Jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarini optimal joylashtirish orqali ularning bino va inshootlari oʻrnida biznes loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (668-son)
22.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlar yaratish uchun tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlarini optimal joylashtirish hamda ularning boʻshaydigan bino va inshootlarini xususiylashtirish orqali tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini bino va inshootlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish belgilangani;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida” 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga muvofiq:
tegishli tuman (shaharlar)ning 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturlari;
bir joyda optimal joylashtiriladigan tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlari roʻyxati tasdiqlangani;
v) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlari barpo etiladigan yangi koʻp funksiyali va koʻp qavatli maʼmuriy binolarga (keyingi oʻrinlarda — Yangi maʼmuriy binolar) optimal joylashtirish boʻyicha namunaviy loyiha (keyingi oʻrinlarda — namunaviy loyiha) tasdiqlangani;
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda 16 ta tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarining maʼmuriy binolari xatlovdan oʻtkazilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining takliflari asosida quyidagilar:
Bir joyda optimal joylashtiriladigan tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotiladigan davlat koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Yangi maʼmuriy binolar qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalarining tavsiyaviy tanlov mezonlari 3-ilovaga muvofiq;
Tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda optimal joylashtirish boʻyicha amaliy dastur 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
a) tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda optimal joylashtirish, ularga yangi maʼmuriy binolar qurish yoki koʻchmas mulk obyektlariga joylashtirish hisobidan amalga oshiriladi;
b) tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi maʼmuriy binolar qurilishiga, shuningdek, mavjud koʻchmas mulk obyektlarining rekonstruksiyasiga respublika budjetidan 20 mlrd soʻmgacha budjet ssudasi ajratiladi, qolgan qismi tegishincha 2-ilovada keltirilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan, yetishmagan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boshqa davlat aktivlarini sotish hisobidan mahalliy budjetlarga tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
v) mazkur qarorga 2-ilovada keltirilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari:
xususiylashtirish jarayonini boshlash uchun tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlari tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiriladi hamda balansda saqlovchilari va koʻchirilishi nazarda tutilgan foydalanuvchi tashkilotlar mazkur obyektlardan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanishni davom ettiradi;
baholangan holda ularning balansda saqlovchilari va koʻchirilishi nazarda tutilgan foydalanuvchi tashkilotlar yangi maʼmuriy binolarga koʻchib oʻtgunga qadar ushbu binolardan tekin foydalanish sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ommaviy savdolarga chiqariladi;
sotishdan tushgan mablagʻlar (savdoga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlar chegirilgan holda) respublika budjetidan ajratilgan budjet ssudasini qaytarish, yangi maʼmuriy binolar qurilishi, shuningdek, mavjud koʻchmas mulk obyektlarining rekonstruksiyasi uchun tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga hamda viloyatlarning viloyat budjetlariga maqsadli yoʻnaltiriladi.
Bunda sotishdan tushgan mablagʻlar budjet ssudasini qaytarish uchun yetmaganda, tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boshqa davlat aktivlarini sotishdan tushgan tushumlarning mahalliy budjetlarga yoʻnaltirilgan qismi hisobidan qoplanadi;
foydalanuvchi tashkilotlar barpo etiladigan yangi maʼmuriy binolarga koʻchib oʻtgunga qadar binolardan tekin foydalanish davrida yuzaga keladigan xarajatlar (soliq, kommunal toʻlovlar va saqlash xarajatlari) balansda saqlovchi va foydalanuvchi tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan ekspluatatsiya shartnomasi asosida ushbu tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
g) yangi maʼmuriy binolar foydalanishga qabul qilingandan soʻng ularning 1 va 2-qavatlari ustuvor ravishda savdo va servis faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga beriladi.
4. Tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi maʼmuriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish doirasida:
buyurtmachilar etib — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilanadi;
bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Bunda yangi maʼmuriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini 2026-yil 1-dekabrga qadar yakunlash belgilab qoʻyilsin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining asoslangan talablariga koʻra tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi maʼmuriy binolarni loyihalashtirish, ularda qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini boshlash uchun bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga hamda viloyatlarning viloyat budjetiga respublika budjetidan 20 mlrd soʻmgacha budjet ssudalarini ajratsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Kadastr agentligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda 1-ilovada keltirilgan mahalliy boshqaruv organlariga yangi maʼmuriy binolar qurish uchun tuman (shahar)lar hududidan 3-ilovaga muvofiq mezonlarga mos keladigan tegishli yer maydonlarining chegaralarini belgilagan holda, tegishli tuman (shahar) hokimliklariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratsin;
namunaviy loyihalar asosida quriladigan yangi maʼmuriy binolarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va ularning qurilishiga sarflanadigan mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlarning mahalliy budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarida aks ettirsin.
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tegishli tuman (shahar) hokimliklariga yer maydoni doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgandan soʻng ikki oy muddatda namunaviy loyihalar asosida har bir tuman (shahar)larda quriladigan yangi maʼmuriy binolarning loyiha-smeta hujjatlari 1-ilovadagi mahalliy boshqaruv organlarining yangi maʼmuriy binolarga samarali joylashtirilishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishini taʼminlasin.
8. Qayd etilsinki:
qurilishi yakunlangan yangi maʼmuriy binolar munitsipal mulk sifatida tegishincha tuman (shahar) hokimliklariga rasmiylashtiriladi;
1-ilovadagi mahalliy boshqaruv organlari yangi maʼmuriy binolarga har bir xodim uchun tasdiqlangan meʼyorlar asosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
2-ilovada keltirilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini baholangan holda ularning balansda saqlovchilari hamda koʻchirilishi nazarda tutilgan foydalanuvchi tashkilotlar yangi maʼmuriy binolarga koʻchib oʻtgunga qadar ushbu binolardan tekin foydalanishi sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ommaviy savdolarga chiqarilishini;
qurib bitkazilgan yangi maʼmuriy binolarning 1 va 2-qavatlarini ustuvor ravishda savdo va servis faoliyatini yoʻlga qoʻyish sharti bilan ijaraga berish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini;
sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha shartnoma shartlari toʻliq bajarilgandan soʻng yangi mulkdorlarga belgilangan tartibda mulk huquqining rasmiylashtirib berilishini;
yangi maʼmuriy binolarga 1-ilovadagi mahalliy boshqaruv organlarini binolarda xodimlarni joylashtirish meʼyorlariga asosan tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlasin.
10. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda obyekt boʻyicha tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari qisqa muddatda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
11. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-oktabr,
668-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 668-son qaroriga 1-ILOVA
Bir joyda optimal joylashtiriladigan tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari
ROʻYXATI
T/rTashkilotlar nomiMahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi1.Tuman (shahar) hokimliklariOʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi2.Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari3.Tuman (shahar) gʻaznachilik xizmati boʻlimlari(1)4.Tuman (shahar) pensiya boʻlimlari(1)5.Tuman (shahar) kadastr boʻlimlari6.Kadastrlar palatasi tuman (shahar) filiallariOʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi7.Tuman (shahar) investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimlariOʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi8.Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlariOʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi9.Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlari(2)Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi10.Tuman suv yetkazib berish xizmati(2)Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi11.Tuman (shahar) arxitektura va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlariOʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi12.Tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimlariOʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi13.Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariOʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi14.Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlariAlohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari15.Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari16.Tuman (shahar) statistika boʻlimlari17.Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlariBoshqa tashkilotlar18.Mahalla uyushmasi tuman (shahar) boʻlimlari19.Xalq qabulxonasi boʻlimlari20.Tuman (shahar) partiya Kengashlari(3)21.Tuman fermerlar Kengashlari(2)(3)
Izoh.
(1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-son Farmoniga asosan 2027-yil 1-yanvardan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari ishini raqamlashtirish hisobiga ularning faoliyati tugatiladi.
(2) Yangiyoʻl va Margʻilon shaharlaridagi mazkur tashkilotlar bundan mustasno.
(3) Yangi maʼmuriy binolarga kelishuv asosida joylashtiriladi.
Ushbu ilovada koʻrsatilgan roʻyxatga Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 668-son qaroriga 2-ILOVA
Elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotiladigan davlat koʻchmas mulk obyektlari
ROʻYXATI
T/rT/rFoydalanuvchiManziliUmumiy yer maydoni(ga)Bino va inshoot maydoni(kv. metr)Qoraqalpogʻiston RespublikasiI. Qoʻngʻirot tumaniQoʻngʻirot tumani hokimligi “Azatliq” MFY, Gʻarezsizlik koʻchasi, 18-uy0,771 767,9Qoʻngʻirot tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimiGarezsizlik koʻchasi, 20-uy0,27941,0Qoʻngʻirot tumani kadastrlar palatasi boʻlimiK. Abdirov koʻchasi, 13-uy0,06325,6Qoʻngʻirot tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimiToʻmaris koʻchasi, 11-uy0,1384,7Qoʻngʻirot tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimiA. Shamuratov koʻchasi, 3-uy0,19493,3Qoʻngʻirot tumani qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiIpak-yoʻli koʻchasi0,07147,0Qoʻngʻirot tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiNurmuxammedov koʻchasi0,911 104,6Qoʻngʻirot tumani soliq inspeksiyasiA. Shamuratova koʻchasi, 4-uy0,391 830,1II. Chimboy tumaniChimboy tumani hokimligi“Shaxtemir” MFY, Sh. Rashidov koʻchasi, 47-uy1,783 152,2Chimboy tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimiSh. Rashidov koʻchasi 46-uy0,5716,0Chimboy tumani kadastrlar palatasi filialiQarajan batir, koʻchasi, 4-uy0,4196,0Chimboy tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimiBeruniy koʻchasi, 35-uy0,29777,3Chimboy tumani qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiQarajan batir koʻchasi, 41-uy0,01112,3Chimboy tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiBeruniy koʻchasi, 88-uy0,22684,5Chimboy tumani soliq inspeksiyasiI. Yusupov koʻchasi, 9-uy0,09747,8Andijon viloyatiAsaka tumaniAsaka tumani hokimligi “Hamdoʻstlik” MFY, Sohilboʻyi koʻchasi, 2-uy0,81 701,7Asaka tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi“Shodlik” MFY, Xamid Ashurov koʻchasi, 2-uy0,072596,0Asaka tumani kadastr boʻlimi“Kamolot” MFY, Margʻiloniy koʻchasi 7-uy0,075429,0Asaka tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi“Qadriyat” MFY, Xumo koʻchasi, 8-uy0,04293,0Asaka tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimiGʻ. Yoqubov koʻchasi, 8-uy0,134339,0Asaka tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi“Istiqlol” MFY, Karvonsaroy koʻchasi, 120-uy0,211 259,0Asaka tumani soliq inspeksiyasi“A. Temur” MFY, Sohilboʻyi koʻchasi, 8-uy0,391 508,0Asaka tumani xalq qabulxonasi boʻlimi“Shodlik” MFY, Imom Buxoriy koʻchasi, 170-a-uy0,1441,0Buxoro viloyatiGʻijduvon tumaniGʻijduvon tumani hokimligi“Pamoʻza” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 2-uy0,62 669,6Gʻijduvon tumani kadastrlar palatasi filiali“Sardor” MFY, Alpomish koʻchasi0,13605,3Gʻijduvon tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi“Sharq” MFY, Yu.Hamadoniy koʻchasi0,09326,2Qishloq xoʻjaligi Gʻijduvon tumani boʻlimi “Chorsu” MFY, Chorsu koʻchasi, 97-uy0,07251,7Gʻijduvon tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi“Guliston” MFY, Ibn-Sino koʻchasi, 158-uy0,21 256,9Gʻijduvon tumani statistika boʻlimiChorsu koʻchasi, 97-uy0,05154,9Gʻijduvon tumani soliq inspeksiyasiMustaqillik koʻchasi0,621 576,0Jizzax viloyatiGʻallaorol tumaniGʻallaorol tumani hokimligi“Samarqand” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 27-uy0,62 010,0Gʻallaorol tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi“Doʻstlik” MFY, Mustaqillik koʻchasi 52-uy0,191 217,7Gʻallaorol tumani pensiya boʻlimi“Doʻstlik” MFY, Mustaqillik koʻchasi0,06125,5Gʻallaorol tumani kadastrlar palatasi filiali“Samarqand” MFY, Navoiy koʻchasi, 2-uy0,14500,6Gʻallaorol tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi“Gʻofur Gʻulom” MFY, Sobir Rahimov koʻchasi, 70-uy0,27614,8Gʻallaorol tumani soliq inspeksiyasi“Sarbozor” MFY, Qoʻrgʻon qishlogʻi, 97-uy0,31 072,4Qashqadaryo viloyatiYakkabogʻ tumaniYakkabogʻ tumani hokimligi“Aygʻirkul” MFY, Aygʻirkul koʻchasi, 1-uy0,581 830,8Yakkabogʻ tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimiA. Temur koʻchasi, 76-uy0,31775,5Yakkabogʻ tumani kadastrlar palatasi filialiAmir Temur koʻchasi, 30-uy0,08326,0Qishloq xoʻjaligi Yakkabogʻ tumani boʻlimiAmir Temur koʻchasi 142-uy0,33706,5Yakkabogʻ tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiAmir Temur koʻchasi, 30-uy0,261 456,0Navoiy viloyatiXatirchi tumaniXatirchi tumani hokimligi“Paraxun” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 34-y0,391 571,6Xatirchi tumani hokimligining “Xatirchi hayoti gazetasi”“Navbahor” MFY0,063118,4Xatirchi tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi“Paraxun” MFY0,01474,9Xatirchi tumani kadastrlar palatasi filiali“Paraxun” MFY 0,11468,3Xatirchi tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi“Navbahor” MFY0,22179,8Qishloq xoʻjaligi Xatirchi tumani boʻlimi “Navbahor” MFY0,08825,0Xatirchi tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi“Paraxun” MFY0,1441,4Xatirchi tumani soliq inspeksiyasi“Doʻstlik” MFY0,52815,4Namangan viloyatiChortoq tumaniChortoq tumani hokimligi “A. Navoiy” MFY, Istiqlol koʻchasi, 24-uy0,831 611,5Chortoq tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi“A. Navoiy” MFY, Istiqlol koʻchasi0,04288,0Chortoq tumani pensiya boʻlimi“Namangan” MFY, Gulchaman koʻchasi, 12-uy0,26368,0Chortoq tumani kadastrlar palatasi filiali“Oʻzbekiston” MFY, Oʻzbekiston koʻchasi, 4-uy0,06284,0Chortoq tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi“Zafar Diyor” MFY, Istiqlol shoh koʻchasi, 12-uy0,07261,0Qishloq xoʻjaligi Chortoq tumani boʻlimi“Namangan” MFY, Yangi koʻchasi, 51-uy0,1678,0Chortoq tumani qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi“A. Navoiy” MFY, Istiqlol koʻchasi0,03120,0Chortoq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi“A. Navoiy” MFY, Istiqlol shoh koʻchasi, 20-uy0,06605,0Chortoq tumani soliq inspeksiyasi“A. Navoiy” MFY, Istiqlol shoh koʻchasi0,482 497,0Samarqand viloyatiBulungʻur tumaniBulungʻur tumani hokimligi“Mexrjon” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 28-uy0,761 507,1Bulungʻur tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimiOqtepa koʻchasi, 113-uy0,15739,1Bulungʻur tumani kadastrlar palatasi filiali“Bulungʻur” MFY, Sayilgoh koʻchasi0,06402,3Bulungʻur tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi“Bulungʻur” MFY, Sayilgoh koʻchasi, 65-uy0,04313,8Qishloq xoʻjaligi Bulungʻur tumani boʻlimi“Bulungʻur” MFY, Sayilgoh koʻchasi0,06286,4Bulungʻur tumani statistika boʻlimi“Bulungʻur” MFY, Fozil Yoʻldosh koʻchasi, 41-uy0,04142,1Bulungʻur tumani soliq inspeksiyasi“Guliston” MFY, Fozil Yuldosh koʻchasi, 2a-uy0,211 021,6Surxondaryo viloyatiDenov tumaniDenov tumani hokimligiSh. Rashidov koʻchasi, 238-uy0,493 671,1Denov tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi“Yangixayot” MFY, Mustaqillik koʻchasi0,08199,0Denov tumani kadastr boʻlimi“Bahoriston” MFY, N.Mirzayev koʻchasi, 137-uy0,07246,1Denov tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi“Yangihayot” MFY, Astanakulov koʻchasi0,045222,8Qishloq xoʻjaligi Denov tumani boʻlimiNurlimanzil Sh.Rashidov koʻchasi, 239-uy0,12454,0Denov tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi“Yangihayot” MFY, Samarqand koʻchasi, 70-uy0,1616,0Denov tumani soliq inspeksiyasi“Bogʻinav” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 61-uy0,23942,5Sirdaryo viloyatiSirdaryo tumaniSirdaryo tumani hokimligiSirdaryo shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 98-uy0,281 030,5Sirdaryo tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi“Yoshlik” MFY, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 110-uy0,12392,0Sirdaryo tumani kadastrlar palatasi filiali“Yoshlik” MFY, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 107-uy0,036358,0Sirdaryo tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi“Oqibat” MFY, Alvon koʻchasi, 38-uy0,07191,0Sirdaryo tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi“Bahor” MFY, Ishbilarmonlar koʻchasi, 1-uy0,053399,0Sirdaryo tumani soliq inspeksiyasi“Yoshlik” MFY, Oʻzbekiston koʻchasi, 1 uy0,15361,0Toshkent viloyatiYangiyoʻl shahriYangiyoʻl shahri iqtisodiyot va moliya boʻlimi“Navroʻz” MFY, Yoshlik koʻchasi, 100-uy0,04502,1Yangiyoʻl shahri kadastrlar palatasi filiali“Mustaqillik” MFY, Uzumzor koʻchasi, 46-uy0,18865,7Yangiyoʻl shahri kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi“Mevazor” MFY, Samarqand koʻchasi, 351-a-uy0,06298,9Yangiyoʻl shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi“Navroʻz” MFY, Yoshlik koʻchasi, 6-uy0,05450,0Fargʻona viloyatiI. Quva tumaniQuva tumani hokimligiQayqubbod koʻchasi, 244-uy1,462 099,9Quva tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi“Tinchlik” MFY, Yorqin koʻchasi, 117-uy0,11826,4Quva tumani kadastr boʻlimi“Quva” MFY, Faxriylar koʻchasi, 1-uy0,15804,4Quva tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi“Quva” MFY, Qayqubod koʻchasi0,05236,9Qishloq xoʻjaligi Quva tumani boʻlimi“Taxtakoʻprik” MFY, Adiblar koʻchasi, 5-uy0,07691,7Quva tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi“Taxtakoʻprik” MFY, Adiblar koʻchasi 3-uy0,081 043,9Quva tumani soliq inspeksiyasi“Goʻzal” MFY, Qayqubod koʻchasi, 274A-uy0,431 017,9II. Margʻilon shahri(1)Margʻilon shahri hokimligiMustaqillik koʻchasi, 448a-uy0,531 528,4Margʻilon shahri iqtisodiyot va moliya boʻlimi“Alisher Navoiy MFY” Mustaqillik koʻchasi, 495-uy0,183649,23Margʻilon shahri kadastr boʻlimi“Yangi bogʻ” MFY, Vatandosh koʻchasi, 31-uy0,057496,5Margʻilon shahri kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi“Alisher Navoiy” MFY, Naqshbandiy koʻchasi, 214a-uy0,05190,0Margʻilon shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi“Saxovat MFY”, B.Margʻiloniy koʻchasi, 80 va 82-uylar0,6961594,0Margʻilon shahri soliq inspeksiyasi“Yangibogʻ” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 450a-uy0,391 614,8Xorazm viloyatiI. Shovot tumaniShovot tumani hokimligiTurkiston koʻchasi, 73-uy1,073 065,4Shovot tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi“Paxtakor” MFY, Turkiston koʻchasi, 77-uy0,28645,6Shovot tumani kadastrlar palatasi filiali“Paxtakor” MFY, Turkiston koʻchasi, 101-uy0,06664,0Shovot tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi“Paxtakor” MFY, Turkiston koʻchasi 73/1-uy0,07289,4Qishloq xoʻjaligi Shovot tumani boʻlimi“Shovot” MFY, Usta Sodiq koʻchasi, 3-uy0,19489,6Shovot tumani qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiShovot shaharchasi, Turkiston koʻchasi, 71-uy0,05161,0Shovot tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi“Yangiobod” MFY, Usta Sodiq koʻchasi, 3-uy0,22693,2Shovot tumani soliq inspeksiyasi“Paxtakor” MFY, Turkiston koʻchasi, 75-uy0,23822,1II. Hazorasp tumaniHazorasp tumani hokimligi“Pahlavon Mahmud” MFY, Erik Gayazov koʻchasi, 32-uy0,972 504,3Hazorasp tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimiE. Gʻayazov koʻchasi, 6-uy0,2506,3Hazorasp tumani pensiya jamgʻarmasi Xazorasp tuman boʻlimi“P. Maxmud” MFY, E.Gayazov koʻchasi, 32-uy0,161 565,0Kadastrlar palatasi Hazorasp tuman filialiMustaqillik koʻchasi, 41-uy0,04420,0Hazorasp tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi“Sanoat” MFY0,5530,2Qishloq xoʻjaligi Hazorasp tumani boʻlimiE. Gayazov koʻchasi, 10-uy0,242 394,0Hazorasp tumani qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiE. Gayazov koʻchasi, 9-uy0,05542,0Hazorasp tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiGʻ. Gʻulom koʻchasi, 51-uy0,262 641,4Hazorasp tumani soliq inspeksiyasiA. Navoiy koʻchasi, 10-uy0,212 118,0
Izoh.
(1) Margʻilon shahridagi mahalliy boshqaruv organlarini optimallashtirish natijasida boʻshaydigan binolarni auksion orqali sotishdan tushgan mablagʻlar (sotish va savdoga chiqarish xarajatlarini chegirgan holda) Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi “Margʻilon shahar qurilish direksiyasi” davlat muassasasiga uning asoslangan soʻroviga koʻra Burhoniddin al-Margʻinoniy majmuasidagi infratuzilma obyektlarini (elektr, gaz, kanalizatsiya, sunʼiy koʻl va favvora, muzey, maqom teatri hamda obodonlashtirish) qurilishi uchun maqsadli yoʻnaltiriladi.
1. Mazkur ilova va kadastr hujjatlarida davlat koʻchmas mulk obyektlarining manzillarida hamda bino va inshootlar egallagan maydon koʻrsatkichlarida yoki balansda saqlovchilarda tafovut mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu davlat koʻchmas mulk obyektlari kadastr hujjatlari asosida sotiladi.
2. Mazkur ilovada koʻrsatilgan roʻyxatga Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
3. Tuman (shahar) statistika boʻlimlariga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qarori doirasida taqsimlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 668-son qaroriga 3-ILOVA
Yangi koʻp funksiyali va koʻp qavatli maʼmuriy binolar qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalarining tavsiyaviy tanlov
MEZONLARI(1)
T/rMezonlarTalablar1.Yer maydoni (hudud oʻlchami)1,5 — 2 gektar (tashkilotlar sonidan kelib chiqib)2.Shahar markaziga yaqinligiFuqaro va tashkilotlar uchun qulay transport va piyoda yondashuv mavjud boʻlishi3.Transport va yoʻl infratuzilmasiAvtobuslar, mashinalar uchun qulay kirish-chiqish imkoniyati mavjud boʻlishi4.Infratuzilma mavjudligiYangi tarmoq tortishga katta mablagʻ ketmasligi5.Imiji va prestijTuman uchun nufuzli va ramziy hududda boʻlishi6.Ekologik ahvoliEkologik toza hududda boʻlishi7.Rivojlanish potensialiKelajakda hududni kengaytirish imkoniyati mavjud boʻlishi8.Huquqiy holat (yer hujjati)Yer toifasi muammosiz boʻlishi (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlar boʻlmasligi)9.Aholi gavjum hududlardan uzoqligiTransport tirbandligi boʻlmasligi
Izoh.
(1) Yangiyoʻl shahri va Xatirchi tumaniga tatbiq etilmaydi.
Qurilishdan tashqari yashil hududlar, avtoturargoh, yongʻin xavfsizligi yoʻllari uchun ham joy zarur boʻladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 668-son qaroriga 4-ILOVA
Tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda optimal joylashtirish boʻyicha
AMALIY DASTUR
T/rVazifalarAmalga oshirish mexanizmiMoliyalashtirish manbaiMuddatiMasʼul ijrochilar1.Yangi quriladigan koʻp qavatli maʼmuriy binolarning loyihalarini tayyorlash.1. Tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlarini joylashtirish uchun yangi barpo etiladigan koʻp qavatli maʼmuriy binolarning namunaviy loyihasiga muvofiq tumanning arxitektura qiyofasini yaxshilash hamda maʼmuriy binolar qurishga doir ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, yangi quriladigan koʻp qavatli maʼmuriy binolarning loyihalarini tayyorlash. Bunda quyidagilarni inobatga olish:maʼmuriy bino loyihasining milliy anʼanalarga uygʻunligi;hududning iqlimi va geografik joylashuvining oʻziga xos jihatlari hisobga olingani;meʼmoriy qiyofasida ham tarixiy qadriyatlarni, ham zamonaviy qurilish uslublarini aks ettirgani;umumiy foydalanishdagi xonalarning mavjudligi;aholiga xizmat koʻrsatish uchun qulayligi;imkoniyati cheklangan shaxslar uchun barcha qulayliklar yaratilgani.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil noyabrQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi2. Yangi quriladigan koʻp qavatli maʼmuriy bino loyihasini vazirlikning hamda tegishli tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirish orqali jamoatchilik fikrini oʻrganish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil noyabrQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari2.Yangi koʻp qavatli maʼmuriy bino qurish uchun yer maydonini tanlab olish (mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda optimal joylashtirish uchun boshqa binoga koʻchirish zarurati mavjud boʻlmaganda).1. Yangi koʻp qavatli maʼmuriy bino qurish uchun quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlgan yer maydonlarini aniqlash:shahar markaziga yaqin joylashgan;zarur transport va yoʻl infratuzilmasi mavjud boʻlgan, jumladan, avtobuslar hamda avtomashinalar uchun qulay harakatlanish imkoniyati mavjud boʻlgan;muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tortilgan;yashil hududlar, avtoturargohlar, yongʻin xavfsizligi yoʻllari uchun zarur maydonga ega;ekologik toza hududda joylashgan;kelgusida, zaruratga koʻra, hududni kengaytirish imkoniyati mavjud boʻlgan;ajratilishi rejalashtirilayotgan yer maydoniga tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan hamda yer toifasi aniq belgilangan.2. Yangi bino joylashtiriladigan yer uchastkasining chegaralarini belgilash.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil noyabrQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Kadastr agentligi3.Mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda optimal joylashtirish uchun yangi koʻp qavatli maʼmuriy binolarni qurish.1. Yangi koʻp qavatli maʼmuriy binolarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil noyabrQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi2. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish.Bunda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish doirasida buyurtmachi etib viloyat hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilanadi.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil noyabrQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi3. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va kelishish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil dekabrQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyat hokimliklari4. Qurilish ishlarini amalga oshirish.Mahalliy budjet mablagʻlari, budjet ssudasiLoyiha-smeta hujjatlari asosidaTadbirkorlik subyektlari5. Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish.Mablagʻ talab etilmaydiQurilish yakunlangandan soʻng 8 ish kuni ichidaQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi4.Yangi koʻp qavatli maʼmuriy binolarni qurishda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratilishini inobatga olish.1. Yangi koʻp qavatli maʼmuriy binolarni ularning 1 va 2-qavatlarida tadbirkorlik subyektlari faoliyati yoʻlga qoʻyilishini nazarda tutgan holda loyihalashtirish. Xususan:1 va 2-qavatlarni turli savdo va servis faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun moslashuvchan tarzda loyihalashtirish;tadbirkorlik subyektlari foydalanadigan qavatlarda alohida kirish-chiqish eshiklari hamda havo aylanish tizimi boʻlishini taʼminlash;1 va 2-qavatlarida tashqi reklama obyektlarini joylashtirish uchun imkoniyat yaratish.2. Tadbirkorlik subyektlariga tashrif buyuruvchilar uchun qulay avtoturargoh va piyodalar harakati uchun infratuzilma mavjud boʻlishini nazarda tutish.Mablagʻ talab etilmaydiYangi maʼmuriy bino qurish davridaQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi5.Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda optimal joylashtirish.1. Xatirchi tumani, “Yangirabod” MFY, Yangirabod guzari koʻchasidagi 19-uyda joylashgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining binosini Xatirchi tuman hokimligiga hamda Alisher Navoiy MFYda joylashgan, 14-son maktabning boʻsh turgan (sobiq Uy-joy kommunal xoʻjaligi koleji binosi) binosini Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida operativ boshqarish huquqi asosida oʻtkazish.Mahalliy budjet mablagʻlari, budjet ssudasi(binoni rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun)2025-yil dekabrNavoiy viloyati hokimligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi2. Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi binosini rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va unga mahalliy boshqaruv organlarini joylashtirish.2026-yil dekabr6.Yangi quriladigan koʻp qavatli maʼmuriy binolarda mahalliy boshqaruv organlarini joylashtirish shartlarini belgilash.Yangi quriladigan koʻp qavatli maʼmuriy binoni mahalliy boshqaruv organlari va hokimliklar oʻrtasida binodan foydalanish shartlari va tartibini ishlab chiqish va kelishish (hokimlikka operativ boshqarish huquqi asosida oʻtkazish, tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlariga tekin foydalanish huquqi asosida berish).Mablagʻ talab etilmaydiYangi koʻp qavatli maʼmuriy bino qurilishi yakunlangandan soʻng 1 hafta muddatdaQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari,manfaatdor vazirlik va idoralar7.Mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda samarali joylashtirish.Mahalliy boshqaruv organlarini yangi qurilgan koʻp qavatli maʼmuriy binolarga yoki mavjud koʻchmas mulk obyektlariga xodimlarni joylashtirish meʼyorlariga asosan samarali joylashtirish.Mahalliy budjet mablagʻlariBelgilangan muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar8.Mahalliy boshqaruv organlari joylashtirish uchun yangi qurilgan binolarning 1 va 2-qavatlarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan savdo hamda servis faoliyati yoʻlga qoʻyilishini taʼminlash.1. Mahalliy boshqaruv organlari joylashtirilgan binolarning 1 va 2-qavatlarini belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolari orqali tadbirkorlik subyektlariga savdo va servis obyektlarini tashkil etish uchun ijaraga berish.Mablagʻ talab etilmaydiYangi koʻp qavatli maʼmuriy bino qurilib, foydalanishga topshirilganidan soʻng 2 oy muddatdaDavlat aktivlarini boshqarish agentligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari2. Mahalliy boshqaruv organlari joylashtirilgan koʻp qavatli maʼmuriy binolarning 1 va 2-qavatlarida savdo hamda servis faoliyati yoʻlga qoʻyilishini taʼminlash.Mablagʻ talab etilmaydiBelgilangan muddatdaQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari,manfaatdor vazirlik va idoralar9.Mahalliy boshqaruv organlarini koʻchirish natijasida boʻshaydigan maʼmuriy binolarda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Mahalliy boshqaruv organlarini koʻchirish natijasida boʻshaydigan maʼmuriy binolarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boshqarmalariga topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan topshirish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil noyabr(tuman (shahar) hokimliklari yangi maʼmuriy binoga koʻchib oʻtganidan soʻng oʻn kunlik muddatda)Manfaatdor vazirlik va idoralar2. Mahalliy boshqaruv organlarining boʻshaydigan binolarni elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarish.Mablagʻ talab etilmaydi2 oy muddatdaDavlat aktivlarini boshqarish agentligi3. Sotishdan tushgan mablagʻlarni budjet ssudasini qaytarish, yangi maʼmuriy binolar qurilishi, shuningdek, mavjud koʻchmas mulk obyektlarining rekonstruksiyasi uchun tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga hamda viloyatlarning viloyat budjetiga yoʻnaltirish.Mablagʻ talab etilmaydiBelgilangan muddatdaDavlat aktivlarini boshqarish agentligi
