Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining hududiy va tuman (shahar) darajasidagi boʻlinmalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (3702-son)
11.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3702]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining hududiy va tuman (shahar) darajasidagi boʻlinmalari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor v.b. U. XUSAINOV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-noyabr,
5-2025-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining 2025-yil 3-noyabrdagi 5-2025-son buyrugʻiga ILOVA
Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining hududiy va tuman (shahar) darajasidagi boʻlinmalari
ROʻYXATI
T/rRespublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining hududiy va tuman (shahar) darajasidagi boʻlinmalarining nomlanishi1-bob. Hududiy daraja1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari2.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari3.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmalari4.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari5.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari6.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi, Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi, irrigatsiya tizimi boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, Orolboʻyi delta boshqarmasi, Qirgʻoq himoyalovchi dambalar va oʻzan rostlovchi inshootlar boshqarmasi, Amudaryo Chapqirgʻoq himoya dambalar boshqarmasi, Tuyamoʻyin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi, Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi, Fargʻona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi, Janubiy Mirzachoʻl kanalidan foydalanish boshqarmasi, Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi7.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi8.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi va hududiy transport boshqarmalari9.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari*10.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari11.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari12.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari13.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari14.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari15.Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Samarqand, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagi boʻlinmalari*16.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari17.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari18.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari19.Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari*20.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari (boʻlimlari)*21.Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari 22.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari23.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmalari24.Migratsiya agentligining hududiy filiallari*25.Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari26.Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari*27.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari28.Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Gʻaznachilik xizmati boshqarmalari29.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari30.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari31.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari32.Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari33.Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari34.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari35.Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimlari*36.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi37.Gidrometeorologiya xizmati agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy markazlari*38.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmalari39.Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimlari*40.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari41.“Qoraqalpoqkino” agentligi42.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari43.Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari44.Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari*45.Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari, Angren kon-texnika inspeksiyasi*46.Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududiy boʻlinmalari*47.Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari*2-bob. Tuman (shahar) darajasi48.Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari49.Tuman (shahar) investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimlari*50.Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari51.Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari*52.Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari, Toshkent shahrida — tuman qurilish boʻlimlari va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari*53.Tuman (shahar) ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻlimlari*54.Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari55.Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari56.Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari57.Tuman (shahar) adliya boʻlimlari*58.Tuman (shahar) yuridik xizmat koʻrsatish markazlari*59.Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari*60.Tuman (shahar) FHDY organlari*61.Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari62.Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari*63.Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari64.Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlari*65.Tuman (shahar) gʻaznachilik xizmati boʻlimlari*66.Tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari67.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari68.Kadastr agentligining tuman (shahar) boʻlimlari*69.Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) boʻlimlari70.Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tumanlar (Quvasoy shahar) loyiha ofislari*
Izoh: *alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tashkilotlar.
