“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqish haqida (1296-V-son)
16.09.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 15-oktabrda qabul qilingan, 2025-yil 23-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan maʼqullangan va 2025-yil 12-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti 168-moddasining yettinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bundan buyongi koʻrib chiqishidan olib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 3-iyunda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqish haqida”gi 931-V-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2025-yil, № 6, 738-modda) bekor qilinsin.
3. Ushbu Qaror maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 16-sentabr,
1296-V-son
