Davlat xizmatlari yagona reyestriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3467-6-son)
11.11.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3467-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 588-son “Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomnik va plantatsiyalarning davlat hisobini yuritish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2025-yil 18-sentabrdagi 594-son “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi hamda 2025-yil 8-oktabrdagi 632-son “Yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratish hamda oʻquv markazlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 27-oktabrdagi 14-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3467, 2023-yil 27-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2023-y., 10/23/3467/0806-son) bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari yagona reyestriga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 5-noyabr,
24-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 5-noyabrdagi 24-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 008-bob quyidagi mazmundagi 483-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
2. 012-bob quyidagi mazmundagi 829 — 8211-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
3. 014-bob quyidagi mazmundagi 1035-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
4. 015-bob quyidagi mazmundagi 1121 va 1122-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
5. 021-bob quyidagi mazmundagi 1751-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
6. 022-bob quyidagi mazmundagi 1881-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
7. 025-bobning 208-pozitsiyasining “Davlat xizmatining nomi” ustunidagi “Maktabdan tashqari” degan soʻzlar “Qoʻshimcha” degan soʻz bilan almashtirilsin.
8. 030-bobning 252-pozitsiyasining “Davlat xizmatining nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Zarur tarzda dorixona amaliyoti qoidalari (GPP) talablariga muvofiqlik boʻyicha audit oʻtkazish”.
9. 033-bobda:
264-pozitsiyaning “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustuni “Anʼanaviy” degan soʻzdan keyin “va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
273-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2781 va 2782-pozitsiyalarning “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustuni “Anʼanaviy” degan soʻzdan keyin “va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
284-pozitsiyaning “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustunidagi “Anʼanaviy va elektron shaklda” degan soʻzlar “Elektron” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10. 044-bobda:
453 va 454-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi 4541-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
456, 457 va 459-pozitsiyalarning “Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi”.
11. 0441-bobning 4621-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
12. 048-bobda:
474-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
475-pozitsiyaning “Davlat xizmatining nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Roʻyxatdan oʻtkazilgan arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogidan chiqarish”.
13. 050-bobda:
501-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
502 — 5061-pozitsiyalar “Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organning nomi” ustunidan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 5062-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
14. 051-bobdan 528-pozitsiya chiqarib tashlansin.
15. 061-bobning 6241-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
16. 062-bobdan 651, 654 va 659-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
17. 0621-bob quyidagi mazmundagi 66224 va 66225-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
18. 066-bob quyidagi mazmundagi 6818 — 68110-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
19. 071-bob quyidagi mazmundagi 7543-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3467-6/1042-son)
