“Oʻzbekiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta toʻgʻrisidagi Shartnomani (Xoʻjand, 2025-yil 31-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-140-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (1403-V-son)
28.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 20-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta toʻgʻrisidagi Shartnomani (Xoʻjand, 2025-yil 31-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-140-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-oktabr,
1403-V-son
