“Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, shu jumladan quyosh panellarini oʻrnatish borasidagi ishlar koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J. Mirzamahmudovning javobi haqida (1409-V-son)
28.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, shu jumladan quyosh panellarini oʻrnatish borasidagi ishlar koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J. Mirzamahmudov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-oktabr,
1409-V-son
