Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida (1348-V-son)
06.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
«Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2025-yil 7-oktabr kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
«Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasini tuzish haqida;
«Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisida»gi QL-1186-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxslarning tasvirga boʻlgan huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida»gi QL-128-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida («Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxslarning tasvirga boʻlgan huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida») (ikkinchi oʻqish);
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi QL-133-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-134-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
«Davlat boji toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida»gi QL-137-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish);
«Yoshlarning boʻsh vaqtdan unumli foydalanishini hamda ularni kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilish holati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Saʼdullayevning javobi haqida;
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatovning «Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida»gi axboroti toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 6-oktabr,
1348-V-son
