“45-modda. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etishi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1090-son) · Sana: 23.10.2025 · Amalda
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi:
aholini favqulodda vaziyat zonasidan xavfsiz joylarga evakuatsiya qilishni tashkil etishda ishtirok etadi;
evakuatsiya qilingan aholini hisobga olishda va vaqtinchalik joylashtirishda ishtirok etadi;
favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan aholining moddiy, uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi”;
22) 46-moddaning:
nomidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 49-moddaning:
nomidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 50-moddaning:
nomidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) quyidagi mazmundagi 501 va 502-moddalar bilan toʻldirilsin:
