Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-309-son)
20.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash va kadrlar tayyorlash, qurilishda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va raqamli qurilishni rivojlantirish, barqaror konstruktiv yechimlar, yerosti va yerusti shaharsozligi, “yashil” qurilish, geotexnika va qurilish materiallari yoʻnalishlarida zarur ilmiy yechimlarni ishlab chiqish maqsadida qaror qilaman:
I. Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-184-son Farmoni bilan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatining (keyingi oʻrinlarda — Institut) asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
(a) seysmik xavfsizlikni taʼminlash va barqaror qurilish sohasining quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va natijalarini amaliyotga joriy etishni taʼminlash:
(i) seysmik va barqaror konstruktiv yechimlar, yerosti va yerusti shaharsozligi, infratuzilma, “yashil” qurilish, energiya samarador va muqobil texnologiyalarni takomillashtirish;
(ii) ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarining sifatini, foydalanilayotgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini monitoring qilish;
(iii) qurilish sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va raqamli qurilishni rivojlantirish;
(iv) tarixiy va madaniy meros obyektlarining zilzilabardoshlikka oid muammolariga yechimlar berish;
(b) tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarining barchasini amalga oshirish;
(v) seysmik xavfsizlik va qurilish sohasidagi muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
(g) qonunchilikda belgilangan litsenziya talablari asosida seysmik xavfi III va IV toifadagi bino va inshootlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;
(d) boshqa ilmiy tashkilotlar, jamgʻarmalar, taʼlim muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish orqali birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.
II. Institut faoliyatining tashkiliy asoslari
3. Belgilansinki:
(a) Institutga Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti kuzatuv kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengashlar) bilan kelishgan holda Universitet rektori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi hamda u ikki nafar oʻrinbosarga ega boʻladi;
(b) Institut faoliyati oʻzini oʻzi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va Kengashlar nazorati ostida yuritiladi;
(v) Institutga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va oʻz faoliyatiga mos ixtisosliklar boʻyicha doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash huquqi beriladi;
(g) Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
(d) Institut oʻz faoliyatini tashkil etishda Universitetning tegishli laboratoriyalaridan foydalanadi;
(e) Institut ilmiy tadqiqotlar doirasida zarur axborotlarni, statistik, tahliliy va boshqa maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan begʻaraz oladi;
(j) Institut Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
(z) Institut oʻz faoliyati doirasida respublikadagi barcha oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining laboratoriyalaridan begʻaraz foydalanadi.
4. Quyidagilar:
(a) Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga;
(b) Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti laboratoriyalarining asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Institut direktoriga Universitet rektori va Kengashlar bilan kelishgan holda:
(a) zaruratga koʻra Institut tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni va belgilangan mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(b) moliyaviy va xoʻjalik faoliyati imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda xodimlarning ish faoliyatidagi samaradorligi natijalariga koʻra mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish uchun Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini belgilash huquqi berilsin.
III. Institut faoliyatining moliyaviy asoslari
6. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(a) tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirishdan tushadigan mablagʻlar;
(b) ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida va ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida oʻtkaziladigan tanlovlarga ajratiladigan mablagʻlar;
(v) seysmik xavfsizlik va qurilish sohasidagi dolzarb muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirishdan, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashdan tushadigan mablagʻlar;
(g) Institut tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan sohaga doir barcha turdagi pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
(d) xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlar;
(e) jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalaridan tushadigan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Belgilab qoʻyilsinki, dastlabki bosqichda Institut faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, zarur mebel, kompyuter texnikasi, inventarlar va boshqa moddiy vositalar bilan jihozlash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 603-son qarori asosida zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berishdan tushgan mablagʻlar hamda Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
7. Universitet ikki oy ichida:
(a) belgilangan tartibda Institut ustavini tasdiqlashni;
(b) Institutni Universitetning Toshkent shahri Yunusobod tumani, Yangishahar koʻchasi 9a-uyda joylashgan asosiy binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirishni;
(v) Institutning ilmiy faoliyatini samarali tashkil etish, salohiyatini oshirishga qodir tajribali mutaxassislar va ilmiy xodimlardan iborat yuqori malakali kadrlar bilan ochiq tanlov asosida toʻldirilishini taʼminlasin.
8. Quyidagilar:
(a) Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga;
(b) Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar sarflanadigan maqsadlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A. Toʻlaganov belgilansin.
Ushbu qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-oktabr,
PQ-309-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-309-son qaroriga 1-ILOVA
Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutining
Tuzilmasi
Yosh olimlar kengashiIlmiy kengashDirektorXalqaro konsultantlar — maslahatchilarIlmiy ishlar va strategik rivojlantirish boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari1Iqtisodiyot va marketing ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis1Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi laboratoriyasi6Sunʼiy intellekt texnologiyalari va raqamli qurilishni rivojlantirish laboratoriyasi6Marketing boʻlimi3Moliya-iqtisodiyot boʻlimi2Xoʻjalik ishlari boʻlimi2Geotexnika, gruntlar mexanikasi va qurilish materiallari laboratoriyasi6Barqaror konstruktiv yechimlar, shaharsozlik va infratuzilma laboratoriyasi6Bosh yuriskonsult1Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar boʻyicha bosh mutaxassis1“Yashil” qurilish, energiya samarador va muqobil texnologiyalar laboratoriyasi6Zilzilabardoshlik boʻyichaekspertlar guruhi(shartnomalarga muvofiq jalb qilinadi)15Rejim-maxsus qism (boʻlim) mutaxassisi1
Izohlar:
Xodimlarning cheklangan umumiy soni bajariladigan ishlar hajmiga qarab — 60 nafar, shu jumladan, ilmiy xodimlar — 34 nafarni tashkil etadi.
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar shartnoma asosida qoʻshimcha jalb etilishi mumkin.
Yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-309-son qaroriga 2-ILOVA
Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti laboratoriyalarining
ASOSIY VAZIFALARI
1. Seysmik faol hududlarda quriladigan aktiv seysmik himoyalash qurilmalariga ega boʻlgan va ega boʻlmagan yuqori qavatli binolarning konstruktiv oʻziga xosliklarini inobatga olgan holda seysmik mustahkamligini hisoblash usullarini takomillashtirish.
2. Bino va inshootlarning texnik holatini monitoring qilishning ilmiy asoslarini yaratish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish. Zilzilalarda bino va inshootlarning shikastlanish darajasini baholash hamda ilmiy hajmdor ishlanmalarni ishlab chiqish.
3. Bino va inshootlarni seysmik himoyalash uslublarini, yangi konstruktiv yechimlarni hamda koʻp qavatli bino va inshootlarning seysmik xatarini baholash metodikasini ishlab chiqish.
4. Bino va inshootlarning zilzilabardoshlik boʻyicha texnik holatini baholashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning texnik holatini tadqiq qilish, barcha turdagi bino va inshootlarni instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish.
5. Grunt bilan oʻzaro taʼsirni va konstruktiv oʻziga xosliklarni hisobga olgan holda yerosti va yerusti inshootlari zilzilabardoshligi nazariyalarini rivojlantirish.
6. Gruntlar mexanikasi va geotexnika tadqiqotlarini rivojlantirish, qurilish materiallarini tajribalar orqali sinash.
7. Suv omborlarining texnik holatiga taʼsir etuvchi turli omillarni inobatga olgan holda uning seysmik mustahkamligini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar olib borish.
8. Yangi qurilish materiallarining fizik-mexanik xossalarini, konstruksiyalar mustahkamligini tadqiq qilish hamda olingan natijalar asosida amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
9. “Yashil” qurilish texnologiyalarini amaliyotga joriy etish. Qurilishda energiya tejamkor materiallar va uslublardan foydalanishni tadqiq qilish. Muqobil energiya manbalaridan (quyosh, shamol, biomassa va boshqalar) foydalanish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish.
10. Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologiyalarni sinovdan oʻtkazish. “Yashil” qurilish standartlari va normativlarini ishlab chiqishda ishtirok etish. Ekologik barqarorlikni taʼminlashga xizmat qiluvchi loyihalarni ishlab chiqish va tadqiq etish.
11. Qurilish sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va raqamli qurilishni rivojlantirish, barqaror konstruktiv yechimlar olish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish.
12. Barqaror konstruktiv tizimlar boʻyicha tadqiqot olib borish, shaharsozlik tizimlari va infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha dasturlar tayyorlash.
13. Yerosti va yerusti shaharsozligi va infratuzilma muammolarini yechishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqish.
14. Qurilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yangi ishlanmalar va yuqori texnologiyalarni inobatga olgan holda takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
15. Respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash, oʻrta va uzoq istiqbolda bino va inshootlar hamda muhandislik infratuzilmalarini seysmik xavfdan himoya qilishning strategik yoʻnalishlarida dasturlarni tayyorlashda ishtirok etish.
16. Sohada fan va taʼlim integratsiyasini taʼminlash maqsadida oʻquv dasturlari va uslubiy qoʻllanmalar hamda monografiyalar tayyorlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashda ishtirok etish.
17. Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning natijalarini tijoratlashtirish.
18. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, chet el universitetlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari bilan qoʻshma tadqiqotlarda ishtirok etish, tegishli ilmiy yoʻnalishlar va ixtisosliklar boʻyicha ilmiy darajali kadrlar tayyorlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-309-son qaroriga 3-ILOVA
Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiBajarish muddatlariMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilarI. Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish1.Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish.1. Institutning mustaqil balansi hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish.bir oy muddatda-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Toshkent arxitektura-qurilish universiteti(B. Toʻlaganov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov)2. Institutning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomi davlat tilida yozilgan muhri va blankalarini shakllantirish.3. Institut ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.4. Institut ilmiy laboratoriyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.ikki oy muddatda2.Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, zarur mebel, kompyuter texnikasi, inventarlar va boshqa moddiy vositalar bilan taʼminlash uchun mablagʻlarni shakllantirish.1. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 603-sonli qarori asosida zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berishdan tushgan 6 milliard soʻm mablagʻlarni Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti hisobvaragʻiga oʻtkazish.2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan 2 milliard soʻm mablagʻlarni Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti hisobvaragʻiga oʻtkazish choralarini koʻrish.bir oy muddatdaZilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berishdan tushgan mablagʻlar, Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlariMexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti(K. Sultanov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov)3.Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.1. Xizmat hamda koʻchma laboratoriya mashinalari, shuningdek, zarur mebel, kompyuter texnikasi, inventarlar va boshqa moddiy vositalar roʻyxatini shakllantirish.bir hafta muddatdaSeysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlarToshkent arxitektura-qurilish universiteti(B. Toʻlaganov),manfaatdor vazirlik va idoralar2. Xalqaro va ichki bozorni oʻrgangan holda tijorat takliflarini ishlab chiqish.ikki hafta muddatda3. Tender tanlovlari asosida xaridlarni amalga oshirish.bir oy muddatda4.Institutni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Toshkent shahri Yunusobod tumani Yangishahar koʻchasi 9a-uyda joylashgan asosiy binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish.1. Universitet binosining 2 va 3-qavatidan xodimlar va ilmiy laboratoriyalarga xonalar ajratish.bir hafta muddatdaSeysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Toshkent arxitektura-qurilish universiteti(B. Toʻlaganov)2. Institutga ajratilgan xonalarni zarur uskunalar, mebel, aloqa vositalari, kompyuterlar, tashkiliy texnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interfaol va innovatsion panel va monitorlar, videokonferensaloqa jihozlari, zarur boʻlgan barcha turdagi moddiy vositalar bilan jihozlash ishlarini amalga oshirish.ikki oy muddatda5.Institutga tajribali va yuqori malakali mutaxassis va ilmiy xodimlarni jalb qilish.1. Institutga mutaxassis va ilmiy xodimlarni jalb qilish uchun ochiq tanlov eʼlon qilish.bir hafta muddatdaInstitutga tushgan mablagʻlarToshkent arxitektura-qurilish universiteti(B. Toʻlaganov)2. Mutaxassis va ilmiy xodimlarni ochiq tanlov asosida saralab olish hamda ular bilan qonunchilik talablari asosida mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.ikki oy muddatdaII. Institutda ilmiy faoliyatni yoʻlga qoʻyish va takomillashtirib borish6.Institut ilmiy kengashini tashkil qilish. 1. Malakali ilmiy xodimlardan ilmiy kengash tarkibini tasdiqlash.ikki oy muddatda-Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti2. Ilmiy kengashning yillik ish rejasini tasdiqlash.ikki oy muddatda3. Amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini oʻrnatilgan tartibda muhokamadan oʻtkazib borish.doimiy4. Ilmiy kengash tomonidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha yillik hisobotni Respublika kengashiga taqdim etish.doimiy7.Institutda tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash.1. Tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotasini belgilash.ikki oy muddatdaInstitutga tushgan mablagʻlarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Toshkent arxitektura-qurilish universiteti(B. Toʻlaganov)2. Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida taʼlim olishni yoʻlga qoʻyish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.2025-yil yakuniga qadar3. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash.doimiy8.Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish.1. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.2025-yil noyabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Toshkent arxitektura-qurilish universiteti(B. Toʻlaganov)2. 05.10.03 — Seysmik xavfsizlik va 05.09.02 — Geotexnika ixtisosligi boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzish.2026-yil aprel9.Institutning tajribali va yuqori malakali mutaxassis hamda ilmiy xodimlarini xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborish.1. Institut xodimlari 2025 — 2027-yillarda xorijda ilmiy stajirovka oʻtashi va malaka oshirishi boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish.uch oy muddatdaInstitutga tushgan mablagʻlar,Jamgʻarma,“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlariToshkent arxitektura-qurilish universiteti(B. Toʻlaganov)2. Har yili kamida 5 nafar xodimni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborish.2026-2027-yillar10.Institutning xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot hamjamiyatiga integratsiyalashuvini taʼminlash.1. Institut xodimlarining xorijiy mamlakatlarda sohaga oid oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtirok etishini taʼminlash va tadqiqotchilar oʻrtasida tanlovlar tashkil etib borish.2026-yil yanvar oyidan boshlabInstitutga tushgan mablagʻlarSeysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti2. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalaridagi jurnallarda eʼlon qilish.doimiy11.Institutda seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish boʻyicha ilmiy faoliyatni yoʻlga qoʻyish.1. Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish sohasidagi dolzarb muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan tanlovlarni eʼlon qilish.har yili 15-yanvarga qadarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar hamda Jamgʻarma mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Toshkent arxitektura-qurilish universiteti(B. Toʻlaganov),Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti,Innovatsion rivojlanish agentligi2. Sohaga doir ilmiy muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish.doimiy3. Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash.2026-yilda boshlab12.Qurilish sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va raqamli qurilishni rivojlantirish.1. Xodimlarni sunʼiy intellekt va raqamli qurilish texnologiyalari boʻyicha oʻqitish, maxsus seminarlar va treninglar oʻtkazish.har yili ikki martaInstitutga tushgan mablagʻlarSeysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti2. Qurilish jarayonidagi muammolarni tahlillar asosida aniqlash hamda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarning qoʻllanish imkoniyatlarini oʻrganish.2026-yil II chorak3. Ilmiy yondashuvlar asosida sunʼiy intellekt va raqamli qurilish modellarini yaratish.2026-2027-yillarIII. Global iqlim oʻzgarishi, barqaror qurilish, yashil iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha ilmiy ishlar samaradorligini oshirish13.“Aqlli shahar” konsepsiyasi doirasida barqaror qurilish, shahar infratuzilmasi obyektlarida raqamli boshqaruv tizimini shakllantirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni yoʻlga qoʻyish.1. Shaharlarni turli tabiiy va antropogen xususiyatga ega boʻlgan salbiy omillardan himoyalashda GIS texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.doimiyInstitutga tushgan mablagʻlarSeysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti2. Shaharlarning transport va injenerlik infrastrukturasini raqamli boshqaruv tizimida GIS texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.doimiy14.Global iqlim oʻzgarishi jarayonida shaharlarni rivojlantirish boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar ishlarini olib borishni yoʻlga quyish.1. Shahar infrastrukturasini rivojlantirishda koʻkalamzorlashtirish, atmosferaga chiqarilayotgan is gazi miqdorini kamaytirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.doimiyInstitutga tushgan mablagʻlarSeysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti2. Turarjoy mavzelarida energiya resurslarini tejash va mikroiqlimni yaxshilashda “yashil” tom, “yashil” devor boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.doimiy3. Shahar atmosferasi ifloslanishini kamaytirish boʻyicha hududlarning oʻziga xos xususiyatlardan kelib chiqqan holda “yashil” makon, “yashil” belbogʻ, bogʻlar va istirohat bogʻlarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.doimiy4. “Yashil” qurilish, “yashil” innovatsion mahsulotlarni standartlashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.doimiy15.Serveying (bino va inshootlarning hayotiy faoliyati) boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni yoʻlga qoʻyish.1. Loyihaoldi jarayonida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.doimiyInstitutga tushgan mablagʻlar hisobdanSeysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti2. Loyiha, konstruksiyalarni zavod sharoitida tayyorlash, tashish, saqlash hamda qurilish-montaj bosqichidagi kamchiliklarni kamaytirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.doimiy3. Ekspluatatsiyani toʻgʻri tashkil etish hamda qurilishda ruxsat etilgan texnik chetlashishlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.doimiy
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-309-son qaroriga 4-ILOVA
Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar sarflanadigan
MAQSADLAR
1. Sohada ilmiy-texnik va ilmiy-uslubiy adabiyotlarni (jumladan davriy nashrlarni) tayyorlash va chop etish, Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) xodimlari tomonidan tayyorlangan mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlardagi maqolalar uchun toʻlovlarni amalga oshirish.
2. Ilmiy-texnik simpozium, anjuman, seminar-trening, koʻrgazmalar, davra suhbatlari oʻtkazish, soha faoliyatiga ilmiy-texnik yutuqlarni joriy etish va ularni targʻib etish maqsadida ilmiy, meʼyoriy, uslubiy, texnik, texnologik hujjatlar va boshqa ilmiy-texnik axborot manbalarini xarid qilish.
3. Institut xodimlari va mutaxassislarini oʻqitish, qayta tayyorlash, malaka oshirishi va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish xarajatlarini moliyalashtirish.
4. Institutning rahbar va xodimlariga qoʻshimcha va ustama haq, mukofot pullari va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni toʻlash, xodimlarning xizmat safarlari, shu jumladan, xorijiy xizmat safarlari xarajatlarini moliyalashtirish.
5. Institutni zarur uskunalar, mebel, aloqa vositalari, kompyuterlar, tashkiliy texnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zarur boʻlgan barcha turdagi moddiy qiymatliklar bilan taʼminlash, shuningdek, Institut uchun zarur boʻlgan asosiy vositalar xaridini amalga oshirish, ularni tashish, butlash, saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash.
6. Institut faoliyatida zarur boʻladigan joriy xarajatlar.
7. Institutga yuklangan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida konsalting tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan mutaxassislar, jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
8. Xodimlarga, jumladan, xorijiy konsultantlarga uy-joy xizmatlari (ijara) uchun har oylik kompensatsiya toʻlash.
9. Sohaga oid ishlarda amaliy yordam koʻrsatish, hamkorlik qilish, tajriba almashish, maslahatlar berish maqsadida tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlar, jumladan, xorijiy delegatsiyalar uchun sarflanadigan yoʻl, transport, ovqatlantirish xarajatlari va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish.
10. Umumxalq bayramlari, muhim sanalar va kasb bayramlari hamda boshqa shu turdagi davlat bayram tadbirlarini oʻtkazish xarajatlarini (jumladan, bino ijarasi, bezatish, konsert tadbirlari, gullar, esdalik sovgʻalari, videoroliklar tayyorlash va efirga uzatish, bayram dasturxoni kabilar) moliyalashtirish.
11. Institut faoliyatini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.
