toʻlovchilarga);
(j) onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish;
(z) yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qoʻyish.
3. Belgilansinki, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili doirasida:
(a) tadbirkorlik subyekti har bir xizmatdan oʻz tanlovi asosida ixtiyoriy ravishda foydalanadi;
(b) tanlangan xizmatlar boʻyicha yagona QR kod orqali toʻlovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
(a) yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomiga ega boʻlishga ruxsat beriladi;
(b) tadbirkorlik subyektlarining birlamchi maʼlumotlari (ismi, familiyasi, otasining ismi, firma nomi, manzili, tashkiliy-huquqiy shakli va h.q.) oʻzgarganda ushbu maʼlumotlar boʻyicha oʻzgartirishlar yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasiga, litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga avtomatik tarzda idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan bepul kiritiladi. Bunda:
(i) yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi va otasining ismi oʻzgarganligi haqidagi maʼlumotlar — Ichki ishlar vazirligining “ID-karta” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan;
(ii) boshqa maʼlumotlar — Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimidan oʻrnatilgan tartibda real vaqt rejimida “Litsenziya” axborot tizimiga taqdim etiladi.
III. Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish
5. 2026-yil 1-martdan boshlab:
(a) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qoʻllanilganda, ularning mansabdor shaxslarini maʼmuriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinsin;
(b) “Litsenziya” axborot tizimida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda quyidagilarni nazarda tutuvchi ixtiyoriy dastlabki baholash xizmati yoʻlga qoʻyilsin:
(i) dastlabki baholash doirasida talabgor litsenziya yoki ruxsatnoma olish uchun xarid qilishi rejalashtirgan bino-inshootlar, moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, yollash koʻzda tutilgan xodimlar toʻgʻrisidagi hamda boshqa maʼlumotlar litsenziya va ruxsat berish talab hamda shartlariga muvofiqligi oʻrganiladi va tegishli xulosa beriladi;
(ii) dastlabki baholash xizmati 20 kundan oshmagan muddatda koʻrsatiladi va tegishli litsenziya yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatni berishda arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlanadigan yigʻimdan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlov undiriladi.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
6. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish yukini kamaytirish hamda byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur Farmonning maqsadi, vazifalari hamda undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
8. Adliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.J. Tashkulov belgilansin.
10. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-noyabr,
PF-214-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi PF-214-son Farmoniga ILOVA
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish yukini kamaytirish hamda byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiMoliyalashtirish manbaiIjro muddatiMasʼul ijrochilar1.“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida quyidagi xizmatlarni kompozit koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish:elektron raqamli imzo kalitini berish;tijorat banklarida hisobvaraq ochishga ariza topshirish va uni faollashtirish; ayrim faoliyat turlari boʻyicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;koʻchmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi guvohnomasini olish (soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda guvohnoma beriladigan soliq toʻlovchilarga);onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish;yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qoʻyish.1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi-2025-yil dekabrAdliya vazirligi(Tashkulov),Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi(Zaxidov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),tijorat banklari2. Amaliy chora-tadbirlarAdliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari2.“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi va Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimini “Litsenziya” axborot tizimiga integratsiya qilish.Amaliy chora-tadbirlar-2025-yil dekabrAdliya vazirligi(Tashkulov)3.“ID-karta” avtomatlashtirilgan axborot tizimini Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi va “Litsenziya” axborot tizimiga integratsiya qilish.Amaliy chora-tadbirlar-2025-yil dekabrIchki ishlar vazirligi(Tashpulatov),Adliya vazirligi(Tashkulov)4.Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida tayinlangan rahbar maʼlumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlar-2025-yil dekabrKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi(Zaxidov),Adliya vazirligi(Tashkulov)5.Onlayn nazorat-kassa mashinalarini soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimini Soliq qoʻmitasining axborot tizimi bilan integratsiya qilish.Amaliy chora-tadbirlar-2025-yil dekabrSoliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Adliya vazirligi(Tashkulov)6.“Litsenziya” axborot tizimida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda talabgorning litsenziya hamda ruxsat berish talab va shartlariga mos kelishini aniqlashga qaratilgan dastlabki baholash xizmatini yoʻlga qoʻyish.1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.2. Amaliy chora-tadbirlar.Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari2026-yil fevralAdliya vazirligi(Tashkulov),manfaatdor vazirlik va idoralar7.Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalarini elektron shaklda “Shaffof qurilish” tizimi orqali koʻrib chiqish va kelishish tartibini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi-2025-yil dekabrQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Xidoyatov),Adliya vazirligi(Tashkulov)8.Quyidagi litsenziya va ruxsatnomalarni ariza beruvchilarning xohishiga koʻra tezlashtirilgan tartibda berish:turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya;konsert-tomosha faoliyati uchun litsenziya;moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya;veterinariya faoliyati uchun litsenziya;xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyati uchun litsenziya;xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati uchun litsenziya;avtomobillarga yonilgʻi quyish stansiyalarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va tarqatish talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa;ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi-2026-yil martAdliya vazirligi(Tashkulov),Madaniyat vazirligi(Nazarbekov),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(Abdurahmonov),Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi(Zaxidov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Xidoyatov),Madaniy meros agentligi(Abdikarimov),Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi(Rafiqov),Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi(Eshqoʻziyev),Turizm qoʻmitasi(Shadiyev)9.Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalarni “Litsenziya” axborot tizimi orqali qoʻllash tizimini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlarAdliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari2026-yil fevralAdliya vazirligi(Tashkulov)10.“Litsenziya” axborot tizimida arizalarni toʻldirish jarayonida talabgorning tegishli talab va shartlarga mos kelishiga avtomatik yoki sunʼiy intellekt texnologiyasi orqali baho berish tizimini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlarAdliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari2026-yil mayAdliya vazirligi(Tashkulov)11.“Litsenziya” axborot tizimida vakolatli organlar tomonidan arizalarni koʻrib chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish.Ariza va taqdim etilgan hujjatlardagi raqamlashgan maʼlumotlarga axborot tizimlari yoki sunʼiy intellekt texnologiyasi orqali baho berish tizimini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlarAdliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari2026-yil avgustAdliya vazirligi(Tashkulov),manfaatdor vazirlik va idoralar12.Davlat muassasalariga ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda va ularning pasportlarida tegishli faoliyat yoki harakatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan amalga oshirishga ruxsat berilgan boʻlsa, ularga ushbu faoliyatni bevosita amalga oshirishga ruxsat berish yuzasidan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi-2025-yil dekabrAdliya vazirligi(Tashkulov)13.Tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz, shuningdek, xabarnoma yubormasdan shugʻullanish holatlari bilan bogʻliq qonunbuzilishlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida aniqlanganda va huquqbuzarlik tasdiqlanganda, bu haqida vakolatli organlarga xabar bergan jismoniy va yuridik shaxslarni undirilgan jarimaning oʻn foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish tartibini joriy qilish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi-2026-yil aprelAdliya vazirligi(Tashkulov),Biznes-ombudsman(Urunov),Savdo-sanoat palatasi(Vahobov)14.“Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi-2026-yil aprelAdliya vazirligi(Tashkulov),Biznes-ombudsman(Urunov),Savdo-sanoat palatasi(Vahobov)15.10 turdagi litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini bekor qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi-2025-yil dekabr Adliya vazirligi(Tashkulov),Biznes-ombudsman(Urunov),Savdo-sanoat palatasi(Vahobov)16.“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyilini amalda qoʻllash boʻyicha davlat xizmatlari markazlari va davlat tashkilotlari xodimlarini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini oʻqitish.Amaliy chora-tadbirlar-Reja-grafik asosida har oydaAdliya vazirligi(Tashkulov),Biznes-ombudsman(Urunov),Savdo-sanoat palatasi(Vahobov),manfaatdor vazirlik va idoralar17.“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga quyidagi tartibda tushuntirish:axborot-tahliliy materiallardan foydalangan holda hujjatlar toʻplamini (maʼruza matni, taqdimot, annotatsiya, infografika, sxema) tayyorlash;matbuot anjumanlarini oʻtkazish;hududlarda manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish;mustaqil ekspertlar, mutaxassislar, aholi va tadbirkorlarning fikri va munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shoular, munozaralar, bahslar oʻtkazish.Amaliy chora-tadbirlarAdliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlariReja-grafik asosidaAdliya vazirligi(Tashkulov),Biznes-ombudsman(Urunov),Savdo-sanoat palatasi(Vahobov),manfaatdor vazirlik va idoralar18.Davlat xizmatlari markazlarida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va amalga oshirish uchun zarur boʻlgan xizmatlar, jumladan, bank-moliya, huquqiy, konsalting, rieltorlik, transport-logistika kabi xizmatlar hamda ularni koʻrsatuvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi stendlar, bannerlar, onlayn reklama tablolarini joylashtirish. Amaliy chora-tadbirlarAdliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda tadbirkorlar mablagʻlari2026-yil yanvarAdliya vazirligi(Tashkulov),Savdo-sanoat palatasi(Vahobov), tijorat banklari,manfaatdor tashkilotlar
