“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13 va 15-moddalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-137-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”) (1377-V-son)
14.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-137-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13 va 15-moddalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-oktabr,
№ 1377-V
