Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1089-son) · Sana: 20.10.2025 · Amalda
Mediativ kelishuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish mediativ kelishuv tuzgan tarafning arizasiga binoan koʻrib chiqiladi.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraf yashaydigan joydagi yoki turgan joydagi yoxud, agar mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraf yashaydigan joy yoki turgan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi sudga beriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-7775310
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 3581-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1089-son). neolex.uz/uz/laws/law-7786846/3581 (lex.uz/docs/-7775310)