Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Saʼdullayevga “Yoshlarning boʻsh vaqtdan unumli foydalanishini hamda ularni kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilish holati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida (1298-V-son)
16.09.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Saʼdullayevga “Yoshlarning boʻsh vaqtdan unumli foydalanishini hamda ularni kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilish holati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Saʼdullayevga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 16-sentabr,
1298-V-son
