“Yoshlarning boʻsh vaqtdan unumli foydalanishini hamda ularni kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilish holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Saʼdullayevning javobi haqida (1360-V-son)
07.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Yoshlarning boʻsh vaqtdan unumli foydalanishini hamda ularni kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilish holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Saʼdullayev tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-oktabr,
1360-V-son
