Tijorat banklari tomonidan shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1424-son)
19.11.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 19-noyabrda 1424-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari M. R. Jumagaldiyev zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-noyabr,
24/8-son
