Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, ellektr energiyasi chakana narxlarini hamda yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarini tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida (273-son)
30.05.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikaga keltirilayotgan neft va boshqa yoqilgʻi resurslari narxlarining oshishi munosabati bilan, shuningdek, energiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish hamda xalq xoʻjaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-iyunidan boshlab yoqilgʻi-energetika resurslarining chegaralangan chakana narxlari hamda shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Aholining ayrim toifalariga respublika Hukumati ilgari qabul qilgan qarorlarga muvofiq berilgan amaldagi imtiyozlar saqlab qolinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda mazkur qarorga ilovaga muvofiq yangi chakana narxlar va tariflar preyskurantlarini tasdiqlasinlar hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga yetkazsinlar.
4. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar koʻmir va avtomobil benzinining qoldiqlarini 1994-yil 1-iyundagi holatga koʻra qayta baholab chiqsinlar, qayta baholashdan tushgan summani oʻzlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltirsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-yanvardagi 45-son, 1994-yil 29-apreldagi 226-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
30-may 1994-yil,
273-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-maydagi 273-son qaroriga ILOVA
Yoqilgʻi, energiya, shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchilarni tashuvchi transport xizmatiga belgilanadigan chakana narx va tariflarning
chegaralangan miqdorlari
