M.Sh.Istamovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida (1300-V-son)
16.09.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati M. Istamovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida”gi 1444-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Istamov Maxmud Shuxratovich (yagona saylov okrugidan Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat) deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 16-sentabr,
1300-V-son
