“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13 va 15-moddalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-137-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”) (1367-V-son)
13.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 7-oktabrda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-137-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13 va 15-moddalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-oktabr,
1367-V-son
