“Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3412-1-son)
17.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 17-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3412-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-138-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-dekabrdagi 28/2-son “Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3412, 2023-yil 11-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2023-y., 10/23/3412/0021-son) ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-sentabr,
21/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-son qaroriga ILOVA
“Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi va 1-bandi “Mikromoliya tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “, faktoring tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Nizomda:
1) nomi “Mikromoliya tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “, faktoring tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) va lombardlar tomonidan faoliyatni amalga oshirishda ularga qoʻyiladigan talablar, shu jumladan tashkilotlarning aktivlari sifatini tasniflash, aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralarni yaratish hamda ulardan foydalanish, prudensial normativlar, lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish, tashkilotlar va lombardlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.”;
3) 1-bobning nomi, 5-bobning 1 va 2-paragraflarining nomi, 59-bandning birinchi xatboshisi hamda 60 va 61-bandlardagi “Mikromoliya tashkilotlari” degan soʻzlar “Tashkilotlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 1-bandda:
ikkinchi xatboshi “moddalar (kafolat)” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek islomiy ijara, foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (muzoraba), nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha), sherikchilik — foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (mushoraka), oldindan toʻlovga asoslangan moliyalashtirish (salam) (bundan buyon matnda islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilardagi “mikromoliya tashkiloti” degan soʻzlar “tashkilotlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Tashkilotlar oʻz faoliyati davomida vujudga keladigan zararlarni qoplash uchun zaxira fondining yaratilishini koʻzda tutishlari mumkin va uning miqdori tashkilotlarning taʼsis hujjatlarida koʻrsatiladi.”;
6) 1-bobning 2-paragrafi nomidagi “Mikromoliya tashkilotlarining” degan soʻzlar “Tashkilotlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
7) 3-banddagi “Mikromoliya tashkilotining” va “zaxirasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Tashkilotlarning” hamda “zaxiralar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 4, 29 va 67-bandlardagi “Mikromoliya tashkilotining” degan soʻzlar “Tashkilotlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
9) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “Mikromoliya tashkilotining” degan soʻzlar “Tashkilotlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “(yoki) foizlar” degan soʻzlardan keyin “yoxud boshqa toʻlovlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar “(yoki) foizlarni” degan soʻzlardan keyin “yoxud boshqa toʻlovlarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10) 6-bandda:
ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilardagi “mikromoliya tashkilotiga” degan soʻzlar “tashkilotlarga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
yettinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilardagi “mikromoliya tashkiloti” degan soʻzlar “tashkilotlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) 7-banddagi “mikromoliya tashkiloti” degan soʻzlar “tashkilotlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12) 9-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“foiz stavkasining pasaytirilishi yoki ustama miqdorining kamaytirilishi, bundan shartnomada belgilangan oʻzgaruvchan foiz stavkasi pasayishi munosabati bilan, shuningdek, tashkilotlarning tashabbusi bilan foiz stavkasining pasaytirilishi yoki ustama miqdorining kamaytirilishi holatlari mustasno;”;
toʻrtinchi xatboshi “foizlar” degan soʻzdan keyin “, ustama” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
13) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Aktivlar sifatini tasniflash va ularni tashkilotlarning balanslarida aks ettirish tashkilotlar va qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarini oʻzgartirmaydi, shu jumladan shartnoma shartlariga muvofiq tashkilotlar tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni, shuningdek shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima va penyalarni toʻliq miqdorda qarzdordan undirish huquqini bekor qilmaydi.”;
14) 12-banddagi “mikromoliya tashkiloti” degan soʻzlar “tashkilotlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
15) 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “Mikromoliya tashkiloti aktivining” degan soʻzlar “Tashkilotlar aktivlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “mikromoliya tashkiloti” degan soʻzlar “tashkilotlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
16) 14-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Aktiv sifati “umidsiz” deb tasniflanishi bilan tashkilotlar uch ish kunida ushbu aktivni zaxira evaziga hisobdan chiqarishlari (“Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaragʻiga oʻtkazishlari) lozim.”;
17) 15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Tashkilotlar qarzdor majburiyatining toʻliq summasini toʻgʻri aks ettirish uchun mazkur aktivga foizlar yoki neustoyka hisoblab yozishni uni balansdan tashqari moddalarga oʻtkazganlaridan keyin ham davom ettiradilar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qarzdor va kafilning majburiyatlari bekor boʻladigan holatlar bundan mustasno.”;
18) 16-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Tashkilotlar zaxiralarni aktivlarni tasniflash uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan asoslar vujudga kelgan sanadan boshlab shakllantirishlari va ular boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalarini dasturlashgan holda amalga oshirishlari lozim.”;
19) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Tashkilotlarning ijro etuvchi organlari zaxiralarning doimiy ravishda yetarli ekanligini taʼminlash uchun javobgardir.”;
20) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Tashkilotlarning ijro etuvchi organlari moliyaviy yil yakuni boʻyicha tashkilotlar ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yigʻilishida sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktivlarni undirish boʻyicha qoʻllangan chora-tadbirlar haqida hisobot berishlari lozim.”;
21) 24-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Tashkilotlar quyidagi mablagʻlar hisobidan faoliyat koʻrsatganda prudensial normativlarga rioya etishlari shart:”;
22) 25-bandda:
birinchi xatboshidagi “mikromoliya tashkilotlariga” degan soʻzlar “tashkilotlarga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “mikromoliya tashkilotiga” degan soʻzlar “tashkilotlarga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
23) 26-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Tashkilotlarning bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi hamda tashkilotlarga aloqador boʻlgan shaxslar boʻyicha tavakkalchiliklari tegishliligi boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga oladi:”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar;”;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “mikromoliya tashkilotiga” degan soʻzlar “tashkilotlarga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
24) quyidagi mazmundagi 261-band bilan toʻldirilsin:
“261. Faktoring xizmati boʻyicha tashkilotlarning bir qarz oluvchi va oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi hamda tashkilotlarga aloqador boʻlgan shaxslarga doir tavakkalchiligi:
tashkilotlar tomonidan mijozga nisbatan regress talabini qoʻyish huquqi mavjud boʻlmasa yoki mavjud boʻlib, ushbu huquqdan foydalanish zarurati yuzaga kelmagan boʻlsa, qarzdorga;
mazkur regress talabini qoʻyish huquqi mavjud boʻlsa va ushbu huquqdan foydalanish zarurati vujudga kelgan boʻlsa, mijozga nisbatan hisoblanadi.”;
25) 27 va 28-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Tashkilotlar kapitalining yetarlilik koeffitsiyenti tashkilotlar jami xususiy kapitalining jami aktivlariga nisbati orqali hisoblanadi va ushbu koeffitsiyent 10 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
28. Tashkilotlar kapitalining yetarlilik koeffitsiyentini hisoblashda tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qilingan barcha investitsiyalar jami aktivlar hamda xususiy kapitaldan chegiriladi.”;
26) 31 va 32-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Tashkilotlarning bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchiligining eng koʻp miqdori tashkilot xususiy kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim.
32. Tashkilotlar barcha yirik tavakkalchiliklarining (jami summasi xususiy kapitalning 10 foizi va undan yuqori boʻlgan bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchiliklar) umumiy miqdori tashkilot xususiy kapitalining 5 barobaridan oshmasligi lozim.”;
27) 2-bobning 5-paragrafi nomidagi “Mikromoliya tashkilotiga” degan soʻzlar “Tashkilotlarga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
28) 33 va 34-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Tashkilotlarga aloqador boʻlgan bitta shaxsga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori tashkilot xususiy kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim.
34. Tashkilotlarga aloqador boʻlgan barcha shaxslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori tashkilot xususiy kapitalining 50 foizidan oshmasligi lozim.”;
29) 35-banddagi “Mikromoliya tashkilotining” va “mikromoliya tashkiloti” degan soʻzlar tegishli ravishda “Tashkilotlarning” hamda “tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30) 2-bobning 7-paragrafi nomidagi “mikromoliya tashkilotiga” degan soʻzlar “tashkilotlarga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
31) 36 — 39-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Mazkur Nizom kuchga kirgan sanada bir qarz oluvchining yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhining hamda tashkilotlarga aloqador boʻlgan shaxslarning tashkilot oldida majburiyati mavjud boʻlib, mazkur majburiyatlarning miqdori ushbu Nizomning 31 va 33-bandlarida belgilangan meʼyorlardan oshishi, bunday majburiyat boʻyicha tuzilgan shartnoma shartlarini oʻzgartirishga olib kelmaydi.
37. Bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga hamda tashkilotlarga aloqador boʻlgan shaxslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning umumiy summasi shartnoma tuzish vaqtida mazkur Nizomda nazarda tutilgan cheklovlar doirasida boʻlib, keyinchalik belgilangan meʼyorlardan oshsa (xususiy kapital darajasi tushishi yoki boshqalar sababli), tashkilotlar mazkur holat haqida Markaziy bankka oʻn kun mobaynida maʼlum qilishlari va Markaziy bank bilan kelishilgan muddatlarda, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda tavakkalchilikning umumiy summasini mazkur Nizomning 31 va 33-bandlarida belgilangan talablarga muvofiqlashtirish boʻyicha choralar koʻrishlari lozim.
38. Qarz oluvchi shartnoma tuzilgan davrda tashkilotlarga aloqador hisoblanmasdan, keyinchalik unga aloqador shaxsga aylansa, tavakkalchilik miqdorining mazkur Nizomning 33 va 34-bandlarida belgilangan talablardan oshishi prudensial normativga nomuvofiq deb tan olinmaydi, basharti tashkilotlar Markaziy bankka oʻn kun mobaynida bu haqida maʼlum qilib, Markaziy bank bilan kelishilgan muddatlarda, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda prudensial normativga muvofiqlashtirishni oʻz zimmalariga olgan boʻlsalar.
39. Tashkilotlar bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shuningdek tashkilotlarga aloqador boʻlgan shaxslar uchun tavakkalchiliklar hisobini yuritishlari va bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha har oyda Markaziy bankka taqdim etib borishlari lozim.”;
32) 52-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Tashkilotlar va lombardlar tegishliligiga koʻra mazkur Nizomning 53, 531 va 54-bandlariga muvofiq Markaziy bankka quyidagi moliyaviy va nazoratga oid hisobotlarni hamda ularning elektron maʼlumotlarini taqdim etadi:”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“koʻrsatilgan nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha) xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumot (111-ilova);
koʻrsatilgan islomiy ijara xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumot (112-ilova);
koʻrsatilgan oldindan toʻlovga asoslangan moliyalashtirish (salam) xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumot (113-ilova);
koʻrsatilgan foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (muzoraba) va sherikchilik — foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (mushoraka) xizmatlari (yuridik shaxs tashkil etmasdan) toʻgʻrisida maʼlumot (114-ilova);
aktivlar tahlili toʻgʻrisida maʼlumot (115-ilova);
majburiyatlar tahlili toʻgʻrisida maʼlumot (116-ilova);
aloqador shaxslar bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisida maʼlumot (117-ilova);
yirik tavakkalchiliklar toʻgʻrisida maʼlumot (118-ilova);”;
oʻn birinchi xatboshi oʻn toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
33) 53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“53. Mikromoliya tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomning 52-bandi ikkinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hisobot va maʼlumotlar taqdim etiladi. Bunda ushbu Nizomning 52-bandi toʻrtinchi, oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hisobot va maʼlumotlar moliyaviy natijalar yoki ushbu xizmatlar boʻyicha qoldiq mavjud boʻlganda, oʻn beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hisobot va maʼlumotlar mikromoliya tashkiloti mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan faoliyat koʻrsatganda taqdim etiladi.”;
34) quyidagi mazmundagi 531-band bilan toʻldirilsin:
“531. Faktoring tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomning 52-bandi ikkinchi — beshinchi, yettinchi — toʻqqizinchi va oʻn beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hisobot va maʼlumotlar taqdim etiladi.
Bunda, ushbu Nizomning 52-bandi toʻrtinchi, yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hisobot va maʼlumotlar moliyaviy natijalar yoki ushbu xizmatlar boʻyicha qoldiq mavjud boʻlganda, oʻn beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hisobot va maʼlumotlar faktoring tashkiloti mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan faoliyat koʻrsatganda taqdim etiladi.”;
35) 56-banddagi “mikromoliya tashkilotlari” va “ikki ish kunida” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlar” hamda “besh kunda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
36) 57-banddagi “mikromoliya tashkilotlarining” degan soʻzlar “tashkilotlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
37) 58-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“58. Tashkilotlar va lombardlar avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali moliyaviy hisobotlarning elektron maʼlumotlarini shakllantirib, Bank tizimi maʼlumotlar omborxonasiga (bundan buyon matnda BTMO deb yuritiladi) hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha aloqa kanallari orqali yuborishi shart. Agar oyning 10-sanasi dam olish yoki bayram kuniga toʻgʻri kelsa, bunda moliyaviy hisobotlarning elektron maʼlumotlari dam olish yoki bayram kunidan keyingi ish kunida taqdim etilishi lozim.”;
38) 62-bandning birinchi xatboshisi va 78-banddagi “mikromoliya tashkilotining” degan soʻzlar “tashkilotlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
39) 63-bandning birinchi xatboshisidagi “Mikromoliya tashkilotining” va “mikromoliya tashkilotining” degan soʻzlar tegishli ravishda “Tashkilotlarning” hamda “tashkilotning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
40) 64-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “mikromoliya tashkilotida” degan soʻzlar “tashkilotlarda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
41) 68-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “taʼlim muassasasida” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “mikromoliya tashkilotlari” degan soʻzlar “tashkilotlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
42) 73-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “mikromoliya tashkiloti” degan soʻzlar “tashkilotlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “mikromoliya tashkilotining” degan soʻzlar “tashkilotlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
43) 74-bandning beshinchi xatboshisi va 77-bandning birinchi xatboshisidagi “mikromoliya tashkilotining” degan soʻzlar “tashkilotlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
44) 1 — 6, 8, 11 va 12-ilovalarning ilova belgilari “Mikromoliya tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “, faktoring tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
45) 7-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
46) 9-ilovada:
ilova belgisi “Mikromoliya tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “, faktoring tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
matnidagi “Mikromoliya tashkiloti” va “mikromoliya tashkiloti” degan soʻzlar tegishli ravishda “Tashkilotlarning” hamda “tashkilotlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
47) 10-ilovada:
ilova belgisi “Mikromoliya tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “, faktoring tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
11-ustun chiqarib tashlansin;
48) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2 — 9-ilovalariga muvofiq tahrirda 111 — 118-ilovalar bilan toʻldirilsin.
“Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
_________________________________________________________________ tomonidan (tashkilotning nomi) berilgan kreditlar va koʻrsatilgan lizing xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumot
ming soʻmdaT/rH/vHudud kodiTuman/shahar kodiQarzdorning toʻliq nomiQarzdorning STIRi/ JSHSHIRSubyekt turi:1-yuridik shaxs, 2-YTT, 3-oʻzini oʻzi band qilgan shaxs, 4-jismoniy shaxsMikromoliya tashkilotiga aloqadorlik (ha, yoʻq)Oʻzaro aloqador qarzdorlar guruhi raqamiKredit (isteʼmol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) summasiKredit (isteʼmol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) qoldigʻiKredit boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi qoldigʻiHisoblangan, toʻlash muddati yetib kelmagan foizlarYillik foiz stavkasiKredit (isteʼmol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) berilgan sanaKredit (isteʼmol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) qaytarish sanasiKredit turi:1-isteʼmol; 2-mikrokredit; 3-mikroqarz; 4-lizingTaʼminot turi:0-taʼminlanmagan; 1-koʻchmas mulk; 2-transport; 3-qimmatliklar; 4-boshqalarGarovga quyilgan mulkning garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish raqamiKredit (isteʼmol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) ning muddati uzaytirilgan sanasiMuddati uzaytirilganidan soʻng kredit (isteʼmol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) ni qaytarish sanasiTaʼminotning qiymatiMuddati oʻtgan asosiy qarzshundan, qarzdorlik muddatiMuddati oʻtgan hisoblangan foizlar1-30 kun31-90 kun91-180 kun181 kun va undan yuqori(16377 h/v)(91501 h/v)1234567891011121314151617181920212223242526272829”.
“Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 111-ILOVA
_________________________________________________________________tomonidan (tashkilotning nomi) koʻrsatilgan murobaha xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumot ming soʻmdaT/rH/vHudud kodiTuman/shahar kodiQarzdorning toʻliq nomiQarzdorning STIRi/JSHSHIRSubyekt turi: 1-yuridik shaxs, 2-YTT, 3-oʻzini oʻzi band qilgan shaxs, 4-jismoniy shaxs Mikromoliya tashkilotiga aloqadorlik (ha, yoʻq) Oʻzaro aloqador qarzdorlar guruhi raqami Murobaha obyekti: 1-koʻchmas mulk; 2-transport; 3-maishiy texnika; 4-boshqalarMurobaha summasi Ustama haq miqdori Murobaha qoldigʻi Murobaha boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi qoldigʻi Hisoblangan, toʻlash muddati yetib kelmagan ustama Murobaha berilgan sana Murobaha tugash sanasiTaʼminot turi: 0-taʼminlanmagan; 1-koʻchmas mulk; 2-transport; 3-qimmatliklar; f4-boshqalarGarovga qoʻyilgan mulkning garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish raqamiMurobahaning muddati uzaytirilgan sanasi Muddati uzaytirilganidan soʻng murobahaning tugash sanasiTaʼminotning qiymatiMuddati oʻtgan asosiy qarz shundan, qarzdorlik muddati 1-30 kun31-90 kun91-180 kun181 kun va undan yuqori123456789101112131415161718192021222324252627 ”.
“Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 3-ILOVA
“Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 112-ILOVA
_________________________________________________________________tomonidan (tashkilotning nomi) koʻrsatilgan islomiy ijara xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumot ming soʻmdaT/rH/vHudud kodiTuman/shahar kodiIjaraga oluvchining toʻliq nomiIjaraga oluvchining STIRi/JSHSHIRSubyekt turi: 1-yuridik shaxs, 2-YTT, 3-oʻzini oʻzi band qilgan shaxs, 4-jismoniy shaxs Mikromoliya tashkilotiga aloqadorlik (ha, yoʻq) Oʻzaro aloqador qarzdorlar guruhi raqami Ijara turi: 1-islomiy ijara; 2-ijara muntahiyya bittamlikIjara obyekti: 1-koʻchmas mulk; 2-transport; 3-asbob-uskuna; 4-boshqalarIjara summasiIjara toʻlovlari qoldigʻi Ijara obyekti boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi qoldigʻi Ijara shartnomasi imzolangan sana Ijara obyekti ijaraga oluvchiga topshirilgan sanaIjara shartnomasining oxirgi sanasiTaʼminot turi: 0-taʼminlanmagan; 1-koʻchmas mulk; 2-transport; 3-qimmatliklar; 4-boshqalarGarovga qoʻyilgan mulkning garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish raqamiIjara shartnomasi muddatining uzaytirilgan sanasi Muddati uzaytirilganidan soʻng ijara shartnomasining oxirgi sanasiTaʼminotning qiymatiMuddati oʻtgan ijara toʻlovlari shundan, qarzdorlik muddati 1-30 kun31-90 kun91-180 kun181 kun va undan yuqori123456789101112131415161718192021222324252627 ”.
“Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 4-ILOVA
“Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 113-ILOVA
_________________________________________________________________tomonidan(tashkilotning nomi)koʻrsatilgan salam xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumotming soʻmdaT/rH/vHudud kodiTuman/shahar kodiSotuvchining (mijoz) toʻliq nomiSotuvchining STIRi/JSHSHIRSubyekt turi: 1-yuridik shaxs, 2-YTT, 3-oʻzini oʻzi band qilgan shaxs, 4-jismoniy shaxs Mikromoliya tashkilotiga aloqadorlik (ha, yoʻq) Oʻzaro aloqador qarzdorlar guruhi raqami Salam shartnomasi summasi Salam shartnomasi boʻyicha toʻlangan summaSalam xizmati boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi qoldigʻi Salam shartnomasi obyektiSalam shartnomasi obyektining miqdori/hajmiSalam shartnomasi imzolangan sana Salam shartnomasi boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan sana Salam shartnomasi obyektini qabul qilib olish sanasiSalam shartnomasi boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlar summasiTaʼminot turi: 0-taʼminlanmagan; 1-koʻchmas mulk; 2-transport; 3-qimmatliklar; 4-boshqalarGarovga qoʻyilgan mulkning garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish raqamiSalam obyektini yetkazib berish muddatining uzaytirilgan sanasi Muddati uzaytirilganidan soʻng salam obyektini yetkazib berish sanasiTaʼminotning qiymatiMuddati oʻtgan qarzdorlik shundan, qarzdorlik muddati 1-30 kun31-90 kun91-180 kun181 kun va undan yuqori12345678910111213141516171819202122232425262728 ”.
“Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 5-ILOVA
“Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 114-ILOVA
_________________________________________________________________tomonidan(tashkilotning nomi)koʻrsatilgan muzoraba va mushoraka xizmatlari (yuridik shaxs tashkil etmasdan) toʻgʻrisida maʼlumot
ming soʻmdaT/rH/vHudud kodiTuman/shahar kodiMoliyalashtirilgan mijozning toʻliq nomiMijozning STIRi/JSHSHIRSubyekt turi: 1-yuridik shaxs, 2-YTT, 3-oʻzini oʻzi band qilgan shaxs, 4-jismoniy shaxsMikromoliya tashkilotiga aloqadorlik (ha, yoʻq)Oʻzaro aloqador qarzdorlar guruhi raqamiXizmat turi: 1-muzoraba, 2-mushorakaShartnoma summasiKiritilgan kapital summasiKiritilgan kapital shakli (1-pul mablagʻlari 2-moddiy aktivlar 3-nomoddiy aktivlar)Kapital sifatida kiritilgan moddiy yoki nomoddiy aktiv nomiKiritilgan kapital boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi qoldigʻiKutilayotgan daromad miqdori (yillik marja)Koʻrilgan foyda taqsimotida mikromoliya tashkiloti ulushi (shartnoma boʻyicha)Koʻrilgan zararlar taqsimotida mikromoliya tashkiloti ulushi (mushoraka xizmati doirasida)Shartnoma imzolangan sanaKapital kiritilgan sanaShartnomaning oxirgi sanasiKapital kiritilgan sanadan boshlab olingan (toʻlangan) daromadTaʼminot turi: 0-taʼminlanmagan; 1-koʻchmas mulk; 2-transport; 3-qimmatliklar; 4-boshqalarGarovga qoʻyilgan mulkning garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish raqamiShartnoma muddati uzaytirilgan sanasiMuddati uzaytirilganidan soʻng shartnomaning oxirgi sanasiTaʼminotning qiymatiOʻtgan yillar hisobidaJoriy yil hisobida12345678910111213141516171819202122232425262728 ”.
“Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 6-ILOVA
“Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 115-ILOVA
____________________________________________________(tashkilotning nomi)aktivlari tahlili toʻgʻrisida maʼlumotming soʻmdaT/rAKTIVLARJamiShundan, soʻndirish muddati (kun va yillarda)Muddatsiz1 kundan 30 kungacha31 kundan 90 kungacha91 kundan 180 kungacha181 kundan 365 kungacha1 yildan 2 yilgacha2 yildan yuqori1.Kassadagi naqd pullar2.Banklarga qoʻyilgan depozitlar va boshqa mablagʻlar3.Olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar4Sotib olingan debitorlik qarzlari — faktoring, sof5.Kreditlar (mikrokredit, mikroqarz, isteʼmol), sof6.Lizing, sof7.Investitsiyalar, sof8.Asosiy vositalar9.Nomoddiy aktivlar10.Boshqa xususiy mulklar11.Boshqa aktivlar12.Jami aktivlar”.
“Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 7-ILOVA
“Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 116-ILOVA
_________________________________________________________________ (tashkilotning nomi)majburiyatlarining tahlili toʻgʻrisida maʼlumot ming soʻmdaT/rMAJBURIYATLARJamiSoʻndirish muddati (kun va yillarda)Muddatsiz1 kundan 30 kungacha31 kundan 90 kungacha91 kundan 180 kungacha181 kundan 365 kungacha1 yildan 2 yilgacha2 yildan yuqori1.Toʻlanishi lozim boʻlgan kreditlar va qarzlar2.Lizing boʻyicha majburiyatlar3.Chiqarilgan obligatsiyalar4.Toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar5.Toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan soliqlar6.Boshqa majburiyatlar7.Jami majburiyatlar”.
“Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 8-ILOVA
“Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 117-ILOVA
_________________________________________________________________ning(tashkilotning nomi)aloqador shaxslar bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisida hisobotiming soʻmT/rMijoz nomiSTIRiFaoliyat turi(IFUT)Valyuta kodiGuruh raqamiJoriy qarzdorlik,bruttoShundanKredit yoki lizinglar boʻyicha shartlari qayta koʻrilganligi soniTasnifi(sonda)Yaratilgan zaxiralarJoriy qarzdorlik,sof balans aktivlaribalansdan tashqari aktivlar KreditlarInvestitsiyalarBoshqa aktivlarkafolatlar, kafilliklar va ulardan olingan daromadlar 1234566.16.26.36.478910 1. 2. 3. 4. Tashkilotga aloqador boʻlgan barcha shaxslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori Tashkilotning bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori ”.
“Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 9-ILOVA
“Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 118-ILOVA
_________________________________________________________________ning(tashkilotning nomi)yirik tavakkalchiliklari toʻgʻrisida hisobotiming soʻmT/rMijoz nomiSTIRiFaoliyat turi(IFUT)Valyuta kodiGuruh raqamiJoriy qarzdorlik,bruttoShundanKredit yoki lizinglar boʻyicha shartlari qayta koʻrilganligi soniTasnifi(sonda)Yaratilgan zaxiralarJoriy qarzdorlik,sofbalans aktivlaribalansdan tashqari aktivlarKreditlarInvestitsiyalarBoshqa aktivlarkafolatlar, kafilliklar va ulardan olingan daromadlar1234566.16.26.36.4789101.2.3.4.Jami yirik aktivlarBerilgan eng yirik aktiv”.
