“561-modda. Favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararni baholash
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1090-son) · Sana: 23.10.2025 · Amalda
Favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararni baholash Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar tomonidan tashkil etiladi.
Favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
30) 57-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31) 61-moddaning uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonun 2-moddasi 29-bandining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararni baholash tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-oktabr,
OʻRQ-1090-son
