Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida (1399-V-son)
27.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2025-yil 28-oktabr kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
“Sud ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-136-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Oʻzbekiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta toʻgʻrisidagi Shartnomani (Xoʻjand, 2025-yil 31-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-140-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish);
“Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiyani (Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-141-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish);
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulovning “Davlat xizmatlarini koʻrsatishda korrupsiyaviy holatlar kelib chiqishining oldini olish hamda aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida qoʻshimcha qulayliklar yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida;
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovning “Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi hamda sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida;
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, shu jumladan quyosh panellarini oʻrnatish borasidagi ishlar koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J. Mirzamahmudovning javobi haqida;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tashabbusli budjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi Qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-oktabr,
1399-V-son
