“14-modda. Qoʻshimcha taʼlim
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1091-son) · Sana: 23.10.2025 · Amalda
Qoʻshimcha taʼlim bolalar va katta yoshdagilarning ijodiy qobiliyatini shakllantirishga hamda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga, intellektual va jismoniy takomillashuvga boʻlgan individual ehtiyojlarini qanoatlantirishga, sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga, sogʻligʻini mustahkamlashga va boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etishga qaratilgan boʻlib, u quyidagi turlarni oʻz ichiga oladi:
bolalar uchun qoʻshimcha taʼlimni;
katta yoshdagilar uchun qoʻshimcha taʼlimni.
Bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim uzluksiz taʼlim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning isteʼdodi va qobiliyatini rivojlantirish, maʼnaviy ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Bunda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yoʻnalishlarda bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim tashkilotlari jumlasiga bolalar va oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sogʻlomlashtirish muassasalari kiradi.
Katta yoshdagilar uchun qoʻshimcha taʼlim ularning taʼlimga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish, qoʻshimcha bilim va koʻnikmalarni egallashiga koʻmaklashish uchun tashkil etiladi.
Qoʻshimcha taʼlim berish tartibi taʼlim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan belgilanadi”;
3) 26-modda ikkinchi qismining:
oʻn ikkinchi xatboshisidagi “maktabdan tashqari” degan soʻzlar “qoʻshimcha” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi “maktabdan tashqari” degan soʻzlar “qoʻshimcha” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 30-modda oltinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “maktabdan tashqari” degan soʻzlar “qoʻshimcha” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” degan soʻzlar “taʼlim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
