“Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini, oʻz faoliyatini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirayotgan kichik biznesning boshqa subyektlarini milliy va xorijiy valyutada mikrokreditlash tartibi”ga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (903-6-son)
16.11.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-noyabrda 903-6-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (yangi tahriri) qabul qilinishi munosabati bilan Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 2000-yil 22-fevralda 464-son bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga, oʻz faoliyatini yuridik shaxs tashkil etib amalga oshirayotgan kichik biznesning boshqa subyektlariga milliy va xorijiy valyutada mikrokreditlar berish tartibi”ning (2000-yil 29-fevral, roʻyxat raqami 903 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil 4-son) 1.4-bandi oxirgi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi, mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektdir”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-noyabr,
24/16-son
